Diversifikatsiya
- 1) tovar strategiyasi turi, unga asosan korxona ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar sonini kengaytiradi; 2) yangi bozorlarni egallab olish
va qo‗shimcha foyda olish maqsadida ishlab chiqarishning bir-biri bilan bog‗liq
bo‗lmagan ikki yoki undan ortiq turini bir vaqtning o‗zida kengaytirish va
rivojlantirish.
Imij
- tovar obrazi, uning biron narsani eslatishi, o‗xshashi va aks ettirishi,
tovar bozori iqtisodiyotiga chambarchas bog‗liq bo‗lgan ijtimoiy-psixologik holat.
Tovar imiji tovarning reputatsiyasi, tovar markasi, tovar ishlab chiqarilgan korxona
va mamlakat bilan assotsiatsiyalashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |