9.4.Yangi tovar ishlab chiqish
Firmaning samarali tovar siyosatini olib borishi ikki yirik muammo bilan
bog‗liqdir. Birinchidan, firma mavjud tovar nomenklaturasi chegarasida yashash
davri bosqichlarini hisobga olgan holda ishni oqilona tashkil etishni tashkil etishi
lozim, ikkinchidan, yangi tovar ishlab chiqarishni o‗z vaqtida amalga oshirish
kerak.
Firma doimo tovar strategiyasini takomillashtirib borishi zarur. Bu barqaror
assortiment tuzilishiga, doimiy sotuvga va foydaga erishishga imkon beradi.
Tovar strategiyasi istiqbol uchun ishlab chiqariladi va firmada mavjud tovar
miksni jalb etuvchanligini yaxshilash bo‗yicha 3 ta strategik yo‗nalishni o‗z ichiga
oladi:
1. Tovar innovatsiyasi
2. Tovar variatsiyasi
3. Tovar eliminatsiyasi.
199
Do'stlaringiz bilan baham: |