Tovar sifatiga xalqaro normalarni ishlab chiquvchi tashkilotlar
1
Sifat
normasi
darajasi
Tovar
sifati
normasini
belgilovchi
tashkilot nomi
Belgilanishi va joylashgan
mamlakati
Milliy
Germaniya norma Instituti
Britaniya standart Instituti
Fransiya normalizatsiya Assotsiatsiyasi
DIN, Germaniya
BSI, Buyuk Britaniya
AFNOR, Fransiya
Xalqaro
Xalqaro standart tashkiloti
Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi
Internaional Electric Commision
ISO, Shveysariya
ITV, Shveysariya
IEC, Shveysariya
Evropa
Comite Europeen de Normalisation
Comite
Europeen
de
Normalisation
Electrotechnique
Europeen Telecommunication
Stsndarts Institute
GEN, Belgiya
ETSI, Fransiya
Xalqaro
miqyosda
sifat
siyosatining
maqsadi
milliy
mahsulotni
«globallashtirish» yoki tashqi bozor uchun original mahsulotlarni rivojlantirish
1
Щегорцов В.А.,Таран В.А.,Шойгу И.А.,Щегорцев М.В. Основы маркетинга: учебник для вузов. –
М.:Дело, 2016.- 414 с.
149
hisoblanadi. Tovarni tashqi bozorga moslashtirishda kompaniyaning sifat siyosatiga
ta’sir ko’rsatuvchi bir qator omillar guruhlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
• huquqiy cheklovlar;
• mamlakatlardagi tendensiyalar – moda va istemolchilarning umumiy
yo’nalganligi;
• iste’mol qilinayotgan tovarlarning qabul qilingan sifat darajasi;
• tovar iste’moli tavsifnomasi;
• sotuv kanallari;
• servis kompaniyalari;
• mamlakatning jahon iqtisodiyotiga integrasiyalashuv darajasi;
• mahsulotni qo’llash imkoni bo’lgan sohalar.
Har bir eksportchi tashqi bozorga chiqariluvchi
o’z tovarining
raqobatbardoshligini oshirishga, ya’ni boshqa sotuvchilarning muayyan bozorda talab
mavjud bo’lgan tovarlari ichidan chet ellik xaridor tomonidan tanlab olinishiga
erishish imkoniyatini qo’lga kiritishga harakat qiladi.
Tovarning raqobatbardoshligi — uning real xarid qiluvchi xaridor uchun
jozibadorlik darajasidir. Tovarning iste’mol qiymati — xaridor mazkur tovar uchun
to’lash
mumkin
hisoblovchi
maksimal
narx
hisoblanadi.
Tovarning
raqobatbardoshligi zaxirasi — tovarning iste’mol qiymati va uni sotib olish uchun
to’langan haqiqtisodiy narx o’rtasidagi farqdir. Iste’molchi uchun iste’mol
qiymatining to’lanmagan, tekin qo’lga kiritilgan qismini anglatadi. Ta’minotchi
uchun esa tovar raqobatbardoshligining miqdoriy o’lchami hisoblanadi.
Tovar uchun tovon tamoyili — tovarga bir tomondan eng yaxshi tavsifnomalarni
berishga intilish qaysidir jihatdan boshqa tomondan yo’qotishlarga olib kelish
qonuniyatidan iborat.
Raqobatbardoshlik deb mazkur mahsulotning haqiqatda uni xarid qiluvchi
xaridor uchun jozibadorlik darajasiga aytiladi. SHunga e’tiborni qaratish kerakki,
raqobatbardoshlik tovarni ajratib turuvchi tavsifnomalarga emas, balki uning
mijozlarni xarid qilish uchun jalb qiluvchi jozibadorligiga bog’liq bo’ladi. Bu sohada
iste’molchining mustaqilligi shu tariqa namoyon bo’ladi: u nohaq bo’ladigan
150
bo’lsada, yakuniy qaror baribir iste’molchining o’zi tomonidan qabul qilinadi. Biznes
tarixida ekspertlar tomonidan eng yuqori baholangan tovarlar iste’molchilarga
umuman yoqmagan hollar juda ko’p bo’lgan. Bunga yaqqol misol tariqasida
kinematografni ko’rsatish mumkin: nufuzli festivallar g’olibi bo’lgan filmlar hech
qachon katta iqdorda foyda keltirmaydi. SHu bilan birga sotuvning ommaviyligi va
tovar raqobatbardoshligining kuchliligi o’rtasida tenglik belgisini qo’yish mumkin
emas — bu o’zaro bog’liq bo’lsada, biroq bir xil ma’noga ega tushunchalar emas.
Birinchidan, mijozlarni qoniqtirmaydigan (demak, raqobatbardosh bo’lmagan)
mahsulotlar taqchillik sharoitlarida yoki boshqa mahsulotlar umuman bo’lmagan
hollarda muvaffaqiyatli sotilishi mumkin. Ularning raqobatbardoshlik darajasining
pastligi bozorda sifatli tovarlar paydo bo’lgan hollardagina ko’zga tashalanadi.
Ikkinchidan, raqobatbardosh tovarlar iste’molchilarning tor doirasiga
mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Ular hamma uchun bir xil ahamiyat kasb etmaganligi
sababli ularga ommaviy talab bo’lmaydi (masalan, nogironlar uchun mo’ljallangan
qo’l boshqaruvidagi avtomobillar).
Iste’molchi firma uchun yangi shinalarning ahamiti eski shinalarga nisbatan
ancha yuqori ekanligi shubhasiz, albatta. Agar biz ular uchun 16 so’m so’raydigan
bo’lsak, bitim katta foyda keltirishi mumkin: qo’shimcha xarajatlar 6 so’m (16-10q6),
velosipedni yangi narx bo’yicha sotishda daromadga qo’shimcha esa 10 so’mga etadi.
Qo’shimcha xarajatlar qo’shimcha daromadlarga tenglashgan hollarda iste’molchi
firmalarning yangi shinalarni bunda ham yuqori narxda – 20 so’mgacha sotib olishi
to’g’ri tushunsa bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, bu muhim bir chegara bo’lib, bitimni
tuzish mumkin yoki mumkin emasligini belgilab beradi. M.Porter aynan uni iste’mol
qiymati deb atashni taklif qilgan.
Eksport tovarining raqobatbardoshligini quyidagi omillar belgilab beradi:
• iste’mol xususiyatlari;
• texnologik ko’rsatkichlar, avvalo: tayyorlash sifati, texnik darajasi,
ishonchliligi, uhrq muddat xizmat qilishi, qulayligi, xavfsizligi, foydalanishda
uzluksizligi, qulay o’lchamlari, hajmi, dizayni, sotuv narxi, jozibador servis xizmati,
imte’mol qiymati (ekspluatatsiya, ta’mirlash va saqlash xarajatlari).
151
Bunda tovar raqobatbardoshligi nafaqat uning bozor talablariga mos kelishini,
balki raqobatchilarning o’xshash tovarlariga qarshilik qilish qobiliyatini ham
anglatadi. Vaqti-vaqti bilan tovarning amaldagi va istiqboldagi raqobatbardoshligini
baholab o’tish, uni kelgusida eksport uchun ishlab chiqarish haqida qaror qabul
qilish, tovarni bozor uchun yangilikka aylantirish maqsadida moedrnizasiyalash yoki
yangi tovar bilan almashtirish talab qilinadi.
Xalqaro savdoda tovarni eksport qiluvchi yuqori sifatli, joriy va istiqboldagi
talablarga javob beruvchi, uning nufuzini oshirishga xizmat qiluvchi raqobatbardosh
tovarni yaratish yo’li bilan o’zida etakchilik psixologiyasini rivojlantirishi lozim.
Eksport tovari raqobatbardoshligini iste’mol xususiyatlari va texnologik
ko’rsatkichlar aniqlab berib, bu qatorga birinchi navbatda aniq belgilangan yo’nalish,
yuqori texnik daraja, tayyorlash darajasi, ishonchlilik, oddiylik, qulay vazn, hajm va
chiroyli dizayn, sotuv narxi, jozibador servis xizmati, iste’mol qiymati (ta’mirlash,
saqlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari) kabilarni kiritish mumkin.
Bunda tovarning raqobatbardoshligi uning bozor talablariga mos kelishidan
tashqari, raqobatchilarning o’xshash tovarlariga qarshilik qilish qobiliyatini ham
anglatadi. Vaqt-vaqti bilan tovarning hozirgi va istiqboldagi raqobatbardoshligini
baholash, uni kelajakda eksport uchun ishlab chiqarish haqida qaror qabul qilish,
bozordagi tovarni modernizatsiya qilish yoki uni olib tashlab, yangi tovarni kiritish
lozim. Xalqaro savdoda tovarni eksport qiluvchi firma joriy va kelgusidagi talabga
yo’naltirilgan yuqori sifatli raqobatbardosh tovarni yaratish, uning nufuzini oshirish,
xalqaro bozorga to’g’ri yo’naltirish yo’li bilan o’zida etakchilik psixologiyasini
rivojlantirishi zarur.
Eksport tovar assortimentini rejalashtirish jarayonida tovar raqobatbardoshligini
baholashda foydalaniluvchi ko’rsatkichlarga asoslaniladi. Bu ko’rsatkichlar
quyidagilardan iborat:
1. Tovar mahsulotining vazifasi: tasniflash ko’rsatkichlari (quvvati, tezligi,
sig’imi va hokazo); konstruktiv va texnik ko’rsatkichlar (material sig’imi, gabarit
o’lchami, konfigurasiyasi, mahsuldorligi, o’lchash aniqligi, qayta ishlanuvchi
152
ma’lumotlar hajmi); mahsulot tarkibi va strukturasi (tabiiy modda va aralashmalar
tarkibi).
2. Sifati va ishonchliligi: GOST talablariga javob berishi, foydalanganda buzilib
qolmasligi, kafolat muddati davomida ta’mirlashsiz ishlatish; mahsulotning texnik va
ijtimoiy-iqtisodiy zarur davri uzunligi; chet ellik iste’molchilarning ma’lum
ehtiyojlarini qondirish qoiliyati.
3. Estetika: jozibadorlik (rangi, ranglar kombinasiyasi, gabarit o’lchami);
ifodalilik (shinamlik, iqtisodiylik va hokazolarni ifodalash); emosional ta’sir
(hayajonlonish, tinchlanish, beparvolik).
4. Ekologik tozaligi: tayyor yoki yarim tayyor mahsulotda zararli
aralashmalarning mavjudligi; qayta ishlangan mahsulotlarda zararli aralashmalarning
mavjudligi; atrof-muhitga, atmosfera va suv havzalariga zararli moddalarni chiqarish.
5. Ergonomiklik: gigienichnost (toksiklik, changlilik, yoritilganlik, vibrasiya,
shovqinlilik); fiziologichnost (foydalanishning qulayligi, muomala qilishning
osonligi); antropometrichnost (inson tanasi va a’zolariga shakl va hajm jihatidan
moslik); psixologichnost (chet ellik potensial iste’molchining ijobiy qabul qilishi).
6. Tejamkorlik: sotuv narxining qulayligi; tijorat qo’llanishi qiymatining yuqori
emasligi (transport orqali tashish, o’rnatish, ishga tushirish, foydalanishga topshirish,
tartibga solish, xodimlarni o’rgatish, texnik xizmat ko’rsatish, ta’mirlash, yoqilg’i,
elektr energiyasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |