Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

 
 
                                                
1
 Егоров Ю. Теоритические основы управления маркетингом.- // Маркетинг, № 5(150), 2016. 


 
164 
7.7. Eksport tovar assortimentini rejalashtirish 
 
Eksport tovar assortimentini rejalashtirish modernizatsiya qilinayotgan va yangi 
tovarlarning xarakteri hamda ularga mos keluvchi ko’rsatkichlarni aniqlashdan iborat. 
Eski  va  yangi  ishlab  chiqarilayotgan  tovarlar  hajmining  nisbati,  oddiy  va  ilm  talab 
qiluvchi,  an’anaviy  va  ijtimoiy-iqtisodiy  hamda  texnik  yangiliklarga  oid  masalalar 
hal etiladi.  
Eksport  tovar  assortimentini  rejalashtirish  jarayoniga  bozor  iqtisodiyotining 
kafolatlar  hajmi  va  strukturasi,  narx  darajasi,  xizmat  ko’rsatishning  sifati, 
raqobatbardoshlik darajasi, liderlik uchun ko’rash, tamomila yangi tovar yaratish kabi 
muammolarini kiritish mumkin. 
Rejalashtirish  chet  ellik  xaridorlarning  ijtimoiy  va  iqtisodiy  pozisiyalarini 
hisobga olgan  holda eksport tovar assortimentini baholashdan boshlanadi. CHet elda 
muayyan  mamlakatda  yoki  mintaqada  iste’molchilar  xulq-atvori  tendensiya  va 
qonuniyatlarini,  iste’molchilarning  mavjud  va  istiqboldagi  ehtiyojlarini  aniqlash 
lozim.  Eksport  tovar  assortimentini  rejalashtirishda  eksportchining  quyidagilarni 
bajara olishi ham muhim ahamiyat kasb etadi
1

• hozirgi  paytda  raqobatbardoshlik  ko’rsatkichlari  past  bo’lgan  va  istiqbolda 
rentabelligi past bo’lishi kutilayotgan mahsulotlar ro’yxatini aniqlash; 
• mahsulotlarni  eksport  tovarlar  tarkibidan  chiqarish  muddati  va  ro’yxatini 
aniqlash; 
• qaysi  tovarlarni  modernizatsiyalash  kerakligini,  shuningdek,  muayyan 
mahsulotlarni qo’llashning yangi usullarini aniqlash; 
• xalqaro bozor uchun yangi mahsulot ishlab chiqarish takliflarini ishlab chiqish 
va ko’rib chiqishga chuqur o’ylab ko’rgan holda yondashish. 
Eksport  tovar  assortimentini  rejalashtirish  jarayonida  muayyan  tovarning  chet 
ellik  potensial  xaridorlar  uchun  mos  kelishini  aniqlash  maqsadida  sinov  va  anketa 
so’rovlaridan  foydalanish  maqsadga  muvofiq.  So’rov  natijalariga  ko’ra  tovarning 
                                                
1
  Карпова  С.В.  Международный  маркетинг.  Учебник  и  практикум  для  бакалавров.  –  М.:Дашков  и  Ко, 
2018 – 140c. 


 
165 
iste’mol  ko’rsatkichlari,  dizayni,  narxi  va  servis  xizmatiga  oid  tavsiyalar  ishlab 
chiqalishi lozim. 
Mahsulotni  ommaviy  ishlab  chiqarishdan  avval  eksport  tovar  assortimentini 
shakllantirishda mahsulotni tashqi bozorning tanlab olingan bir qismida sotib ko’rish 
yo’li  bilan  «bozor  sinovi»dan  o’tkazish  mumkin.  Bunday  tadbirlar  mahsulotning 
texnik-iqtisodiy  ko’rsatkichlarini  to’g’irlash  uchun  zarur  bo’lgan  operativ  tijorat 
ma’lumotlariga ega bo’lishga imkon beradi.  
Eksport  tovar  assortimentini  rejalashtirishda  xuddi  shunday  tovar  ishlab 
chiqaruvchi  eksportchi-raqobatchilar  to’g’risidagi  ma’lumotlarga  ega  bo’lish  zarur. 
Xususan,  ular  ishlab  chiqaruvchi  mahsulotning  xarakteri,  tovarning  jozibador 
xislatlari  va  qadoqlashsi,  ko’rsatiluvchi  xizmatlar  turi  va  hajmi,  sotuv  faoliyatini 
tashkil  etish,  moliyaviy  ahvoli,  raqobatchi  mahsulot  ishlab  chiqarish  kuchlarining 
to’la  quvvat  bilan  ishlashi,  buyurtmalar  portfeli  va  hokazolarni  bilish  muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Hozirgi kunda xalqaro bozor kuchli va jiddiy raqobatchilik sharoitlarida faoliyat 
ko’rsatmoqda.  Eksportchi  amalda  butun  bozorni  egallab  olishi  amrimahol.  SHu 
sababli  eksport  tovar  assortimentini  rejalashtirishda    eksport  ishlab  chiqarish  dasturi 
va  tovar  mahsulotlarini  sotish  yo’naltiriluvchi  maqsadli  (xalqaro  savdo  maydoni, 
marketing  qo’llanuvchi  muayyan  nuqta)  bozorni  bexato  tanlash  lozim.  Shuni  ham 
hisobga  olish  kerakki,  bozorlarning  bir  turi  an’anaviy  tovarlarni,  ikkinchi  bozor  turi 
texnologik  jihatdan  yangi  tovarlarni  talab  qilsa,  uchinchi  turdagi  bozorlar  esa  xuddi 
shu yo’nalishdagi yangi tovarlar paydo bo’lganligi sababli ba’zi tovar turlarini tezlik 
bilan bozordan chiqarib tashlashni talab qiladi. 
Eksport  tovar  assortimentini  rejalashtirishda  tovarning  joylashtirilishi,  ya’ni 
muayyan  tashqi  bozorda  ustivor  holatini  ta’minlash  lozim.  Tovarni  joylashtirish 
potensial  iste’molchilar  doirasini  kengaytirish  imkoniyati,  tovarni  qabul  qilish, 
ishbilarmonlik  tavsiyalari  va  takliflardan  kelib  chiqadi.  U  tovarning  iste’mol 
xislatlarini  real  baholash,  uning  obro’lilik  omillarini  aniqlash,  raqobatchi  tovarlarga 
nisabatan ustunliklarini ajratib ko’rsatishga asoslanadi. 


 
166 
Eksport  tovar  assortimentini  shakllantirishda    xalqaro  bozorga  bozor  uchun 
yangi  bo’lgan,  ya’ni  oddiy    ehtiyojlarni  qondirishni  sifat  jihatidan  yangi  darajaga 
ko’tarishga  imkon  beruvchi,  ba’zi  iste’molchilar  oldida  yangi  ehtiyojlarni  qondirish 
imkoniyatini ochuvchi,  boshqa  iste’molchilar  uchun esa  ma’lum ehtiyojlarni yanada 
yuqori  darajaga  ko’taruvchi  tovarni  kiritish  zarur.  Tashqi  bozorga  yangi  tovar  bilan 
chiqar  ekan,  eksportchi  yangi  bozorni  egallab  olish,  monopoliya  shartlarida  narx 
bilan  o’ynash,  ko’proq  daromad  olish,  o’z  nufuzini  oshirish  uchun  real 
imkoniyatlarga ega bo’ladi 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish