Ergashxodjaeva Sh. Dj., Nazarova F. M



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/269
Sana09.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#169468
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   269
Bog'liq
2 5244918155255482763

Assortiment  siyosati.  Xalqaro  assortiment  siyosatida  tashqi  bozorga  etkazib 
beriluvchi  tovar  va  xizmatlar  tarkibi  va  sonini  aniqlash  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
Tovar  qatori  assortimenti  sohasidagi  qarorlar  o’z  navbatida  kompaniyaning  ishlab 
chiqarish dasturini belgilab beradi. Assortiment siyosatining asosini tashqi bozordagi 
iste’molchilarni  segmentlash  tashkil  etib,  uning  natijasida  kompaniya  maqsadli 
iste’molchilar  guruhi  va  (yoki)  mamlakatlarga  yo’naltirilgan  assortiment  siyosati 
foydasiga qaror qabul qiladi. 
Xalqaro  miqyosda  kompaniyalarning  assortiment  siyosatiga  ikkita  asosiy  guruh 
– ichki va tashqi guruh omillari ta’sir ko’rsatadi.  
Tashqi  omillar  qatoriga  tovar  etkazib  berish  bo’yicha  huquqiy  cheklovlar, 
raqobatchilik  darajasi,  sotuv  kanallarining  rivojlanganligi,  iste’molchilarning 
ijtimoiy-madaniy  tavsifnomalari  va  shu  kabilarni  kiritish  mumkin.  Assortiment 
siyosati  ko’p  jihatdan  kompaniya  tovarining  tashqi  bozordagi  boshqa  tovarlarga 
bog’liqligiga bog’lanadi. 
Ichki omillar kompaniyaning ishlab chiqarish kuchlari, nou-xau, ishlab chiqarish 
tajribasi va xarajatlaridan iborat. 
Yuqorida  sanab  o’tilgan  ichki  va  tashqi  omillar  kompaniyaning  tovar  dasturi 
sohasidagi qarorlarini asoslab beradi. Bu dastur quyidagi asosiy elementlardan tarkib 
topadi:  dastur  tarkibi  (hajmi),  dasturning  «eni  va  bo’yi»,  dasturning  yo’nalishi  va 
portfel siyosati. 
Dastur  tarkibini  tovar  assortimentidagi  mahsulotlar  miqdori  aniqlab  beradi. 
Tovar  dasturini  aniqlashda  asosiy  muammo  mahsulotlar  guruhidagi  «mustaqil» 
birliklarni (tovar va modifikatsiyalarni) aniqlashdir. 
Dasturning «eni va bo’yi» mos ravishda tashqi bozorga taklif etiluvchi mahsulot 
guruhlari miqdori va har bir guruh doirasidagi variantlar soni yordamida aniqlanadi. 
Tovar  dasturining  yo’nalishi  bu  assortimentning  tovar  tavsifnomasi,  maqsadli 
iste’molchilar guruhi, narx va shu kabilarga yo’naltirilganligidir. 
Tovar  siyosatining  yo’nalishiga  portfel  siyosati  bog’liq  bo’lib,  u  tovar 
dasturining  avvalgi  uch  elementining  kompaniyaning  tashqi  bozordagi  strategik 
vazifalariga mos kelishini belgilab beradi. 


 
143 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish