Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M


 Xalqaro marketingda baho shakllanishining o’ziga xos xususiyatlari



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

8.2. Xalqaro marketingda baho shakllanishining o’ziga xos xususiyatlari 
 
Xalqaro  bozorda  mamlakatimizdagi  firmalarning  narx  siyosatini  shakllantirish 
ko’p  jihatdan  davlatning  narxlarni  tartibga  solishiga  bog’liq  bo’ladi.  Ma’lumki, 
zamonaviy  sharoitlarda  mamlkatimiz  iqtisodiyotida  tashqi  iqtisodiy  faoliyatini 
ma’lum  darajada  erkinlashtirish  yo’li  tanlangan  bo’lib,  bu  yo’lni  ichki  inqiroz 
xarakteriga ega bo’lgan sabablar, jumladan quyidagilar asoslab beradi
1

•  mamlakatimizda 
ishlab 
chiqariluvchi 
tovar 
mahsulotlarining 
raqobatbardoshlik ko’rsatkichlari pastligi; 
•  ko’pchilik korxonalarning og’ir moliyaviy ahvoli; 
•  jahonda mahsulotlarning iste’mol va ekologiya tavsifnomalariga, shuningdek, 
mahsulotning  xavfsizligiga  bo’lgan  talab  kuchayib  borayotgan  bir  paytda 
mamlakatdagi eksport mahsulotlarini sertifikatsiyalash va nazorat qilish tizimlarining 
etarlicha rivojlanmaganligi; 
•  mamlakatmizdagi  ishlab  chiqaruvchilarning  xalqaro  bozorga  kirib  borish 
sharoitlarini  etarlicha  ta’minlay  olmaydigan  bozor  infratuzilmasining  mukammal 
emasligi;  
                                                
1
 Егоров Ю. Теоритические основы управления маркетингом.- // Маркетинг, № 5(150), 2016. 


 
182 
•  xalqaro  bozorda  mamlakatimizdagi  aksari  korxonalar  faoliyatining 
muvofiqlashtirilmaganligi  va  ko’p  hollarda  ularning  maxsus  bilimlari,  mahsulot  va 
xizmatlar eksporti sohasidagi tajribalarining kamligi; 
•  sobiq  ittifoq  hududidagi  va  uzoq  xorij  mamlakatlari  bilan  an’anaviy  ishlab 
chiqarish-tijorat aloqalarining buzilishi; 
Bular  hukumat  tomonidan  xalqaro  savdo  aylanmasi  barcha  ishtirokchilarining 
tashqi  iqtisodiy  narx  strategiyasini  tartibga  soluvchi  va  tashkil  etuvchi  asosiy  qonun 
hujjatlarining  qabul  qilinishiga  sabab  bo’ldi.  O’zbekistonda  narxni  qo’llab-
quvvatlashning asosiy yo’nalishlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
•  tovar va xizmatlar eksportini bilvosita soliqqa tortishni kamaytirish tadbirlari; 
•  eksportchilarni  eksport  tovar  va  xizmatlarini  reklama  qilish  uchun  soliq 
to’lovlaridan qisman ozod qilish; 
•  xo’jalik  sudlarida  tovar  va  xizmatlarini  ishlab  chiqarish  va  eksport  qilish 
bilan bog’liq da’vo arizalari uchun davlat bojlari hajmini kamaytirish; 
•  o’zbek  eksportchilari  iltimosiga  binoan  dastlabki  marketing  tadqiqotlarini 
amalga oshirish; 
•  bozor narxlari kafolatlangan darajadan ham keskin pasaygan hollarda davlat 
byudjetidan subsidiya berish shaklida diplomatik qo’llab-quvvatlashni ta’minlash. 
Eksport  narxlari  shakllanishida  davlatning  roli  mamlakatimizda  ishlab 
chiqariluvchi 
tovarlarning 
raqobatbardoshlik 
ko’rsatkichlarini 
oshirishga 
ko’maklashishdan iborat. Bunday yordam ko’pincha yashirin xarakterga ega bo’ladi. 
Eksport qilish mo’ljallangan tovarlar soliqqa tortilmaydi yoki kam miqdorda soliqqa 
tortiladi.  Davlatning  narxga  ta’sir  ko’rsatish  usullaridan  biri  demping,  ya’ni  tashqi 
bozorda  tovarlarni  ichki  bozordagi  narxdan  past  narxga  –  ayrim  hollarda  mahsulot 
tannarxidan  ham  arzonga  sotish  hisoblanadi.  Demping  natijasida  ko’riluvchi  zarar 
odatda  ichki  bozorda  monopoliya  natijasida  olinuvchi  juda  katta  miqdordagi  foyda 
hisobiga  qoplanadi.  Demping  faoliyatida  byudjet  mablag’lari  hisobiga  dempingni 
amalga oshirishga ham misol keltirish mumkin. 
Ma’lumki,  har  qanday  eksport  narxlarining  asosini  jahon  bozoridagi  narxlar 
tashkil  qiladi.  SHu  sababli  jahon  narxlarini  bilish  mamlakatimizdagi  ishlab 


 
183 
chiqaruvchilarning  tijorat  muvaffaqiyati  garovi  hisoblanadi.  Har  bir  mamlakat 
tovarning  milliy  qiymatini  belgilab  beruvchi  tovar  ishlab  chiqarish  uchun  ijtimoiy 
zarur  bo’lgan  sarf  –  harajatlarning  milliy  darajasiga  ega.  Tovarlarning  tashqi  savdo 
muomalasi  rivojlanishi,  ishlab  chiqarishning  baynalminallashuvi  (xalqaro  miqyosda 
mehnatning  umumlashuvini aks ettiradi) bilan  mahsulot qiymati baynalminal toifaga 
aylanadi.  Ayrim  mamlakatlarning  milliy  mehnatlari  jahon  xo’jaligida  umumiy 
mehnatning bir qismi sifatida tan olinadi, xarajatlar  esa individual xarajatlar shaklida 
namoyon bo’ladi. SHuning uchun ham tovar ayirboshlash xalqaro tovar ayirboshlash 
asosida amalga oshiriladi.  Bunday ayirboshlash asosida tovarning  milliy emas, balki 
baynalminal  qiymati  yotadi.  Bu  qiymat  dunyodagi  o’rtacha  normal  ishlab  chiqarish 
uchun  ijtimoiy  sharoitlarda  tovarni  ishlab  chiqarish  va  sotish  uchun  zarur  bo’lgan 
vaqt yordamida aniqlanadi. 
Ishlab  chiqarishning  baynalminal  narxi  baynalminal  qiymatning  o’zgartirilgan 
shaklini  namoyon  etadi.  Biroq  bozor  xo’jaligida  tovar  narxi  talab  va  taklif  ta’siri 
ostida shakllanadi. Sotuvchi har doim o’z tovarini yuqori narxda sotishga, xaridor esa 
o’z  navbatida,  uni  iloji  boricha  arzon  narxda  sotib  olishga    intiladi.  Talab  taklif 
mutanosibligi  yuzaga  kelgandan  so’nggina  oldi-sotdi  bitimi  ishtirokchilarini 
qoniqtiruvchi narx yuzaga keladi. 
Talab  va  taklif  nuqtai  nazaridan  xalqaro  bozorning  o’ziga  xosligi  shundan 
iboratki,  ishlab  chiqarish  katta  xarajatlar  bilan  amalga  oshiriluvchi  mamlakatlar  o’z 
bozorlariga  nisbatan  past  xarajatlar  bilan  ishlab  chiqarilgan  tovar  olib  kirishni 
cheklab,  ba’zida  esa  umuman  taqiqlab  qo’yishi  mumkin  bo’lib,  bunga  ko’pincha 
bojxona  qoidalari  asosida  amalga  oshiriladi.  Xalqaro  bozorda  raqobatchilik ko’rashi 
jarayonida  jahon  miqyosidagi  xarajatlardan  (ishlab  chiqarishning  baynalminal  narxi) 
tashqari  mazkur  ishlab  chiqarish  sharoitlarida  tovarning  insonning  ehtiyojlarini 
qondirish  qobiliyatini  ifodalovchi  tovarning  iste’mol  qiymati  ham  shakllanadi. 
Demak,  tovarning  iste’mol  xususiyatlari  ham  narxning  shakllanishiga  ta’sir 
ko’rsatadi.  Agar  firma  xalqaro  bozorga  yuqori  sifatli  tovar  taklif  eta  olsa  ularni 
yuqoriroq narxja sotishi hamda ko’proq foyda olishi mumkin. 


 
184 
Shu  tariqa,  jahon  narxi  iste’mol  qiymatiga  ega  bo’lgan  sifatli  tovar  ishlab 
chiqarishning  pul  shaklidagi  baynalminal  narxini  ifodalaydi.  Bundan  tashqari,  jahon 
xo’jaligida  narx  shakllanishiga  dunyoning  ko’plab  mamlakatlarida  ishlab  chiqarish 
korxonalariga  ega  bo’lgan  va  bir  qator  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishni 
monopollashtirishga  harakat  qiluvchi  yirik  transmilliy  korporatsiya  va  konsernlar 
ham ta’sir ko’rsatadi. Narxni oshirish uchun bu kompaniyalar sifat monopoliyasidan 
foydalanadilar  hamda  ayrim  mahsulot  turlariga  ishlab  chiqarishning  baynalminal 
narxlaridan  farq  qiluvchi  narxlarni  belgilaydilar.  Bunday  yirik  konsernlar  tarkibida 
bo’linmalar  o’rtasida  tijorat  operasiyalarini  amalga  oshirishda  qo’llanuvchi  transfert 
narxlaridan foydalaniladi. 
Zamonaviy xalqaro bozor uchun narxlarning ko’psonliligi, ya’ni bitta tovarning 
o’ziga bir necha xil narxlarining mavjudligi xosdir. Quyidagi narx darajalari mavjud
1

•  oddiy 
tijorat 
bitimlari 
bo’yicha 
narxlar, 
to’lovlarni 
erkin 
konvertasiyalanuvchi, 
qisman 
konvertasiyalanuvchi 
yoki 
umuman 
konvertasiyalanmaydigan valyutada  amalga oshirish asosida; 
•  kliring kelishuvlari bo’yicha narxlar; 
•  xalqaro yordam dasturlari bo’yicha narxlar. 
Jahon  narxlari  darajasi  va  dinamikasini  o’rganishda  bu  narxlar  to’g’risidagi 
ma’lumotlarning  asosiy  manbalarini  bilish  zarur.  Bu  qatorga  quyidagilarni  kiritish 
mumkin: 
Gazeta,  jurnal,  maxsus  byulleten  va  eksport  preysko’rantlarida  chop  etiluvchi 
spravochnik  narxlari.  Bitimni  imzolash  jarayonida  haqiqiy  narxlar  darajasi  pastroq 
bo’ladi.  Biroq  orientir  nuqtai  nazaridan  jahon  narxlarini  tahlil  qilish  va  dastlabki 
muzoqaralarni  o’tkazish  davrida  ushbu  spravochnik  narxlari  katta  rol  o’ynaydi. 
Bunday  ma’lumotlar  avvalo  neft,  ko’mir,  qora  metall  kabi  mahsulotlarning  jahon 
narxiga taalluqlidir.  
Tashqi savdo statistika narxlari xalqaro savdodagi haqiqiy narxlarni aks ettiradi. 
Odatda  ular  eksport  va  import  qiymatini  ularning  soniga  taqsimlash  yo’li  bilan 
                                                
1
  Карпова  С.В.  Международный  маркетинг.  Учебник  и  практикум  для  бакалавров.  –  М.:Дашков  и  Ко, 
2018 – 150c. 


 
185 
aniqlanadi.  Bu  narxlar  ayrim  muayyan  tovarlarning  qiymatini  aks  ettiradi,  chunki 
statistika hisobotlarida tovar pozisiyalari tovarlarning texnik tavsifnomalari bo’yicha 
bir  turdagi  guruhlarga  taqsimlanadi.  Tashqi  savdo  statistika  narxlari  ayrim 
mamlakatlar tashqi savdo narxlari va jahon narxlarining dinamikasini to’g’ri tavsiflab 
beradi. 
BMT  statistika  boshqarmasi  har  oyda  narx  indekslarini,  shuningdek,  xalqaro 
savdoda  ishtirok  etuvchi  eng  muhim  tovarlarning  narxlarini  «Monthly  Bulletin 
Statistics»  xalqaro  statistika  byulletenida  chop  ettiradi.  O’zbekistonda  chet el  tijorat 
axboroti byulleteni muntazam yuritiladi. 
Birja  kotirovkasi  tovar  birjalarida  sotiluvchi  tovarlarning  haqiqiy  narxlarini  aks 
ettiradi.  Birja  kotirovkalari  maxsus  birja  byulletenlarida  hamda  davriy  matbuotda 
nashr  etiladi.  Biroq  birjalarda  chayqov  operasiyalari  keng  tarqalganligin  hisobga 
oladigan  bo’lsak,  birja  kotirovkalaridagi  o’zgarishlar  doim  ham  narx  harakatidagi 
haqiqiy tendensiyalarni aks ettiravermaydi. 
So’nggi  paytlarda  tobora  kuchayib  borayotgan  axborot  xizmatlari  bozori  faqat 
bosma(nashr) ko’rinishda bo’lmasdan, elektron variantlarda bo’lishi axborotlar bilan 
kompyuter  yordamida  ishlashni  ancha  osonlashtiradi.  Kompyuter  texnikalari 
yordamida  axborot  to’plash,  saqlash  va  uzatish  sur’atlari  shiddat  bilan  o’smoqda. 
Bunda  etakchi  o’rin  butunjahon  Internet  tarmog’iga  tegishli  bo’lib,  u  dunyoning 
istalgan  burchagida  –  milliy  bozorlardan  to  etakchi  xalqaro  bozorlargacha  -  jahon 
narxlari  va  kon’yunktura  axborotlarining  o’zgarishi  haqida  bir  zumda  va  to’liq 
axborot  olishga  imkon  beradi.  Masalan,  Toshkentda  Xalqaro  birja  doimiy  ishlab 
turuvchi 
ma’lumotlar  to’plamini 
yaratish 
maqsadida  Internet  tarmog’i 
imkoniyatlaridan 
foydalangan 
holda 
 
«Elektroninformservis» 
tizimini 
modernizatsiyaladi.  Xalqaro  birjada  yaratilgan  elektron-axborot  tizimi  o’z  ichiga 
asosiy  tovarlarning  narxlariga  doir  ma’lumotlar  to’plamini  ham  kiritadi.  U  narx 
darajasining  o’zgarishi,  ayrim  oziq-ovqat  va  iste’mol  mahsulotlari  narx  dinamikasi 
haqidagi har oylik tahliliy ma’lumotlar olishga imkon beradi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish