AMALIY MASHG‘ULOT
ER-9 ELEKTROPOEZDNI TUZILISHI VA TEXNIK KO‘RSATKICHLARI
12.1-rasm. « ER-9 »seriyali elektr poyezdining tashqi ko’rinishi
ER-9 – elektr poyezdining asosiy xarakteristikalari
Konstruksiya tezligi………………………………………. …130 km/s
Kolleya eni …………………………………………….........1524 (1520) mm
Vagonlar bazasi…………………………………………......13300 mm
Vagon aravachalari bazasi:
motor vagon……………………………………………...... 2 600 mm
tirkama vagon…………………………………………….... 2400 mm
Vagonlar g‘ildiragi diametri:
Motor vagon ……………..………………………………....1050+14 mm
Bosh va tirkama vagon………………………..………….... 910+14 mm
YOn devorlariga ko‘ra kuzov uzunligi (bosh vagon avto ulagichsiz)…………………...................................................19 600+20 mm
Kuzov eni (gofr buyicha)……….……………………….. 3 521 mm
Vagon taralari massasi:
Motor……………………………………………………….. 60+1,2 t.
Bosh…………………………………………………………39+0,78 t.
Tirkama……………………………………………………..37+0,74 t.
Vagonlarda o‘tirish joyi soni:
Motor…………………………………………………………107
Bosh ………….………………………………………………107
Ulama …………………………………………………………83
Elektr poezdlarining mexanika qismiga aravasi, elektr yuritmasi, kuzovi, urilish-tortuv asboblari kiradi. Ularning tuzilishi tarkibning quvvatiga, maksimal yurish tezligiga va ularga ta’sir ko‘rsatadigan temir yo‘l tuzilmasiga bog‘liq. Tarkibning mexanik qismiga elektrovoz va elektr poezdlarining og‘irligi va unga o‘rnatilgan agregatlarning tortish va tormozlanish uskunalari va temir yo‘ldagi yurish vaqtida paydo bo‘lgan dinamik kuchlar ta’sir qiladi. Ayniqsa temir yo‘llarning egri va bugri joylarni o‘tish davrida bu kuchlar birmuncha kattalashadi.
Elektr tarkibini tortish motorlarining bir tarafi ko‘pincha juft g‘ildirakning o‘qiga va ikkinchi tarafi esa aravasining ramasidagi maxsus osmaga o‘rnatiladi. Tayanch-rama osma esa motorli vagonlar va yo‘lovchi tashuvchi tarkiblarda o‘rnatiladi. Bunday osmalar bilan tarkibning tezligini 120 kmsoat ga va undan ham oshirish mumkin.
ER tipidagi elektr poezdlarining kuzovi metall qoplamadan iborat bo‘lib o‘z og‘irligini va unga o‘rnatilgan agregat va qismlarni ko‘tarib turadi. Kuzovning ichiga yo‘lovchilarni tashish uchun o‘tirg‘ichlar o‘rnatilgan. Bundan tashqarii, vagon ichini yoritadigan chiroqlar, isitish moslamasi, havo almashtirish, qisman tortuv motorlari va yordamchi mashinalar ishini boshqarish apparatlari joylashtirilgan. Kuzov tagida esa yordamchi mashinalar kuchli zanjirining apparatlari, tormoz qilish va vagonlarni bir-biriga ulash uskunalari mavjud. Kuzovning ramasi vagonning eng asosiy qismi bo‘lib, bo‘yiga uzun kengligi esa bir nechta to‘sinlardan iborat. Ular bir-biri bilan payvandlangan. Vagonni poliga taxta va metall qoplangan bo‘lib, boltlar bilan mahkamlangan. Uning ustidan issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar yotqizilgan. Kuzovning yon devoriga ham issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar yopishtirilib, ustki qismiga fanera qoqilib, uning ustidan plastik material qoplangan. Vagonning ko‘ndalang qismi yupqa devordan iborat.
Yo‘lovchilarni tashish vagonlarini eshigidan kiraverishida bo‘sh xona bo‘lib, uni tambur deyiladi, so‘ng ikki tarafiga ochiladigan eshigi bor. Tambur qish vaqtida sovuqdan asraydi va sovuq havoni yo‘lovchilarni tashish xonasiga o‘tkazmaydi. Bir qismi bosh vagonlarda mashinist xonasiga qo‘shib olingan bo‘lib, xizmat va xojat xonasi joylashtirilgan.
Vagonlarning eshiklari qarama-qarshi tarafga ochilib yopiladi. Tashqi yoniga ochiladigan eshiklari elektr pnevmatik (havo yordamida) yuritmasi bilan mashinist xonasidan boshqariladi. Romlari ikki qavatli «stalinit» oynasi bilan qoplangan. O‘tirg‘ichlar taxtali reykalardan yasalgan. Vagon bo‘ylab, qo‘l buyumlarni qo‘yish tokchalari bor. Yo‘lovchilar tashish xonasiga plafonli yoritqichlar o‘rnatilgan.
Elektr poezdining vagonlarini isitish uchun elektr pechlari o‘rnatilgan va havoni isitib uzatadigan elektrokaloriferlari bor. Elektr pechlari ulanish simlariga ulangan bo‘lib yuqori kuchlanishga ega.
Elektr poezd vagonlarini shamollatish isitish tizimi bilan uzviy bog‘langan va o‘zaro boshqariladigan ikki agregat mashinasidan iborat. Ular tambur xonasining tepasiga joylashtirilgan. Har bir shamollatish agregati ikkitali markazdan qochirma ventilyator va elektr motoridan iborat. Vagondan vagonga o‘tish joyi maxsus temir ko‘prik bilan bog‘langan.
ER2 va ER9P elektr poezdlarining zinasi yuqori va past platformalarga mo‘ljalangan.
ER22 elektr poezdi ER2 va ER9P elektr poezdiga qaraganda, uzunligi 20,5 metr o‘rniga 24,5 metr qilib ishlangan. Yo‘lovchilarning o‘tirg‘ichlari ham bir muncha o‘zgargan. Yo‘lovchilarni tezda vagonga chiqarish va to‘ldirish uchun yon tarafiga (ikki tarafda) uchtadan eshigi bo‘lib, ikkitasi vagonni oxiriga, bittasi esa o‘rtasiga joylashtirilgan. ER22 elektr poezdi yuqori joylashtirilgan platformalarga mo‘ljallangan. Oxirgi paytlarda bir nechta ER22M elektr poezdi qurilgan. Ulardan past va yuqori joylashtirilgan platformalarda bemalol yo‘lovchilarni vagonga chiqarish va tushirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |