Эргаш Ғозиев


Boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tushunchalarning tarkib topishi



Download 10,54 Mb.
bet35/78
Sana19.02.2022
Hajmi10,54 Mb.
#459187
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78
Bog'liq
ontogenez psikhologiyasi

4.6. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida axloqiy tushunchalarning tarkib topishi
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni har tomonlama yetuk, go’zal axloqli, xush odobli inson qilib kamol toptirish hozirgi kunning muhim vazifalaridan biridir. CHunki, bu narsa milliy qadriyat va ruhiyatni tiklash jarayonida ta’lim va tarbiya samaradorligini oshirish masalasidan kelib chiqadi. Mazkur muammoni o’rganishda psixologlar oldida turgan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishda boshlang’ich ta’limni ilmiy asosda to’g’ri yo’lga qo’yish uchun o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Ma’lumki, o’quvchi shaxsini shakllantirish faoliyatini namunali yo’lga qo’yish uchun dastavval ularning xarakter xislatlarini va shaxs fazilatlarini maqsadga muvofiq tarkib topganligi darajasini aniqlash ayni muddaodir. Har bir o’quvchini axloqiy jihatdan aniqlagandan keyin alohida olingan sub’ekt bilan induvidual munosabatda bo’lishi imkoni vujudga keladi.
8-10 yoshli boshlang’ich sinf o’quvchilarining shaxsiy fazilatlari beqaror, dunyoqarashi sodda, tashqi taassurotlarga tez beriluvchilardir, Buyuk allomalarning ta’kidlaganlaridek, kishining xarakteri hammadan ko’ra ko’prok uning hayotining dastlabki bilimlarida tashkil topadi va mazkur xislatlarida namoyon bo’lgan sifat juda mustahkam o’rnashadi va bolaning ikkinchi tabiatiga aylanadi.
Bolaning ikkinchi tabiatida ijobiy his-tuygularni, shaxs fazilatlarini tarkib toptirishda, yuksak axloqiy sifatlarni ularda shakllantirishda barcha mas’uliyat boshlang’ich sinf o’qituvchining zimmasiga tushadi. O’quvchining ushbu yosh davrida o’qituvchining har bir aytgan so’zi, har bir xatti-harakati, ta’sir o’tkazish uslubi uning uchun haqiqat mezoni rolini o’tadi. CHunki, o’quvchilar o’z o’qituvchisiga juda qattiq ishonadilar, uning fikr va mulohazalariga quloq soladilar, pedagogik nazokatdan (taktdan) o’ta ta’sirlanadilar, qo’ygan talablariga hamisha amal qiladilar. Ana shu boisdan pedagog tomonidan berilgan barcha vazifalar, yaratilgan muammoli vazifalarni bajarishga intiladilar, ularni o’z vaqtida ado etishga harakat qiladilar. O’qituvchiga yuksak ishonch, unga bevosita taqlid insonni inson tomonidan idrok qilishni identifikatsiya bosqichiga o’xshab ketadi.
Ayni shu davrdan boshlab: 1) o’qituvchining psixikasiga tashqi ta’sir ko’rsatish, 2) atrof-mikromuhitidagi kishilarga yordam berishga undash, 3) nima bilan shug’ullanish zarruriyati to’g’risida ko’rsatma va yo’llanma berish, 4) unga oddiy individual yoki ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan burch hissini tushuntirish, 5) uni to’g’ri mulohaza yuritishga o’rgatish, 6) ijobiy his-tuyg’ulari va ezgu niyatlarini quvvatlash, 7) o’qilgan kitobni, tomosha qilingan kinofilmni, sinfda sodir bo’lgan voqeani, sayohat taassurotlarini birgalashib muhokama qilish, 8) o’quvchilarni noma’qul so’z va iboralardan tiyish, ixtilofning oldini olish, 9) tabiat manzaralarini quvvatlash va musiqa tinglash ko’nikmasini vujudga keltirish imkoniyati paydo bo’ladi. Bu omillarning barchasi o’qituvchining shaxs sifatida shakllanishiga muhim rol o’ynaydi.
YUqorida aytib o’tilgan vazifalarning to’g’ri bajarilishi, o’qituvchining o’quvchilar bilan mazmunli suhbat uyushtirishi, muloqot o’rnatishi ularda chuqur taassurot qoldiradi va faollik ko’rsatish sari undaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning axloqiy sifatlarini rivojlantirish jarayonida yuksak samaraga erishish uchun ularning yosh individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish taqozo qilinadi.
Ma’lumki, o’qituvchi turlicha psixologik xususiyatga ega bo’lgan yaqqol shaxs bilan shug’ullanadi. SHuning uchun biror bir o’quvchiga nisbatan muvaffaqiyatli qo’llangan interfaol ta’sir boshqa biriga kutilgan samara bermasligi mumkin. Binobarin, o’zgalarga ta’sir o’tkazish tadbirlari o’quvchi shaxsiga individual yondashish orqali amalga oshirilsa, yuqoriroq ko’rsatkichga erishiladi.
Ushbu vazifani amalga oshirishda o’qituvchi o’quvchilarning individual-tipologik xususiyatlarini qanchalik chuqur o’rgangan bo’lsa, ularga shunchalik ta’sir o’tkazish kuchi sezilarli va samarali bo’ladi. Ta’lim jarayonida har bir o’quvchining ruhiy dunyosiga oqilona yo’l topa olish barcha muvaffaqiyatlarning garovidir.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda mujassamlashgan axloqiy tushunchalarning qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida boshlang’ich sinf sub’ektlariga o’quv yilining boshida (sentyabr oyining 3-haftasida) alohida savollar bilan murojaat qilindi.
O’quvchilar bilan o’tkaziladigan aniqlovchi tajriba uchun "yaxshi" va "yomon" tushunchalari tanlab olindi. Ularning kundalik turmush sharoitida keng ko’lamda qo’llaniladigan tushunchalar bo’lganligi tufayli o’rganish rejalashtirildi. Axloqning alifbosi xuddi shu so’zlardan boshlanadi, chunki mazkur tushunchalar zamirida insonning murakkab axloqiy qiyofasi, yuksak xislati, barqaror maslagi, negizi yotadi. Tajribalarda o’quvchilarning hukmiga havola qilingan savollar ularning yosh xususiyatlari va hayot tajribalarini hisobga olgan holda tuzildi.
Birinchi sinf o’quvchilarida, yuqorida sanab o’tilgan, axloqiy tushunchalar darajasini aniqlash muddaosi bilan ularga quyidagi savollar bilan murojaat qilindi: 1) Nima yaxshi-yu, nima yomon? 2) O’zidan kattalarga salom beradigan, ularning aytganlarini bajaradigan bolalar, qanday bolalar? 2) "Xo’p" degani yaxshimi yoki "Yo’q" degani yaxshimi? va hokazo.
Birinchi savolga 1-sinfning aksariyat o’quvchilari "Quyon yaxshi bo’ri yomon "Echki yaxshi, bo’ri yomon" kabi javoblar beradilar. Ammo javoblar ichida o’quvchi YU.M.ning javobi tengdoshlarinikidan mutlaqo tafovutlanib, mantiqiy izchillik asosida o’z fikrini dalillab berish tashlanadi: "Echki yaxshi - sut beradi. Tulki yomon. U bizni aldaydi". Demak, u “yaxshi” tushunchasi uchun muhim belgi sifatida insonga foyda keltirish xislati ajratilgan bo’lsa, "yomon" tushunchasi zamirida esa "aldash"lik alomati yotadi, ya’ni aldash salbiy illat ekanligini anglab yetadi. Uning yomon illatini o’z vaqtida payqay olgan va hayvonlarga, qolaversa odamlarga ziyon keltirishini asoslashga uringan. O’quvchining mulohazasidan ko’rinib turibdiki, birinchi savolga javob berishning o’ziyoq, tajribada ishtirok qilgan o’quvchilar ichida individual farqlar mavjuddir.
Ikkinchi savolga o’quvchilar "yaxshi bolalar" degan umumiy javobni berganlar. Mazkur savolga deyarli hamma bolalar javob bera olgan bo’lsa-da, lekin mulohaza yuritish ko’lamining kengligi, javobning dalillarga boyligi bo’yicha individual tafovut yuzaga keldi. Bunday bolalar savolga quyidagicha javob berishgan: "Yo’q" degani - yomon, u aldaydi, topshiriqni bajarmaydi". "Xo’p" degani- yaxshi, u yordamlashadi". O’quvchilarning ko’pchiligi mazkur savol munozarasida faol qatnashdilar, fikrlarining ravonligi, ma’lum darajada kengligi bilan boshqa tengdoshlaridan ajralib turadilar. Ayniqsa, M.ning mulohaza yuritishi o’z sinfdoshlaridan har tomonlama, har jihatdan ustunlikka ega. Ba’zi aniqlangan dalillarga ko’ra qizchaning oilasida farzandlarga nisbatan e’tibor va nazorat kuchli ekanligi, muloqot va shaxslararo fikr almashinish yaxshi yo’lga qo’yilganligi aniqlandi. Ularning mulohazasiga ko’ra, birinchi sinf o’quvchilarida axloqiy tushunchalar bo’yicha ayrim tafovut mavjudligi namoyon bo’ldi.
Ikkinchi sinf o’quvchilarida yuqorida qayd qilib o’tilgan axloqiy tushunchalar darajasini aniqlash uchun quyidagi savollar berildi: "Nima yaxshi-yu,nima yomon?", Odobli bola deganda qanday bolalarni tushunasiz? "Odob haqida qanday she’rlarni bilasiz?".
Birinchi savolga aksariyat o’quvchilar "Kattalarga quloq solish, onasiga yordamlashish, darsni tayyorlash yaxshi". "YOlg’on gapirish, kattalarni aldash, dars tayyorlamaslik yomon". "CHumchuqni otmaydigan, yolg’on gapirmaydigan, kitoblarni yirtish yomon" kabi javob berdilar. Olingan javoblarga ko’ra, 2-sinf bolalarining 1-sinf o’quvchilariga nisbatan mantiq va mazmun jihatdan fikrlarni bayon qilish bo’yicha ustunligi sezilib turadi. Ular javoblarida "yaxshi" tushunchasining mohiyatini ochish kengayib borganligini ko’rish mumkin: quloq solish, yordamlashish, dars tayyorlash yoki chumchuqlarni otmaydigan, yolg’on gapirmaydiganlar yaxshi. O’quvchilar "yomon" tushunchasiga qiyos berganlarida, quyidagi holatga e’tibor qiladilar: yolg’on gapirish, aldash, dars tayyorlamaslik; kitoblarni yirtish va boshqalar. Ularning mulohazalarining ko’rsatishicha, bildirilgan fikrlar aynan bir-birlarini takrorlashdan iborat emasligi ma’lum bo’ladi. Tushunchalarni to’g’ri anglashlariga qaramasdan, ularning mohiyatini ochishda o’quvchilar o’rtasida muayyan darajada farqlar mavjudligi ko’zga tashlandi.
Ikkinchi savolga 2-sinfning o’quvchisi Umida ushbu tarzda javob berdi: "Ukasining sochidan tortmaydi. Toza polni iflos qilmaydi".M.ning fikricha, odobli bola ko’chaga ruhsatsiz chiqmaydi, o’z ishlarini qiladi, uy ishlariga yordamlashadi, ozoda yuradi. Buning bilan u odobli bola qiyofasiga xos xislatlar ko’lamini birmuncha kengaytiradi. Birinchi sinaluvchining javobida biz cheklanganlik holatini ko’ramiz: sochdan tortmaydi va polni iflos qilmaydi. Keltirilgan ikkita namuna bir-biridan ma’lum darajada farqqa ega. Mazkur tafovut odob sohasida she’rlardan misollar keltirilganda yanada orta bordi. Bunday omillarning tajribada ko’pincha qayd qilinganligi yuqoridagi fikrimizni to’la tasdiqlaydi.
Tajribalarda uchinchi sinf o’quvchilariga quyidagi savollar bilan murojaat qilindi: "Nima yaxshi-yu, nima yomon?", "Eng go’zal narsa nima?" "Eng xunuk narsa-chi?", "Odob nima?'.
Ko’pchilik o’quvchilar birinchi savolga ushbu mazmunda javob qaytardilar: "Odobli bola yaxshi, yomon bola yomon'" ,"Odobli bola kattalarga salom beradi. Ularni hurmat qiladi". "YOmon bola gap qaytaradi. Keksalar yomon bolalarni yoqtirmaydilar", "Non olib kelish yaxshi, aytganlarni qilish yaxshi. Pol artmaslik, uy supurmaslik - bu juda yomon".
Mazkur o’quvchilar "yaxshi" va "yomon" tushunchalarini murakkablashgan (odobli bola yaxshi yoki yomon bola yomon) shaklida qo’llashga harakat qiladilar. CHunonchi, odobli bolaning xarakter xislati yana boyitiladi: unday bola salom beradi va hurmat qiladi. "YOmon" tushunchasining mohiyati kengayadi: u gap qaytarmaydi, uni keksalar yoqtiradi. YUritilgan mulohazalar yakuni bo’yicha aniq xulosa chiqarishga intilsak, u holda o’quvchilarning ayrimlarigina 2 va 3 savollarga javob berishga muvaffaq bo’ldilar: "Bog’da har xil gullarning ochilib turishi chiroyli, go’zal. O’sha gullarni so’ramasdan uzish, ularni sindirish xunuk", "Mevali daraxtlarning bahorda gullashi juda chiroyli, lekin ularni yulish va uzib o’ynash xunuk", Tandirda yopilgan nonlar chiroyli. SHu nonlarni sindirib yerga tashlash xunuk" va boshqalar.
YUqoridagi savollar psixologik asosga ega bo’lib, shaxsning axloq tushunchalarini aniklashga qaratilganligi sababli atrof-muhit, ijtimoiy hayot to’g’risida, shaxslararo munosabat yuzasidan bilim va tasavvurga ega bo’lishini taqozo etadi. Bu yerda "yaxshi va "yomon" tushunchalari "go’zal" va "xunuk" singari axloqiy tushunchalar bilan uyg’unlashib ketganligining shohidi bo’lamiz. Jumladan, sinaluvchilar gullarning ochilishi, daraxtlarning gullashi, issiq nonlar - chiroyli, gullarni sindirish, shoxlarini uzib tashlash, nonlarni isrof qilish - xunuk, degan xulosaga keladilar.
Bildirilgan mulohazalardan ko’rinib turibdiki, ular tushunchalar mohiyatini ochishda ham o’zaro tafovut qiladilar. Bizningcha, qayd qilingan tushunchalar yuzasidan o’quvchilar fikri mazmundor bo’lishining asosiy sabablari - bu ularning tabiatshunoslik faniga qiziqishi va anglashilgan hissiy motivlari, aqliy harakatlarida faolligi mavjudligidir.
3-sinf o’quvchilarining odob to’g’risidagi fikr va mulohazalari 1-2 sinf sinaluvchilariga qaraganda, mazmun, shakl, tuzilish jihatdan katta tafovutga ega bo’lib, bu narsa bolaning turmush tajribasi ko’lami, yosh xususiyati va aqliy kamoloti darajasi bilan o’lchanadi. YOsh davr xususiyati bilan izohlanuvchi farq bilan bir qatorda narsaga turlicha qarash, har xil yondashish, muammo mohiyatini ochib berish uslubi individual tafovut borligini ko’rsatadi.
I-III sinf o’quvchilari bilan olib borilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, axloqiy tushunchalarni tarkib toptirish uchun ularni har bir tushunchaning muhim alomatlari (belgilari)ni ajratishga, umumlashtirishga o’rgatish, ularda ikkinchi darajali belgilarni ta’kidlash uquvini vujudga keltirish zarur. SHuningdek, mustaqil fikr yuritish ko’nikmasini takomillashtirish, mantiqiy xulosa chiqarish usullari bilan boshlang’ich sinf o’quvchilarini qurollantirish maqsadga muvofiq.

Download 10,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish