Partizancha marketing bu – hamma joyda qabul qilingan tovarni ilgari surish
va reklama kommunikatsiyalari vositalari va usullari doirasidan chetga chiqadigan
marketing tadbirlaridir. Uning asosiy farqi – reklamaga ko‗p pul sarflash o‗rniga
tovarlar yoki xizmatlarni ilgari surishning ayrim juda oddiy usullari bilan birga
ijodiy fikrlash imkoniyatlaridan foydalanish hisoblanadi.
Partizancha marketing nostandartlik, noan‘anaviylik,
hammaga ma‘lum
haqiqat oddiy narsalardan voz kechish va yuqori moslashuvchanlikni,
imkorniyatlar cheklangan holda yuqori natijalarni anglatadi. Partizancha marketing
bu – kuchli raqibga qarshi nisbatan arzon, lekin juda samarali aniq zarbalar va
diversiyalardan foydalanishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |