TO`SIQSIZ ERGASH GAPLI QO`SHMA GAP
Bosh gapdagi mazmunga zid bo`lsa ham, unda ifodalangan Voqea-hodisaning yuzaga kelishiga to`siq bo`la olmagan holatni ifodalaydi: Quyosh porlab tursa ham, kun ancha sovuq edi.
To`siqsiz tobe gap quyidagicha bog`lanadi.
-sa + ham, -sa + da yuklamasi shaklida. Qo`rg`onimiz kichik bo`lsa ham, ichida bir tup o`rik bor. Kechalari salqin bo`lsa-da, kunduzi quyosh porlaydi.
-ga + qaramay ko`makchisi shaklida: Farrux ko`p qistashiga qaramay, Jamol hech narsa demadi.
NATIJA ERGASH GAPLI QO`SHMA GAP
Bosh gapdan anglashilgan ish-harakatning natijasini bildiradi: Do`l shunday yog`diki, yer oppoq bo`lib ketdi.
-ki yordamida bog`lanadi. Bosh gap tarkibida shunday, shu qadar, shu darajada, chunon so`zlari qo`llanadi: U shunday kuldiki, hech kim chidab turolmadi. Opa haqida shu qadar zavqlanib gapirdiki, hamma mahliyo bo`ldi
Do'stlaringiz bilan baham: |