Eqologiya sohasida davlat boshqaruvi reja I. Kirish II. Asosiy qism


O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga quyidagilar kiradi



Download 30,82 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2022
Hajmi30,82 Kb.
#676998
1   2   3   4
Bog'liq
Jassi kkk Eqolog

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
- tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlarini belgilash;
- davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash;
- tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
- hududlarni favqulodda ekologik vaziyat, ekologik ofat va ekologik halokat zonalari deb eъlon qilish, bunday zonalarning huquqiy rejimini va jabrlanganlarning maqomini belgilash;
- tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni muvofiqlashtirib borish;
- tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun haqning chegara miqdorlarini belgilash, shuningdek to'lovlarni undirish bo'yicha imtiyozlar belgilash hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal qilish.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
- tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish;
- tabiat resurslaridan foydalanishni tartibga solish; tabiiy resurslarga nisbatan tabiat kadastri yuritilishi tartibini belgilash va bunday kadastr yuritilishini taъminlash, respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslarning zaxiralarini tasdiqlash;
- ekologiya jihatidan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish;
- tabiiy ofatlar va yirik avariyalarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
- tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik,chiqindilar, zararli taъsir etuvchi boshqa narsalar joylashtirib tashlaganlik uchun haq to'lash tartibini, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilar joylashtirish limitlarini belgilash;
- ekologiya maorifi va tarbiyasi tizimini yaratish hamda uning amal qilishini taъminlash;
- tabiatdan alohida tartibda foydalaniladigan hududlarning chegaralarini, tabiatni muhofaza qilish va xo'jalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash;
- tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish hamda O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvida Vazirlar Mahkamasining vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (98-moddasi), O'zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustdagi “Vazirlar Mahkamasi to'g'risida”gi yangi tahrirdagi qonunini 5-7-moddalarida, O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida”gi qonunining 9-moddasida hamda tabiiy resurslar to'g'risidagi qonunlarning tegishli moddalarida belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalari bo'yicha normativ hujjatlar (qaror, nizom, qoida va tartiblar) qabul qiladi; tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo'yicha davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshirishni tashkil etadi; tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar va to'lovlar miqdorini belgilaydi; atrof tabiiy muhit monitoringi, tabiiy resurslar davlat kadastrlari yuritilishini tashkil etadi; maxsus vakolatga ega bo'lgan davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi; davlat ekologik nazoratini tashkil etadi; er uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, shu jumladan ijaraga beradi, er uchastkalariga bo'lgan huquqni bekor qiladi; er osti boyliklaridan foydalanish huquqini beradi va uni bekor qiladi, er osti boyliklaridan foydalanishning litsenziyalash tizimini tashkil etadi; umumtarqalgan foydali qazilmalar ro'yxatini belgilaydi; ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqadi; tabiiy ofatlar va yirik avariyalarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; ekologiya sohasida xalqaro aloqalarni o'rnatadi hamda rivojlantiradi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvida mahalliy davlat hokimiyat organlarining vakolatlari Konstitutsiyada (100-modda), O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyat organlari to'g'risida”gi qonunda (10, 24, 25-moddalari), “Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida”gi qonunda (10-modda) va tabiiy resurslar to'g'risidagi qonunlarning tegishli moddalarida belgilangan. Masalan, mahalliy davlat hokimiyat organlari er munosabatlarini tartibga solishda muhim o'rin egallaydilar va bu masalaga Er kodeksining 5-7-moddalari bag'ishlangan.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari tabiatni muhofaza qilish sohasida:
- o'z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo'nalishlarini belgilash, mintaqaning (hududning) ekologiya dasturini tasdiqlash;
- tabiiy resurslarni hisobga olish va ularning ahvoliga baho berish, ekologiya jihatidan zararli bo'lgan obъektlarni ro'yxatga olish;
- tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnika jihatidan taъminlash;
- tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi,sanoat chiqindilarini yoki ro'zg'or chiqindilarini to'plash yoki ko'mib tashlashga ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish yoki ularni bekor qilish;
- tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to'lovlar undirish;
- tabiatning muhofaza qilinishi ustidan nazorat o'rnatish, atrof muhitga zarar etkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik obъektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to'xtatish va qayta ixtisoslashtirish to'g'risida qarorlar qabul qilish hamda O'zbekiston Respublikasi qonunlarida ko'zda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining vakolatiga kiradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o'z hududlarida ekologiya sohasida davlat boshqaruvining quyidagi vakolatlarini amalga oshiradilar: mintaqada (hududda) tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo'nalishlarini belgilaydilar, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishning hududiy dasturlarini tasdiqlaydilar; atrof tabiiy muhitga zarar etkazayotgan obъektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to'xtatish va qayta ixtisoslashtirish to'g'risida qarorlar qabul qiladilar; foydalanishni tashkil qilish maqsadida tabiiy resurslarni taqsimlaydilar (er uchastkalarini - egalikka, foydalanishga yoki ijaraga, suv obъektini tanho foydalanishga, o'simlik dunyosidan pichan o'rish yoki mol boqish uchun, aholi punktlarida daraxtlar kesish maqsadida foydalanish huquqini beradilar) va shunday foydalanish huquqlarini bekor qiladilar; atrof tabiiy muhit monitoringi, tabiiy resurslar davlat kadastrlari yuritilishini tashkil etadilar; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar.
Atrof muhitga zarar etkazayotgan tadbirkorlik subъektlari hisoblangan mahalliy ahamiyatga molik obъektlarning faoliyatini to'xtatib qo'yish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog'liq holda faoliyatni o'n ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatga to'xtatib qo'yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish va qayta ixtisoslashtirish, shuningdek ularga berilgan tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani bekor qilish sud tartibida amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organlariga ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralari kiradi. Ularning faoliyati asosan ekologik munosabatlarni tartibga solish bilan bog'liq bo'lganligi sababli, maxsus vakolatli organlar deb nomlanadilar. Ular tarmoqlararo, yaъni bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid, yaъni maъlum bir tabiiy resursni idora etuvchi organlarga bo'linadi.
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining maxsus vakolatli organlari ichida markaziy o'rinni O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi egallaydi. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996 y. 26 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi, idoralardan ustun turuvchi hamda muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organdir. O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga bo'ysunadi va unga hisobdor.
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga bo'ysunadi hamda vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek ayrim shaxslar tomonidan er, er osti boyliklari, suv, o'rmon, hayvonot va o'simlik dunyosidan, atmosfera havosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar davlat idoralari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar uchun majburiydir.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi quyidagi asosiy vakolatlarni amalga oshiradi:
– atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning ko'proq iqtisodiy usullarini keng qo'llash, resurslarni tejaydigan, kamchiqit va chiqitsiz texnologiyalar barcha joylarda qo'llanilishini rag'batlantirish, chiqindilarni xo'jalik oborotiga jalb etish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish asosida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini kompleks boshqaradi;
– tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan respublika ekologiya normativlari, qoida va standartlari ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularni tasdiqlaydi, tarmoqlarning ana shunday normativlari, qoida va standartlarini o'zaro muvofiqlashtiradi, ularning fondlarini shakllantiradi va yuritadi;
– tabiatni muhofaza qilish faoliyatini metrologiya jihatidan taъminlash yuzasidan ish olib boradi, tabiiy muhit obъektlarining ifloslanishini nazorat qilish bo'yicha uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
– barcha turdagi tabiiy resurslarni xo'jalik oborotiga jalb etish ko'lamlarini tartibga solib turish maqsadida atrof tabiiy muhit holatiga antropogen faoliyatning taъsirini tahlil qiladi;
– Oliy Majlisga, Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga atrof-muhit holatiga doir uzoq muddatli va bir yillik taxminlar loyihalariga kiritish uchun tabiatdan foydalanuvchilar tabiatni muhofaza qilishning zarur chora-tadbirlarini bajarishlariga qaratilgan takliflarni, shuningdek tabiatni muhofaza qilish majmuida iqtisodiy islohotlar qanday borayotganligining tahlili uchun belgilangan hisobotlarni taqdim etadi;
– vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar va tabiatdan foydalanuvchi boshqa tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish tadbirlari va tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan foydalanish yuzasidan olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlarini, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga doir nizomlarini muvofiqlashtiradi;
– atrof-muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash hamda oqizishning yo'l qo'yiladigan normativlarini va chiqindilarni joylashtirish limitlarini belgilaydi, atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun kompensatsiya to'lovlari undiradi va ulardan belgilangan tartibda foydalanadi;
– atrof tabiiy muhit sifatining normalarini belgilash ishini tashkil etadi, O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi, boshqa vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda ifloslantiruvchi manbalar va ular atrof-muhitga ko'rsatadigan zararli taъsirning (jismoniy taъsirdan tashqari) hisobini yuritadi;
– respublika ishlab chiqaruvchi kuchlarini joylashtirish hamda ularni rivojlantirish dasturlari, kontseptsiyalari, asosiy yo'nalishlari va sxemalari loyihalarini, loyihalashga tayyorgarlik va loyiha hujjatlarini, yo'riqnoma-uslubiy hamda normativ-texnikaviy hujjatlarni, ayrim mintaqalar, joylar va ishlab turgan obъektlardagi ekologik vaziyatni, shuningdek atrof-muhit holatiga taъsir ko'rsatuvchi yangi texnika, texnologiyalar, materiallar va moddalarni davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazadi;
– atrof tabiiy muhit monitoringining tuzilishi, mazmuni va uni amalga oshirish tartibini ishlab chiqadi, vazirliklar, davlat qo'mitalari va boshqa manfaatdor organlar bilan birgalikda atrof-muhit ifloslanishining ahvoli va unga boshqacha zararli taъsirlar, tabiiy resurslardan foydalanish to'g'risidagi maъlumotlarning respublika yagona ekologik axborot bankini tashkil etadi va yuritadi;
– respublikada qo'riqxonalarga doir ishga rahbarlik qiladi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning davlat kadastrini yuritadi, alohida muhofaza etiladigan yangi tabiiy hududlar tashkil etish xususida takliflar kiritadi;
– yangi (qayta qurilgan) obъektlarni, shuningdek tabiatni muhofaza qilish obъektlari va inshootlarini qabul qilib olish va ishga tushirish bo'yicha davlat komissiyalari ishida qatnashadi, barcha turdagi xo'jalik faoliyati uchun joy tanlash va er ajratishga doir materiallarni muvofiqlashtiradi;
– O'zbekiston Respublikasining Qizil kitobi to'g'risidagi Nizomni, uni yuritish bo'yicha Idoralararo komissiyaning shaxsiy tarkibini, bu komissiya to'g'risidagi Nizomni (O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda), shuningdek O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish qo'mitasining vakolat doirasiga kiradigan masalalar bo'yicha boshqa idoralararo komissiyalarning tarkibi va ular to'g'risidagi nizomni tasdiqlaydi;
– viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo'mitalari, tumanlararo, tuman va shahar tabiatni muhofaza qilish qo'mitalari (inspektsiyalari) nizomlarini tasdiqlaydi;
– belgilangan tartibda o'z korxonalarini, muassasalari, tashkilotlari va boshqa tarkibiy bo'linmalarini tuzadi, qayta tashkil etadi va tugatadi, ularning ustavlarini tasdiqlaydi;
– fuqarolarni tabiatni, tabiiy resurslarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash ishini, tabiat to'g'risidagi bilimlarni targ'ib qilishni va ommalashtirishni tashkil etadi, ekologik taъlim saviyasini oshirishga ko'maklashadi, bu sohada tanlovlar, ko'rgazmalar, boshqa tadbirlar o'tkazadi;
– o'z tizimi xodimlarining malakasini oshirishni tashkil etadi, vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida mutaxassislar tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasidagi ishiga uslubiy rahbarlik qiladi;
– ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitga chiqarib tashlash va oqizish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan foydalanish, chiqindilarni joylashtirish, suvdan maxsus foydalanish, suv chiqarish uchun quduq qazish, ekologik normalarni joriy etish ishlarini bajarishga belgilangan tartibda ruxsatnomalar, zararli moddalar, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqindilarini ko'mish uchun er ostidan foydalanish huquqini, ovchilik va baliqchilik xo'jaligi yuritish, shuningdek Qizil kitobga kiritilgan turlaridan tashqari hayvonot dunyosidan (shu jumladan, baliqlardan) va o'simlik dunyosidan foydalanish, yovvoyi dori-darmon giyohlari, ozuqa o'simliklari va manzarali o'simliklarni, texnikaviy xom ashyo va boshqa tabiiy hosilalarni (shu jumladan, mo'miyoni) yig'ish (tayyorlash), ularni respublika hududidan olib chiqish va respublikaga olib kirish huquqini beradi;
– ovchilik va baliqchilik xo'jaligi tashkil etish va yuritish, hayvonot dunyosini (shu jumladan, baliqlarni) va o'simlik dunyosini (shu jumladan, o'rmonlarni) muhofaza qilish, qayta tiklash va ulardan oqilona foydalanish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradi, hayvonot dunyosini (shu jumladan, baliqlarni) va o'simlik dunyosini (shu jumladan, o'rmonlarni) muhofaza qilish, tartibga solish va ulardan foydalanishga doir normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
– zarur hollarda, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari yuzasidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hisobotlarini qarab chiqish to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
– hayъat majlislarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari yuzasidan vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar rahbarlarining, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning hisobotlarini eshitadi, yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar uchun rahbarlarni jazolash to'g'risida tegishli organlar oldiga masala qo'yadi;
– tabiatni ifloslantirganlik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaganlik natijasida unga etkazilgan ziyonni qoplash to'g'risida yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan daъvo qo'zg'atadi; undirib olingan summalarni tabiatni muhofaza qilish fondlari va maxsus, byudjetdan tashqari hisobvaraqlarga o'tkazadi;
– bank muassasalariga tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan sanoat obъektlarini va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan obъektlarni loyihalash, kurish, qayta qurish yoki kengaytirshp ishlarini mablag' bilan taъminlashni to'xtatish to'g'risida, shuningdek tegishli organlarga qonun hujjatlari, ekologik normativlar, qoida va standartlar buzilganligi uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish, shu jumladan, xo'jalik faoliyati yakunlari bo'yicha beriladigan mukofotlardan mahrum etish to'g'risida taqdimnomalar kiritadi;
– qonun hujjatlarini buzgan holda ish olib borilayotgan sanoat obъektlari yoki boshqa maqsadlarga mo'ljallangan obъektlarni loyihalash va qurish, qayta qurish yoki kengaytirishni taqiqlaydi, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish normalari va qoidalarini buzayotgan sanoat korxonalari va boshqa korxonalarning, muassasalar va tashkilotlarning ishini to'xtatib qo'yadi, foydalanish natijasida tabiat obъektlari ifloslanadigan yoki buziladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni taqiqlaydi;
– tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi maъmuriy huquqbuzarliklarga doir materiallarni o'z vakolatlari doirasida qarab chiqadi va aybdor shaxslarga jarima soladi hamda boshqa maъmuriy choralar ko'radi, zarurat bo'lganda qarab chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga oshiradi;
– yuridik va jismoniy shaxslardan tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishga taalluqli zarur axborot va tushuntirishlarni talab qiladi hamda ularni belgilangan shaklda bepul oladi;
– tabiiy muhitning holatini aniqlash va uni yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun idoralararo ilmiy-texnikaviy, ekspert kengashlari va boshqa kengashlar, guruhlar va komissiyalar tuzadi, tabiatni muhofaza qilish vazifalarini hal etish uchun O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi huzurida idoraviy xo'jalik hisobidagi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, institutlar, markazlar va boshqa bo'linmalar tuzadi;
– tabiatni muhofaza qilishning uzoq muddatli dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarini, qonun hujjatlarining loyihalarini ishlab chiqish, davlat ekologik ekspertizasi o'tkazish hamda tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bog'liq boshqa masalalarni hal etish uchun ilmiy-tadqiqot, loyiha, konstruktorlik tashkilotlarini, oliy o'quv yurtlarini, ilmiy-texnika ijodiyoti va axborot markazlarini, boshqa tashkilotlarni, shuningdek ayrim olimlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etadi;
– vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarning rahbarlaridan, boshqa yuridik shaxslardan o'zlariga qarashli obъektlarda atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlanishini (oqizilishini) uzluksiz nazorat qilib boruvchi vositalar bilan taъminlangan punktlar (postlar) tashkil etishni, bunday punktlar (postlar) ishini nazorat qilishni, mazkur punktlar (postlar) O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi va uning joylardagi organlariga muntazam axborot berib turishlarini talab qiladi;
– belgilangan tartibda mahalliy va respublika tabiatni muhofaza qilish fondlarini tashkil etadi va ulardan foydalanadi;
– o'z bo'linmalarining va O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasiga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning maxsus hisobvaraqlarini ochadi, ularni tarkib toptirish va ulardan foydalanish qo'mitaning O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan qaroriga binoan amalga oshiriladi;
– tabiatni muhofaza qilish bo'yicha shtatsiz inspektorlar va ekspertlar tarmog'ini tashkil etadi, ularning faoliyati O'zbekiston Respublikasi Tabiatii muhofaza qilish davlat qo'mitasining hayъati tasdiqlaydigan nizomlarga muvofiq tartibga solib boriladi;
– tabiatni muhofaza qilishga doir jurnallar, gazetalar, ilmiy ishlar to'plamlari, axborot byulletenlari nashr etadi;
– xavfli yuklarning tranziti uchun o'z vakolatlari doirasida xulosa beradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi 3358-sonli farmoniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Er resurslari davlat qo'mitasi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi negizida O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bo'yicha davlat qo'mitasi tashkil qilindi.
Qo'mita Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19 oktyabrdagi 483-son qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi to'g'risida”gi nizom asosida faoliyat yuritadi.
“Ergeodezkadastr” davlat qo'mitasining asosiy vazifalari bo'lib, er resurslaridan oqilona foydalanish, er munosabatlarini tartibga solish, er tuzishni va erlar monitoringini tashkil qilish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash bo'yicha yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taъminlash; tuproq unumdorligini oshirish, erlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; erlardan oqilona foydalanilishi va ular muhofaza qilinishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish; geodeziya va kartografiya faoliyatini boshqarish; davlat geodeziya nazoratini tashkil etish; davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; davlat er kadastrini, davlat kartografiya-geodeziya kadastrini, binolar va inshootlar davlat kadastrini, shuningdek Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo'mitasiVazirlar Mahkamasining 2007 yil 5 fevraldagi 26-son qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi to'g'risida”gi nizom asosida faoliyat yuritib, erosti boyliklarini geologik o'rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xom ashyo bazasini takroriy ishlab chiqarish sohasida yagona davlat siyosatini ro'yobga chiqarish, kon munosabatlari sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish; noyob, rangli, kamyob er metallari va uran konlarini, shuningdek erosti chuchuk va mineral suvlarini hamda foydali qazilmalarning boshqa turlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirishni taъminlovchi geologiya-qidiruv ishlarini sifatli prognoz qilish; prognoz qilishning ilg'or metodlaridan foydalangan holda erosti boyliklari to'g'risidagi texnologik va boshqa axborotlarni chuqur ilmiy tahlil qilish, foydali qazilmalar konlarini (uglevodorodlardan tashqari) qidirish va baholash natijalari asosida geologiya-qidiruv ishlarining uzoq muddatli (3 yildan ortiq davrga), o'rta muddatli (3 yilgacha davrga) hamda har yilgi dasturlarini shakllantirish, shuningdek ularning amalga oshirilishini taъminlash; geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini baholash va tarmoqning pirovard natijalariga - foydali qazilmalar sanoat zaxiralarining o'sishiga qarab rag'batlantirish asosida ushbu ishlarni moliyalashtirishning zamonaviy metodlarini joriy etish; erosti boyliklarini geologik o'rganish, ularni moliyalashtirish va monitoringini olib borish ishlarini tashkil etish va amalga oshirishning zamonaviy metodlari va mexanizmlarini joriy etish; ushbu tarmoqdagi ilg'or tajribadan foydalangan holda geologiya tarmog'i uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni tizimli asosda amalga oshirish, shuningdek respublikaning oliy va o'rta o'quv yurtlarida kadrlar tayyorlash yo'nalishlari bo'yicha takliflar kiritish; o'z vakolati doirasida erosti boyliklarini geologik o'rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, geologiya-qidiruv ishlari dasturlarining bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish singari vazifalarni bajaradi.
2010 yil 4 martda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasini qayta tashkil etish to'g'risida F-3381-son farmoyishi qabul qilinib, keyinchalik 2010 yil 27 avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining“Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qaroriga asosan, O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi huzuridagi foydali qazilmalar zaxiralari bo'yicha Davlat komissiyasi tugatilib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etildi.
2010 yil 27 avgustda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qaroriga asosan Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi (“Sanoatkontexnazorat” DI) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Er qaъrini geologik o'rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi (“Sanoatgeokontexnazorat” DI) etib qayta tashkil qilindi hamda O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi huzuridagi Er qaъrini geologik o'rganish ustidan davlat nazorati Boshqarmasi uning tarkibiga topshirildi.
O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligivazirligiVazirlar Mahkamasining 2003 yil 28 iyundagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi to'g'risida”gi nizomga muvofiq,vazirlik quyidagi vazifalarni amalga oshiriladi: qishloq xo'jaligini zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga qaratilgan yagona agrotexnika siyosatini amalga oshirish; zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi tarmoqlariga joriy etish; qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor printsiplari va mexanizmlari asosida xizmat ko'rsatayotgan tarmoqlar, bo'g'inlar va tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish; agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijara munosabatlarini, oila pudratini, fermer xo'jaliklarini keng rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish; qishloq xo'jaligini yuritishni va qishloq xo'jaligi ekinlarini navlar bo'yicha joylashtirishni takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish; selektsiya, urug'chilik, naslchilik ishlari, veterinariya, o'simliklar karantini sohasida davlat siyosatini olib borish hamda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari xavfsizligini taъminlash; irrigatsiya tizimlarini havzalar bo'yicha boshqarish printsiplari asosida er usti suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor printsiplarini joriy etish; davlat suv xo'jaligi tizimidan foydalanilishini va uning zamonaviylashtirilishini taъminlash; ilgaridan sug'oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi erlarni o'zlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish; qishloq, suv va o'rmon xo'jaligida investitsiya siyosatini ishlab chiqishda qatnashish; er va suv resurslaridan foydalanish to'g'risidagi qonun hujjatlariga qatъiy rioya etilishini taъminlash; o'rmon xo'jaligidan foydalanish, uni qo'riqlash, himoya qilish va rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish; o'ziga qarashli tashkilotlar va korxonalarni ilmiy-texnik va axborot bilan taъminlash; qishloq, suv va o'rmon xo'jaligi rahbarlari va mutaxassislarini o'qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; qishloq xo'jaligida o'simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish, o'simliklar kasalliklarining oldini olish va qishloq xo'jaligi zararkunandalariga, begona o'tlarga va chigirtkaga qarshi kurashish bo'yicha yagona texnika va texnologiya siyosatini o'tkazish.
O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'rmon xo'jaligi bosh boshqarmasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 30 martdagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligi huzuridagi O'rmon xo'jaligi bosh boshqarmasi to'g'risida”gi nizom asosida faoliyat yuritadi.
O'rmon xo'jaligi bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari bo'lib: o'rmon qonunchiligiga va o'rmon hamda ovchilik xo'jaligini yuritish bo'yicha meъyoriy-texnik hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish; o'rmonlardan foydalanish, ularni ko'paytirish, muhofaza va himoya qilish, o'rmon fondi hududida davlat qo'riqxonalari, tabiiy bog'lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish; o'rmon xo'jaligida o'rmon fondini har tomonlama kengaytirish va undan oqilona foydalanishga qaratilgan yagona texnika siyosatini olib borish; o'rmon fondini, hayvonot va o'simlik dunyosini davlat tomonidan hisobga olib borish hamda o'rganish; o'rmon xo'jaligiga fan yutuqlari va ilg'or tajribani joriy etish; respublikada o'rmonlarni qayta tiklash va ihota daraxtzorlarini ko'paytirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, tog' yonbag'irlarida, jarliklarda va tashlandiq erlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarining bajarilishini tashkil qilish; qishloq xo'jaligi erlari cho'lga aylanishining oldini olishga doir tadbirlarni amalga oshirish; o'rmonlarni yong'indan, o'zboshimchalik bilan kesishdan va boshqa o'rmon qoidalarini buzishdan himoya qilishni taъminlash, o'rmonlarni zararkunandalar va kasalliklardan asrash, o'rmonlarni aviatsiya yordamida va erdan qo'riqlash tizimini takomillashtirish; tasarrufidagi hududlarda qo'riqxona ishlarini va ovchilik xo'jaligini yuritish; ovchilik xo'jaliklarini idoraviy boshqarish va nazorat qilish, o'rmon fondi hududida ovchilik qoidalari, normalari va muddatlariga rioya qilinishini taъminlash; ichki va tashqi bozor ehtiyojini o'rganish asosida respublika manzarali bog'dorchiligini rivojlantirishning yagona strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etadi; shifobaxsh va ovqatbop o'simliklar, yordamchi qishloq xo'jaligi, bog'dorchilik mahsulotlarini tayyorlash va etishtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun ixtisoslashtirilgan bo'linmalar tuzish; xo'jalik yurituvchi subъektlar (o'rmon xo'jaliklari, shifobaxsh o'tlar etishtirishga ixtisoslashtirilgan o'rmon xo'jaliklari)ning erkinligini va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, ularning moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida ularni xo'jalik yuritishning bozor shakllariga o'tkazish va boshqalar hisoblanadi.
Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining Suv xo'jaligi bosh boshqarmasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 iyuldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbe¬kiston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining Suv xo'jaligi bosh boshqarmasi to'g'risida nizomga binoan, o'ziga yuklangan vazifalarga muvofiq suv resurslarini boshqarish va ulardan kompleks foydalanish sohasida suvdan foydalanuvchi¬lar uyushmalari va ularning boshqa birlashmalarini tashkil etish va rivojlantirishda, xo'jalik ichki suv hisobini tashkil etishda metodik va amaliy yordam ko'rsatish funktsiyasini amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi faoliyati Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 14 yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi to'g'risida”gi nizom bilan tartibga solinadi.Ushbu nizomga binoan,aholi salomatligini saqlash va yaxshilashni, sog'lom avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlarni shakllantirishni, profilaktik sog'liqni saqlashni rivojlantirishni, sog'lom turmush tarzini keng ommalashtirishni taъminlovchi davlat siyosatini amalga oshirish; aholini sanitariya-epidemiologiya jihatidan salomatligini hamda manfaatdor organlar bilan birgalikda respublika hududini karantin va o'ta xavfli infektsiyalardan muhofaza qilishni taъminlash kabi vazifalarni amalga oshiradi.
Shuningdek, 1996 yil 27 dekabrdagi “Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida”gi Qonunga (6-modda) muvofiq, inson uchun atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar (sanitariya normalari) O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanishi ko'rsatilgan.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida”gi Qonunga binoan, atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo'yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yana ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqbuzarlarga nisbatan maъmuriy javobgarlik choralarini qo'llash, tabiiy hududlar va obъektlarda yong'in xavfsizligini taъminlash, ularni qo'riqlash kabi funktsiyalarni ham bajaradi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki bugungi kundа dunyo miqyosidа chiqindilаr muаmmosi eng dolzаrb ekologik mаsаlаlаrdаn birigа аylаnib bormoqdа. tаhlillаr koʼrsаtmoqdаki, soʼnggi yillаrdа mаishiy vа sаnoаt chiqindilаri yildаn yilgа koʼpаyib borаyapti. аyniqsа, xx аsrning ikkinchi yarmidаn boshlаb mаishiy chiqindilаr hаjmining oʼsishi ekologik bаrqаrorlikkа judа kаttа sаlbiy tаъsir koʼrsаtа boshlаdi.Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qattiq maishiy chiqindilar aholi jon boshiga har yili 1 foizga oshmoqda. hozirgi kunda chiqindilarning 800 dan ortiq turi qayd etilgan boʼlib, ular sonining kelgusida yanada ortishi bashorat qilinmoqda. energetika, rangli va qora metallurgiya, kimyo sanoati va qurilish industriyasi obʼektlari chiqindi hosil qiluvchi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy manbalar hisoblanadi.Tahlillarga koʼra, soʼnggi yillarda respublikamizda yiliga 100 million tonnadan ortiq sanoat chiqindisi (uning 14 foizi toksik chiqindilar toifasiga mansub), 35 million tonnaga yaqin maishiy chiqindi hosil boʼladi. chiqindixonalar va chiqindi saqlash omborxonalarida 2 milliard tonnaga yaqin sanoat, qurilish va maishiy chiqindi saqlanayotgani hamda ular 12 ming gektar maydonni egallab turganini inobatga olsak, chiqindilarning salbiy taʼsirini tasavvur etish qiyin emas. аytish joizki, atrof-muhitni ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilaridan muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik toza texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish muammolari bilan uzviy bogʼliqdir. koʼp asrlar davomida chiqindilarni notoʼgʼri boshqarish tabiiy resurslarning oʼzgarishiga, tabiatning kutilmagan oʼzgarishlariga sabab boʼlmoqda.Tibbiyot chiqindilari atrof-muhit va uning deyarli barcha elementlari — suv, havo, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanishi sababli aholi orasida nafaqat toʼgʼridan-toʼgʼri, balki, bilvosita infektsion va noinfektsion kasalliklarning tarqalishi xavfini tugʼdiradi. shuning uchun mazkur muammoga jiddiy yondashish taqozo etilmoqda, shuni taʼkidlash joizki, bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qiladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdordagi energiya va energiya tashuvchilarni ishlab chiqarish mumkin. mutaxassislarning taʼkidlashicha, maishiy chiqindilar butun dunyoda arzon xomashyo hisoblanadi.Rivojlangan mamlakatlar tajribasi uning 85 foizini qayta ishlash mumkinligini koʼrsatmoqda.

Download 30,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish