7.6. Eksport tovar siyosatining mohiyati va turlari. Eksport tovarining bozor
salohiyatini belgilash
Xalqaro savdo eksport-import operasiyalarini qamrab olib, bu operasiyalar o’z
ichiga quyidagilar bilan bog’liq faoliyatni kiritadi: chet ellik kontragentga topshirish
maqsadida tovarni sotish va chet elga olib chiqish; ichki bozorda sotish maqsadida
chet eldan tovar sotib olish va mamlakatga olib kirish.
Shunday qilib, tovar eksporti chet ellik kontragentga tovarni sotish va chet elga
olib chiqish bo’lsa, tovar importi chet ellik kontragentdan tovar sotib olish va uni
mamlakatga olib kirish hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan
tartibga solish to’g’risidagi» Qonunida quyidagi tavsifnomalar berilgan:
Eksport bu – tovar, ish, xizmat va intellektual faoliyat natijalarini, jumladan,
mutlaq egalik huquqini O’zbekiston hududidan qaytarib olib kirish majburiyatisiz
olib chiqishdir.
Import bu - tovar, ish, xizmat va intellektual faoliyat natijalarini, jumladan,
mutlaq egalik huquqini O’zbekiston hududiga qaytarib olib chiqish majburiyatisiz
olib kirishdir.
Xalqaro savdo eksport-import operasiyalarining tijorat asosida, ya’ni oldi-sotdi
shartnomalarini tuzish va bajarish asosida amalga oshirilishini nazarda tutadi. Bepul
tovarlar etkazib berish, xizmat ko’rsatish, ish bajarish va yordam berish alohida
hisobga olinadi va eksport yoki import qiymatiga kiritilmaydi.
Eksport tovar siyosatini amalga oshirishda xalqaro xarakterga ega bo’lgan
quyidagi marketing tadqiqotlarini o’tkazish lozim
1
:
1. Mazkur tovar yoki xizmatlar xalqaro bozori kon’yunkturasini o’rganish,
mazkur tovar bozoridagi potensial hamkor yoki raqobatchi firmalarni aniqlash hamda
ularning ish usullarini tahlil qilish.
2. Xalqaro bozorning maqsadli qismini aniqlash.
1
Карпова С.В. Международный маркетинг. Учебник и практикум для бакалавров. – М.:Дашков и Ко,
2018 – 134c.
159
3. Xalqaro bozorning maqsadli uchastkasida faoliyat yuritishning ijtimoiy,
siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va bojxona shartlarini aniqlash.
4. Mazkur tovar mahsulotining potensial iste’molchilarini segmentlash.
5. Xalqaro marketing kommunikatsiya vositalarini qo’llash imkoniyatlarini
izlab topish.
6. Xalqaro bozorda mazkur tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligini
aniqlash.
7. Eksport tovar assortimenti, uni kengaytirish yoki toraytirish usullarini
belgilash.
8. Xalqaro bozorning maqsadli uchastkasining ijtimoiy-madaniy muhitini
(milliy o’zlikni anglash darajasi, diniy xususiyatlar, jamiyat a’zolari o’rtasida ijtimoiy
rollarni taqsimlash, til, imo-ishoralar va urf-odatlar) o’rganish.
9. Rasional va maqsadga muvofiq eksport shakllarini aniqlash (iste’molchilar
bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqalar o’rnatish, qo’shma faoliyatga yo’nalganlik, chet ellik
vositachilar tarmog’idan foydalanish).
Mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlarning xalqaro savdo faoliyatini davlat
tomonidan tartibga solish va nazorat qilish eksport-import operasiyalarini
Litsenziyalash vositasida amalga oshiriladi. Ushbu faoliyat turlariga mos keluvchi
davlat organlarining maxsus (asosiy va individual) ruxsatnomalar berishi nazarda
tutiladi.
Asosiy Litsenziya bu bozor sub’yektiga ma’lum muddatga muayyan tovarlarni
cheklanmagan miqdorda mamlakati ko’rsatilgan holda eksport yoki import qilish
uchun beriluvchi maxsus ruxsatnomadir. Individual Litsenziya esa bozor sub’yektiga
cheklangan muddatga muayyan tovarni cheklangan miqdorda mamlakati ko’rsatilgan
holda eksport yoki import qilish uchun beriluvchi bir martalik maxsus ruxsatnoma
hisoblanadi.
Litsenziyalash tashqi savdo munosabatlarini xalqaro tartibga solishning amaliy
vositasi bo’lib, ichki iste’mol uchun zarur bo’lgan mahsulot eksportini cheklash,
mahalliy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga zarar etkazilishining oldini olish
maqsadida importni cheklash, mamlakatning savdo va to’lov balansini tartibga solish,
160
fors-major holatlar sababli iqtisodiyotda yuzaga kelgan vaqtinchalik qiyinchiliklarni
bartaraf qilish, xorijiy valyutani sarflashni nazorat qilish kabi maqsadlarda keng
qo’llanadi.
Xalqaro savdo sub’yektlari unumli eksport tovar siyosatini olib borishga harakat
qiladilar. Bunda ma’lum bir harakatlar kursi, ularga rioya qilish natijasida eksport
tovar assortimenti samarali shakllantirish va amalga oshirishga imkon beruvchi
tamoyillar taklif qilinadi. O’z mohiyatiga ko’ra tovar eksportning taqdirini belgilab
beradi, shu sababli barcha chora-tadbirlar – tovarni yaratish, tayyorlash, xalqaro
bozorda sotish, reklama va hokazolar eksport siyosatida markaziy o’rinni egallaydi.
Tovarni etkazib berish mo’ljallangan mamlakat bozori talablari tahlil qilingandan
so’ng yaratilgan tovarlargina tijorat muvaffaqiyatiga erishish mumkin. Avvalo
eksport qilinishi mo’ljallangan tovarga eng yuqori texnik-iqtisodiy tavsifnomalarni
kiritish lozim. Ichki iste’molchiga mo’ljallangan va mamlakatda muvaffaqiyatga
erishgan mahsulotlar chet elda qabul qilinmasligi mumkin. Mahalliy GOST
talablariga javob berish tashqi bozorning savdo, texnologik, estetik va ekologik
normalariga javob berishidan kafolat bera olmaydi.
Eksport tovar siyosatida tovarning iste’mol qiymati o’z ko’rsatkichlari bo’yicha
chet ellik iste’molchining talablariga javob bergan taqdirda yuqori bo’ladi. Tovarni
import qiluvchi mamlakatdagi avvaldan belgilangan, kutilayotgan maqsadli
xaridorlar guruhiga aniq yo’naltirgan holda loyihalashtirish, ya’ni «o’rtacha statistik
xaridor»ga emas, balki muayyan xaridorlarga yo’naltirish lozim.
Xalqaro savdoda eksport tovar siyosatining uch varianti qo’llanadi.
1. Markazlashgan variant tashqi bozorda mazkur ishlab chiqaruvchining mavjud
tovariga texnik va texnologik jihatdan o’xshash va unga mos keluvchi, chet ellik
yangi xaridorlarni jalb qilishi mo’ljallangan yangi tovarni yaratish va ishlab
chiqarishga yo’naltiriladi.
2. Gorizontal variant. Bunda mazkur ishlab chiqaruvchining tashqi bozorga
chiqariluvchi yangi tovari ilgari mavjud bo’lgan tovarga o’xshash bo’lib, yangi
shakllangan iste’molchilar guruhiga mo’ljallanadi, uni ishlab chiqarish esa kichik
texnologik o’zgarishlar bilan amalga oshiriladi.
161
3. Konglomerat variant. Bunda tashqi bozorga mazkur ishlab chiqaruvchining
ilgari mavjud bo’lgan tovarga umuman o’xshamagan, ishlab chiqarish
texnologiyasini takomillashtirish va yangi bozorni egallashni talab qiluvchi yangi
tovar kiritiladi.
Eksport tovar siyosatida importchi mamlakatlarda amal qiluvchi turli xil
me’yoriy hujjatlar (xalqaro va milliy standartlar, bojxona talablari va hokazo)
qo’llanib, bu tovar qadoqlashsi, markirovkasi, dizayni, ayrim tavsifnomalari va
hujjatlariga ta’sir ko’rsatadi. Mahsulot eksport qiluvchi o’zining huquq va
majburiyatlari haqida aniq tasavvurga, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va sotuv
resurslariga ega bo’lishi lozim. Xalqaro savdo usullari va tamoyillarini qat’iy hisobga
olish muhim ahamiyat kasb etib, ular ko’p hollarda ichki usul va tamoyillardan
sezilarli farq qiladi. Bundan tashqari, savdo operasiyalarini rasmiylashtirish va
amalga oshirish xususiyatlari, bojxona tomonidan tartibga solinish, valyuta nazorati,
savdo amaliyoti va mamlakatda amal qiluvchi urf-odatlarni ham inobatga olish joiz.
Jahon tajribalarining ko’rsatishicha, turli xildagi raqobatbardosh eksport
tovarlarining etarli bo’lishi tijorat olamining javob tariqasidagi harakatlarini – yuqori
sifatli tovarlar importi va chet el investisiyalari oqimining o’sishiga sabab bo’ladi.
Eksport tovar siyosati natijalarini ko’p jihatdan xalqaro savdo marketingi
belgilab beradi. Xalqaro savdoda eksportchi bozorni tanlashga ta’sir ko’rsatuvchi
turli omillar: bozorning o’ziga xosligi va salohiyati, barqarorligi, tovar mahsulotlari
kiritishning murkkablik darajasi kabi omillarga duch keladi. Bozorni tartibga
soluvchi bir qator qoida va munosabatlarga, shuningdek, importchi mamlakat
jamoatchiligining ichki muammolari, jumladan, an’analar va ramziy belgilar dunyosi,
turli xil udumlar xarakteri bilan ham hisoblashish zarur. Bu muammolar muayyan
tashqi bozorga mo’ljallangan eksport tovarida loyihalashtiriladi. Xalqaro savdoda
muvaffaqiyatga erishishga intiluvchi eksportchi amalga oshiruvchi marketing
tadqiqotlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
• bozorda talab va taklif o’rtasidagi eng optimal mutanosiblikka erishishga
imkon beruvchi shartlarni aniqlash;
162
• muayyan bozorda tijorat munosabatlarining xarakteri va strukturasi hamda
ularning rivojlanish tedensiyalariga ta’sir ko’rsatuvchi barcha omillarni aniqlash;
• ma’lum bir bozor kon’yunkturasi holatining mamlakat va mintaqaning mos
keluvchi umumxo’jalik kon’yunkturasi bilan o’zaro aloqalari bo’yicha
majburiyatlarini aniqlash;
• tovarning iste’mol xususiyatlari xalqaro bozor talablariga mos kelishini
aniqlash;
• eksport tovari ustunliklarini, uning raqobatbardoshligini boshqa xorijiy
tovarlar bilan solishtirish asosida baholash.
Xalqaro bozor eksportchi oldiga tovarni unumli tayyorlashdan tashqari uni
bozorga yo’naltirish muammosini ham qo’yadi. Shu munosabat bilan eksport tovar
siyosatini asoslash eksportga mo’ljallangan tovarning raqobatbardoshligini, uni sotish
sharoitlarini o’rganish, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan va ishlab chiqarish
mo’ljallanayotgan tovar mahsulotlarining eksport salohiyatini aniqlashni nazarda
tutuvchi xalqaro marketingga asosan amalga oshirilishi lozim.
Tadqiqot natijalari va xulosalari muayyan tovarni raqobatchilik sharoitlarida
xalqaro bozorda sotishning maksimal hajmi va real imkoniyatlarini aniqlashga hamda
eksport tovar siyosatini asoslash va korrektirovka qilish, jumladan, eksport tovar
assortimentini rejalashtirish va shakllantirishga imkon beradi. Marketingda turli xil
ijtimoiy-madaniy, iste’molchilik va xaridorlik odatlarini hisobga olish zarur, chunki
ko’p hollarda tovarning asosiy sifatlaridan biri bir mamlakatda ijobiy qabul qilinsa,
ikkinchi mamlakatda unga befarq qaralishi, uchinchi mamlakatda esa eksportni
sekinlashtirib qo’yishi ham mumkin.
Biron bir mamlakatdagi potensial xaridorlar haqida ma’lumotlarning (faoliyat
turi, moliyaviy-iqtisodiy ahvol, raqobatchilar bilan aloqalar, bozordagi xulq-atvor va
hokazo) yuzaki bo’lishi yoki umuman bo’lmasligi eksport siyosatida ma’lum bir
qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu esa marketing tadqiqotlarining
zamonaviy usullarini, jumladan, so’rov va sinovlarni qo’llash imkoniyatini
kamaytiradi hamda reprezentativ tanlovlar yaratishga imkon bermaydi. Eksport tovar
163
siyosatida tovar mahsulotlari etkazib beriluvchi mamlakatlar bilan bog’liq real
siyosiy tavakkalchiliklarni ham hisobga olish zarur.
Tashqi bozorda eksportchi optimal muddat ichida qonuniy asosda va osongina
bartaraf etish mumkin bo’lgan quyidagi to’siqlarga uchraydi:
1
1. Mamlakat bojxona kodeksining o’ziga xos xususiyatlari, bojxona xizmatining
tashkil etilishi va faoliyat ko’rsatishi, bojxona tariflarining hajmi va barqarorligi,
antidemping qoidalarining qo’llanishidan kelib chiquvchi bojxona to’siqlari.
2. Importchi mamlakatdagi qonunchilikning barqaror emasligi, uning talablari,
xalqaro huquqiy munosabatlar shartlari va tamoyillari, tovar belgilariga mutlaq egalik
huquqining mukammal emasligini ifodalovchi huquqiy to’siqlar.
3. Importchi mamlakatning tovar mahsuloti sifati, dizayni, xavfsizligi, gigiena
normasi, qadoqlashsi bo’yicha milliy texnik normalar, manfaatlar, an’ana va odatlar
bilan bog’liq qaror va farmonlar ko’rinishidagi tartibga soluvchi to’siqlar.
4. Eksport tovarining import qiluvchi mamlakatning ijtimoiy qadriyatlariga zarar
etkazishi, tovarni mamlakatda jiddiy siyosiy kelishmovchiliklarga sabab bo’lishi va
unga nisbatan salbiy munosabatning yuzaga kelishi bilan bog’liq bo’lgan siyosiy
to’siqlar.
Eksport tovarning xalqaro bozorda barqaror raqobatbardoshligiga erishish
hamda chet ellik potensial xaridorlarning mos keluvchi ehtiyojlarini qondirish uchun
har bir import qiluvchi mamlakat uchun turli xil tovar va marketing dasturlarini
ishlab chiqish va shu tariqa differensiyalangan marketing tadqiqotlarini o’tkazish
zarur. Eng istiqbolli sotuv bozorlarini tanlash, ishlab chiqaruvchi xalqaro bozorning
belgilangan qismini egallash uchun zarur hajmda tovar ishlab chiqarishi hamda
yuqori rentabellikni ta’minlashi mumkin ekanligini aniqlash zarur. Yuk tashish usuli,
mos keluvchi yo’nalishlarni tanlash, omborlarning mavjudligi, ularda mahsulotlarni
saqlashni tashkil etish va konsignatsiya savdosi uchun foydalanishga yetarlicha
e’tibor qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |