4.3. Marketingni ichki va tashqi muhiti, ularning o„zaro bog„liqligi.
Korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish
Marketing muhiti – bu korxonaning tashqarisida xarakatlanadigan sub‘ektlar
va kuchlar bo‗lib, ular uning maqsadli mijozlariga bo‗ladigan munosabatlarini
vujudga keltirish va qo‗llab – quvvatlashga ta‘sir o‗tkazadilar.
84
Korxonaning marketing faoliyatiga murakkab va o‗zgaruvchan bo‗lgan tashqi
muhit omillari ta‘sir qiladi.
Tashqi
muhit
sub‘ektlari
–
ta‘minotchilar,
vositachilar,
xaridorlar,raqobatchilar, kontakt(aloqa) auditoriyalari va boshqalar bo‗lib, ular
korxonaning marketing faoliyatiga yordam berish yoki to‗sqinlik qilishda ishtirok
etadilar.
Tashqi muhit omillari – demografiya, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy – texnika,
siyosiy – huquqiy va madaniylar bo‗lib, ular korxonaning marketing
imkoniyatlarini yoki xavf – xatarini vujudga keltiradilar.
Korxonalar uzluksiz ravishda tashqi muhit omillarini o‗zgarishini doimo
kuzatib borishi va shu o‗zgarishlarga kerakli bo‗lgan javobni topishlari kerak.
Bugungi kunda tashqi muhit juda ham tez o‗zgarib bormoqda. Oziq – ovqat
mollarini sotish hamda harid qilish jarayonini kelgusida qanday o‗zgarishini
tasavvur qilib ko‗raylikchi? Dunyo ekspertlarining fikricha, biz 2025 yillarga
borib, oziq – ovqat mollarini harid qilish uchun katta supermarketlarga bormaymiz.
Ular o‗rnini Internet orqali amalga oshiriladigan elektron buyurtmalar egallab,
kattayig‗imdagi oziq – ovqatlar uylarga eltib beriladi. Ya‘ni, savdo va etkazib
berish bilan shug‗ullanadigan korxonalar birlashadilar.
Xaridorlar o‗zlariga kerakli bo‗lgan tovarlarni izlashga vaqt sarflamaydilar.
Bu ishlarni ular uchun raqobatchilarni tovarlari narxini taqqoslagan holda maxsus
elektron dasturlar amalga oshiradi. Yana bir holat: 2025 yilga borib, kompyuter
tovarlar zahirasi qachon tugashini hisoblab, uni siz uchun yaqin oradagi
supermarketga buyurtma beradi.
Kelgusidagi bunday o‗zgarishlar, korxonalar rahbarlari va marketologlarni
o‗yga solmoqda. Shu sababli ham marketing xizmatlari bunday yangi holatlarni
birinchi bo‗lib, tadqiq etib, uning chorasini izlab topishi kerak. Birinchidan, ularda
zarur axborotlarni yig‗ish maxsus uslublarga ega bo‗lgan, marketing tadqiqotlari
bor. Ikkinchidan esa, ular iste‘molchilarni va raqobatchilarni yaxshi biladilar. Shu
sababli, marketologlar tez o‗zgarayotgan muhit uchun kerakli bo‗lgan, marketing
strategiyalarini tezda ishlab chiqib, uni o‗zgartiradilar.
85
Marketing muhiti – mikro va makromuhitdan iboratdir.
Mikromuhit – bu korxonaning yaqin atrofda xarakatlanayotgan va uni
mijozlariga xizmat ko‗rsatish qobiliyatiga ta‘sir o‗tkazuvchi kuchlardir.
Ularga
korxona,
ta‘minotchilar, marketing kanallari ishtirokchilari,
iste‘molchilar, raqobatchilar va aloqa(kontakt) auditoriyalari kiradi (4.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |