Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Download 4,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/346
Sana11.02.2022
Hajmi4,39 Mb.
#442449
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   346
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

MARKETING AXBOROTI 
Ichki 
Tashqi 
Birlamchi axborot 
Ikkilamchi axborot 
Xalqaro ommaviy 
Ichki milliy ommaviy 
xususiy (har xil 
tashkilotlarni bosma 
ma‘lumotlari) 


58 
Ushbu turkum manbalardan aholining o‗sishi, tarkibiy demografik siljishlari, 
daromadlar va narxlarning o‗zgarishi, yalpi iste‘moldagi holat, ayrim iste‘mol 
tovarlari taklifi, sotuvchi, iste‘moliga oid xabarlar va boshqa axborotlarni olish 
mumkin. Ayrim shtatlar bo‗yicha esa o‗zgarishlar, qo‗shni shtatlar bilan kiyosiy 
tahlil ma‘lumotlari ham ushbu manbalarda aks ettiriladi. 
v) Uyushmalar va tashkilotlarning hisobotlari va ma‘lumotlari. Har bir shtat 
o‗zining mustaqil iqtisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari, ittifoqlariga) ega 
bo‗lganligi sababli, ular ham mustaqil tarzda yillik hisobot va ma‘lumotlar 
tayyorlaydilar. Masalan, sanoat-savdo palatalari, maxsus sohalar bo‗yicha 
(elektronika, sotish yo‗nalishlari bo‗yicha o‗z a‘zolari uchun axborotlarni to‗pladi 
va umumlashtirdi. «Amerika marketing assotsiatsiyasi», «Tadbirkorlikni 
rivojlantirish byurosi», «Chakana savdo milliy assotsiatsiyasi» kabi tashkilotlar va 
boshqalar shular jumlasidandir. 
2. Marketing tadqiqotlari bo‗yicha ixtisoslashgan institutlar va marketing 
xizmati ko‗rsatuvchi muassasalarning axborotlari, hisobotlari. 
Ko‗pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai ham deb 
nomlanadi. Masalan, marketing tadqiqotlari bo‗yicha ixtisoslashgan institutlar: 
«Marketing research corporation of Amerika», «Simmons market research byuro», 
«A.S.Nilsen» kabi tashkilotlarning bashoratlari, o‗z muammo yo‗nalishlari 
bo‗yicha amalga oshirgan tadqiqot yakunlari, hisobotlari. Bunday ma‘lumotlarning 
ayrimlari ommaviy tarzda barcha qiziquvchilarga arzonroq ayirboshlanadi, 
ayrimlari esa tegishli to‗lov evaziga maxsus bajariladi va taqdim etiladi. 
Masalan, « Marketing research corporation of Amerika» firmasi oilalarning 
haftalik iste‘mol mollari xaridi, iste‘moli, ayrim chakana savdo korxonalari 
faoliyati xususida axborotlar tayyorlaydi. «Simmons market research byuro» 
firmasi esa har yili televizorlar bozoridagi o‗zgarishlar, sport tovaralari, dori-
darmonlarning sotuvchi xususidagi axborotlarni aholining jinsi, daromadi, yoshi 
bo‗yicha tabaqalanishini tahliliy ma‘lumotlar shaklida keltiradi. 
3. Iqtisodiy matbuot, tarmoq bo‗yicha jurnallar, ro‗znomalar va kitoblar. 
Ushbu turkum axborot manbai juda keng bo‗lib, undagi tahliliy ma‘lumotlar 


59 
tegishli tashkilotga, tadqiqotchilar guruhiga yoki alohida shaxsga taalluqli bo‗lishi 
mumkin. AQSHda mashhur «Tayms», «Fayneshnl tayms» kabi ro‗znomalar, 
«Forchun», «Forbs», «Garvard biznes revyu», «Jornal of marketing riserch» va 
boshqa shu kabi jurnallar ommaviy matbuotda marketing tadqiqotiga oid 
maqolalar, hisobotlarni chop qiladi. Bundan tashqari, marketing tadqiqotlarining 
amaliy jihatlarini aks ettiruvchi risolalar, kitoblar ommaviy matbuot manbaidan 
olinadigan ma‘lumotlarni yanada boyitadi. 
4. Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etiladigan ma‘lumotlariga yillik 
balans hisobotlari, narx varaqalari, reklama jurnallari, xaridorlar uchun 
yo‗riqnomalar va shu kabilar kiradi. Bunday manbalardan o‗zaro raqobatda 
bo‗lgan firmalar ham ko‗p foydalanadilar. Chunki, unda raqobatchi firmalarning 
sotish hajmi, mahsulot, xizmat ko‗rsatish va narx siyosati xususida zarur 
ma‘lumotlarni olish imkoni bo‗ladi. 
Ma‘lumki, har bir yirik aksionerlik jamiyati va o‗ta yuqori savdo aylanmasiga 
ega bo‗lgan mas‘uliyati cheklangan shirkatlar yillik hisobotlarini, prospektlarni 
ommaviy nashr qiladilar. So‗nggi yillarda ushbu tashkilotlarning umumiy falsafasi, 
sotish siyosati, marketing xizmatlari ma‘lumotlari tabiiyki, bunday hisobotlarda 
o‗z aksini topmoqda. Shu sababli, raqobatchi tashkilot yoki firmaning aksionerlari, 
xaridorlari, mijozlari uchun chiqargan prospektlari, yo‗riqnomalari, hisobotlari 
bevosita tadqiqot uchun manba sifatida foydalaniladi. 
Axborot olish manbalari xususida fikr yuritilganda faqatgina tegishli 
mamlakatda chop etiladigan axborotlargina emas, balki xorijiy matbuot, xalqaro 
iqtisodiy-moliyaviy tashkilotlarning axborotlarini ham inobatga olmoq lozim. 
Masalan, AQSHda nashr etiladigan Fortune, Forbes kabi jurnallarda Evropa 
mamlakatlari bozori xususida axborotlar, undagi o‗zgarishlar, siljishlar haqida ham 
ma‘lumotlar keltiriladi. Bu esa o‗z navbatida, barcha qiziquvchi va tegishli 
bozorga ishtiyoqmand kompaniyalar uchun axborot manbai bo‗lib hisoblanadi. 
Jahon iqtisodiyoti yanada shakllanayotgan va xalqaro munosabatlar 
takomillashayotgan sharoitda xalqaro iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlar: Xalqaro 
savdo tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro rivojlanish va rekonstruksiya banki va shu 


60 
kabilar o‗zlarining yillik hisobotlarini nashr qiladilar. Bunday ma‘lumotlardan 
xalqaro 
bozorda 
faoliyat 
boshlayotgan 
va 
yuritayotgan 
kompaniyalar 
foydalanishlari mumkin. Masalan, tegishli bir davlatning tashqi savdo balansi, 
eksport-import tarkibi, sanoat, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarish hajmi va h.k. 
ma‘lumotlar ushbu manbalardan olinishi mumkin. 
Hozirgi paytda mustaqil va yangi axborot manbai bo‗lib - elektron ma‘lumot 
banklari, «informatsion-broker» tarzidagi kompyuter vositasida o‗tkaziladigan 
ma‘lumotlar tizimi shakllanmoqda. Bu ma‘lumotlar kompyuter vositasida 
uzatilayotgan, to‗planayotgan va saqlanayotganligi uchun yangi tur deb sanaladi va 
yuqoridagilardan farq qiladi.
Kompyuterlar uchun ma‘lumotlar banki ham hozirda mustaqil bozor sifatida 
ildam rivojlanmoqda. «Informatsion broker» tizimi marketing xususida barcha 
axborotlarni yig‗ish, kompyuter ma‘lumotlari bankiga kiritish va unga ehtiyoj 
sezgan tashkilotlarga yordam ko‗rsatish vazifasini bajaradi. Ushbu tizimlar 
axborotlarni to‗plash bo‗yichagina emas, balki ular bankini yaratish, kompyuter 
dasturlariga kiritish bo‗yicha ixtisoslashgan. Odatda ular kichik tashkilotlar, 
shaxslar uyushmasi bilan muntazam aloqada bo‗lib, kompyuter dasturlarining 
imkoniyatlarini oshirish, ko‗plab iste‘molchi tashkilotlar uchun qulayliklar 
yaratishga qaratilgan. 
Bizning mamlakatimizda axborot yig‗ish manbalari bir muncha o‗ziga xos 
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatning mavjudligi eng avvalo, marketing bo‗yicha 
axborot olish manbalari va ushbu soha bo‗yicha mutasaddi tashkilotlarning 
tashkiliy bo‗ysinish xususiyatlardan kelib chiqadi. O‗zgacha jihatdan esa, 
ommaviy tadbirkorlikni rivojlanish darajasi, korxonalar uyushmalari, sanoat-savdo 
palatalari marketing xususida ma‘lumotlarni yig‗ish bo‗yicha faoliyatlarning 
hozirgi holati, ularni guruhlarga ajratishda alohida yondashishni talab qiladi. 

Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish