Эргаш Ғозиев


Birinchi sinf o’quvchilarining tafakkuri



Download 10,54 Mb.
bet34/78
Sana19.02.2022
Hajmi10,54 Mb.
#459187
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78
Bog'liq
ontogenez psikhologiyasi

4.5. Birinchi sinf o’quvchilarining tafakkuri
Birinchi sinf o’quvchilarining tafakkuri quyidagicha rivojlantirilsa, so’zsiz samarali natijalar berishi mumkin.
O’quvchining "Bu nima?", "Nega bunday?" degan savollariga o’zi javob berishiga o’rgatish kerak. Bu o’rinda asosiy vazifa unga to’g’ri ko’rsatma berish, uni mantiqiy xatolardan qutqarish, to’g’ri mulohaza yuritishga ko’maklashishdan iboratdir. Masalan: "5" raqami qanday bo’laklardan tuzilgan? Bir juft so’zdan tuzish mumkinmi? 3 va 2 sonini yaxlitlab ko’rchi? To’rt tayoqchadan to’rtburchak yasachi? Meva xususiyatini so’zlab berchi? Yirtqich hayvonlar qanaqa bo’ladi? Eshitgan cho’pchagingdagi qahramonlarni sanab berchi?
Taqqoslash yordami bilan narsalaridagi o’xshash va farqli tomonlar aniqlanadi. Taqqoslash kishi bilish faoliyatining dastlabki bosqichi hisoblanadi. Bu jarayon orqali beshning uchdan kattaligi, sopolning chinnidan mo’rtligi fikran solishtiriladi. Natijada o’quvchiga o’xshash va tafovutli belgilar anglashib boradi va ular yuzasidan ma’lum xulosaga keladi, unga nimani nima bilan taqqoslash kerakligini o’rgatish lozim, xolos. Aks xolda, u qanday yo’l tutishni bilmasdan dovdirab qolishi mumkin.
Mavhumlashtirish yaqqol narsalardan muhim tomonini fikran ajratib olish demakdir. Jumladan, o’quvchi oq ko’ylak to’g’risida so’z yuritgan bo’lsa, taklifimizga binoan, u qor, oq ro’mol, ohak, oqlangan imorat haqida mulohaza yuritadi. Keyinchalik esa, butunlay "oq" degan tushunchani o’ylashi mumkin. Avval o’qish kitobi, matematika, mehnat, o’zbek tili, tabiatshunoslik tushunchalarini talaffuz qilib o’rgangan bo’lsa, asta-sekin ularni bir tushuncha bilan "kitob" deb mavhumlashtiradi.
Dunyodagi narsa va hodisalarni, jism va predmetlarni konkretlashtirish, yaqqollashtirish jarayoni mavhumlashtirish bilan mustahkam aloqada bo’ladi. YAqqol narsalar o’quvchi uchun juda yengil fikr yuritishda ustun turadi. O’quvchi hamma vaqt yaqqol narsa bilan mashg’ul bo’lishni yaxshi ko’radi. Masalan, katta, uchburchak, hajm, go’zal, harakat, elektr, parallel (yondosh) kabi mavhum tushunchalarni ular darrov tushunib ololmaydilar. Ularni yaqqollashtirgan taqdirdagina anglay boradilar. Katta ko’cha, uchburchak taxtacha, besh litr sut, go’zal o’yinchoq, parallel temir yo’l izlari va hokazolar to’g’risida ma’lumot berilgandan keyingina o’quvchilar yuqoridagi tushunchalar haqida taassurotga ega bo’ladilar. Ammo har qanday narsalarni ham yaqqollashtirish mumkin emas, chunki bu narsa odat tusiga kirib borishi, ularda mavhum tushunchalar shakllanishiga salbiy ta’sir etadi. Ta’lim jarayonida bunday noxush odatdan iloji boricha saqlanish shart.
Umumlashtirish usuli o’quvchi fikr yuritishining shunday jarayonidirki, uning yordamida narsalar ma’lum aniq alomat asosida fikran birlashtiriladi. "Meva" "orqali olma, shaftoli olcha kabilar to’g’risida fikr yuritsa, koshiq, cho’mich, tovoq so’zlarini jamlab "idish-tovoq" deb nomlanadi. Narsa va hodisalarni noto’g’ri umumlashtirish ham mumkin. Jumladan, so’z "uy hayvonlari" to’g’risida gap ketsa, birinchi sinf o’quvchilari qo’y, echki, sigir kabilar qatoriga sichqon, kalamush, mushuklarni ham qo’shib aytadilar. SHunday paytlarda o’quvchiga aniq va to’la tushuncha berib o’tmoq maqsadga molik. Deylik, stol ustida traktor, raketa, samolyot o’yinchoqlari turibdi. U bu o’yinchoqlarni taqqoslash orqali yakka narsalarni umumlashtirib, "o’yinchoqlar" deyilishini anglaydi.
Kitob, daftar, qalam - o’quv qurollari; qo’g’irchoq, avtomobil, belkurakcha - o’yinchoqlar; shkaf, javon; stol, stul - uy jihozlari; uchburchak, to’rtburchak aylana - geometrik shakllar; ayiq, bo’ri, tulki, yo’lbars, arslon - yovvoyi hayvonlar; qarg’a, chumchuq, musicha - qushlar; buvi, opa, oyi, uka, aka, singil - oila a’zolari kabi so’zlar, tushunchalar orqali guruhlarga ajratishda, bola aqliy faoliyatini rivojlantirishda salmoqli turtki bo’ladi oladi. SHuning uchun ularni klassifikatsiyalashga o’rgatish muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlang’ich sinf ta’limi jarayonida ayrim paytlarda hissiy-yaqqol yoki amaliy umumlashtirish usulini qo’llash hollari uchrab turadi. Bu hol, albatta, topshiriq talabiga binoan amalga oshiriladi. Narsa va hodisalarni klassifikatsiya qilish lozim bo’lib qolsa, ko’pincha shu usuldan foydalanish tavsiya qilinadi. CHunki, bunday chog’larda chuqur tahlil qilish, ulardan muhim belgilarni (alomatlarni) ajratish kabi murakkab jarayonlar talab qilinmaydi. Politexnik ta’lim darslarida mana shu xildagi qator vazifalarni berish mumkin. Jumladan, turli hajmda yasalgan va turli rangda bo’yalgan jismlardan bayram bezaklarini tayyorlash yoki boshqa narsalardan yashil o’simliklar, yumshoq metallar, bezakli-akvarium baliqlar, odamsimon maymunlar, qushlar, "yig’loqi" bolalar va hokazolarni tayyorlash mumkin.
Misollardan ko’rinib turibdiki, o’quvchilar predmet va tushuncha­larni muhim bo’lmagan belgisiga asoslangan holda umumlashtirishni nazarda tutadilar. Ular hissiy-yaqqol umumlashtirish usuli yordamida vazifani bajarishga muvaffaq bo’lganlar. Bolalar ularni "qizil" "yaltiroq" "yumshoq","bezakli","odamsimon" kabi belgilarga ajratib klassifikatsiya qiladilar.



Download 10,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish