Marketing
byudjeti
- firmaning marketing faoliyatini amalga oshirishdagi
xarajatlar, foyda va daromadlar miqdori detallashtirilgan tarzda (marketing
kompleksi elementlari yoki marketing tadbirlari bo‗yicha) aks ettirilgan
ko‗rsatkichlar tizimi, marketingning moliyaviy rejasi, korxona marketing
rejasining bo‗limi. Marketing byudjetini rejalashtirish maqsadli foydaga
asoslanishi yoki foydani optimallashtirishdan kelib chiqishi mumkin.
Marketing jarayoni
- yangi ehtiyoj va g‗oyalarni izlab topish, tanlash va
ularni tovar yoki xizmatga aylantirish, bu tovarlarni izlab chiqish va bozorlarda
yoki savdo taqsimot tarmoqlariga sotish bilan bog‗liq harakatlar va bosqichlarning
tartibga solingan majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |