Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik boshqa dinlarga teng dindir degan farmon chiqardi. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilish imkonini berdi.
TARIXIY ATAMALAR LUG‘ATI
Avstralopitek – eng qadimgi odam turi.
Agora – Qadimgi Yunoniston shaharlarida xalq yig‘ilish joyi, markaziy maydon.
Akveduk – Rim davrida shaharga suv keltirish uchun qurilgan va ustida arig‘i bo‘lgan baland ko‘prik.
Altamir – Ispaniyadagi so‘nggi paleolitga oid qoyatosh rasmlari topilgan g‘or.
Amfiteatr – sahna atrofida tomoshabinlar o‘tirishiga mo‘ljallangan qurilmalar bilan qurshalgan tomsiz katta inshoot.
Animizm – insonni qurshab turgan muhitda jonlar va ruhlarning mavjudligiga ishonch. Lotincha «anima» so‘zi «jon», «ruh» tushunchalarini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |