Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


Tovarning yashash davri va uning bosqichlari



Download 4,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/346
Sana11.02.2022
Hajmi4,39 Mb.
#442449
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   346
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

9.3.Tovarning yashash davri va uning bosqichlari 
Firmalar mahsulotning holatini aniqlashda uning yashash davrini tadqiq 
etishga tayanadilar. Mahsulotning yashash davri tovarning bozorga kirib kelishidan 
boshlab, to uning bozordan chiqib ketishiga qadar bo‗lgan davrda amalga 
oshiriladigan tadbirlardan iborat konsepsiyadir. Birinchi marta tovarning yashash 
davri konsepsiyasini 1965 yili Teodor Levitt tomonidan e‘lon qilingan. 
Tovarning yashash davri to‗rt tipga ajratiladi: mahsulotning katta sinfining 
yashash davri, mahsulot turining yashash davri, qo‗llash usullarining yashash 
davri, mahsulot markasining yashash davri. Masalan, birinchisiga soat misol qilib 
keltirsak, mahsulot turiga esa, qo‗l va osma soatlarni keltirish mumkin, qo‗llash 
usullariga ko‗ra esa qo‗ng‗iroqli soatlardan foydalanishni misol qilib keltirish 
mumkin. 
Marketing maqsadlarida yashash davrining jami to‗rtta tipi o‗rganiladi, firma 
doirasida ikkincha va uchinchi tiplariga ko‗proq e‘tibor beriladi. Birinchisi shu 
sinfga mansub mahsulotga talab pasayadigan davrda, to‗rtinchisi esa, raqobatchi 
firmaning mavqeini aniqlash zaruriyati paydo bo‗lganda qo‗llaniladi. 
Tovarning an‘anaviy yashash davrida quyidagi bosqichlar ajralib turadi.
1.ishlab chiqarish; 
2.kirib kelish; 
3.o‗sish; 
4.etuklik; 
5.to‗yinish; 


197 
6.inkiroz (kasodlik). 
Amalda har bir mahsulot uchun bu narsa har xil kechadi, ayrim tovarlar 
bozorga kirib kelishining uzoq davrini boshidan kechiradi, boshqasi tezda kirib 
keladi, tarqaladi, uzoq muddat barqaror saqlanib turadi. 
Tovarning yashash davri bosqichlarini aniqlashning asosiy mezoni mahsulot 
sotish hajmi va foyda normasi dinamikasidir. 
Mahsulot ishlab chiqarish (ITTKI) bosqichi tovarni barcha hayotiy davrida 
muhim bosqich bo‗lib hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish qancha samarali 
amalga oshirilsa, ya‘ni loyihalashtirilayotgan tovar bo‗yicha bozor talabi va 
xaridor ehtiyojini firma vaqt bo‗yicha tezroq hisobga olsa, ushbu bosqichda 
xarajatlar shuncha kam bo‗ladi. Firma yangi tovar bilan bozorga tezroq chiqadi va 
zarur foydani oladi. 
Kirib kelish bosqichida sotish hajmining g‗oyat keskin o‗sishi bilan ajralib 
turadi. Bozor mahsulotni hali qabul qilmagan narxlar nisbatan yuqori bo‗ladi. 
Savdo yuqori daromadli guruhlarga mo‗ljallanadi. Raqobatchilar umuman oz. 
SHunday qilib, bu davr kapital sarflar davri hisoblanadi, sarflar keyinchalik 
foyda keltirishi mumkin, yoki mahsulot ishlab chiqarishdan voz kechiladigan 
bo‗lsa, ular to‗liq xarajatlar hisobiga o‗tkaziladi, ya‘ni hisobdan o‗chiriladi. 
O‗sish davrida tovar sotish hajmi o‗sib boradi- iste‘molchilar mahsulotni 
qabul qilgan va unga bo‗lgan talab ta‘minlangan bo‗ladi. Har qanday mahsulot bu 
bosqichga etib kelmaydi: ko‗plari bozorga kirib kelish davridayoq kasodga 
uchraydi. Bozor sifati yuqori raqobatchi mahsulot bilan to‗lib ketadi. Narxlar 
tobora arzonlashib boradi. 
Etuklik bosqichi tovar aylanmasini maksimallashtirish, bozorni kengayishini 
davom etishi va absolyut o‗sishi bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish va tovar 
taqsimlash tizimida tayyor mahsulot zahiralari oshib boradi. Bozorda intensiv 
raqobat hukm suradi. YAngi modifikatsiyali tovarlarni kiritish ularni assortiment 
guruhini kengaytirish hamda xaridorlarga yangi xizmat ko‗rsatish uslublarini 
kiritish intensiv innovatsiya chora-tadbirlari vositalari orqali amalga oshiriladi. 


198 
Mahsulotni etuklik bosqichida marketingni asosiy strategiyalari bozorni 
modifikatsiyalash, 
tovarni 
modifikatsiyalash 
va 
marketing-miksni 
modifikatsiyalash bo‗lib hisoblanadi. 
To‗yinish davrida bozor va narxlar barqarorlashadi. 
Sifatsiz va raqobatga bardosh bermaydigan mahsulotlar bozordan siqib 
chiqariladi. Tovar sotish sur‘atlari tobora pasayadi. To‗yinish davrida firmaning 
umumiy maqsadi, mahsulotni barcha turlari bo‗yicha to‗liq sotishni tobora oshirib 
borishni ta‘minlashga qaratiladi. 
Inkiroz davrida mahsulotning o‗tishi qiyinlashadi, foyda kamayadi, raqiblar 
maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi «mahsulot 
tayyorlashni davom ettirishdan iborat» bo‗ladi, mahsulotni bozorga etkazib 
berishni to‗xtatish haqida qat‘iy qarorga kelgunga qadar undan olish mumkin 
bo‗lgan jami foydani sikib olish uchun shunday qilinadi. 
Tovarni yashash davri konsepsiyasi mahsulot assortimentini rejalashtirishda 
katta ahamiyatga egadir.

Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish