Epigrafika, tangalarni o‘rganish bilan esa numizmatika



Download 0,98 Mb.
bet47/86
Sana08.02.2022
Hajmi0,98 Mb.
#437827
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86
Bog'liq
6-SINF TARIX QO\'LLANMA KITOB

Mil. avv. 337-yilda Spartadan tashqari barcha yunon shahar-davlatlarining vakillari Korinfga yig‘ildilar va Makedoniya hokimiyati ostida forslarga qarshi yurish maqsadida yunon shaharlari ittifoqini tuzdilar. Ular murosada tinch-totuv yashash, o‘zaro urushlar olib bormaslik va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik to‘g‘risida bir qarorga keldilar. Biroq Filipp II forslarga qarshi yurishini amalga oshira olmasdan vafot etdi. Uning o‘g‘li Makedoniyalik Aleksandr hukmdor bo‘ldi.
_________________________________________________________________

27-§. Fuqaro tarbiyasi


Yunonlar maktablarida faol fuqarolar, davlat himoyachilarini tarbiyalanishi lozim edi. Sportni rivojlantirish va Olimpiya o‘yinlariga qiziqish ham shunga xizmat qilgan. Bolalikdanoq o‘g‘il bolalarga she’riyat va musiqaga muhabbat hissi singdirilardi.

Arslonni yenggan Gerakl haykaliga nazar tashlaymiz. Qadimgi yunon haykaltaroshi Geraklni barvasta pahlavon sifatida tasvirlagan. Orqa oyoqlarida turib olgan bahaybat arslon esa Geraklning yelkasidan ham kelmaydi. Ammo nega Gerakl libossiz tasvirlangan? Bu qadimgi yunon tasviriy san’atining o‘ziga xos jihatlaridan biridir. Haykaltarosh nazarida Geraklning kuch-qudratini ko‘rsatish muhim bo‘lgan. Haykaltarosh bahodirni kiyimda tasvirlasa, uning arslonni yengayotgan qudratli mushak va changallari, mashq ko‘rgan tanasining go‘zalligini his etmagan bo‘lardik.


Umumiy ta’limdan tashqari, yigitlar ikki yil harbiy ta’lim ham olishgan. Birinchi yili ular uylarida yashar va safda yurish, qurol taqib yurish, ochlik va sovuqqa chidamli bo‘lishni o‘rganishardi. Ikkinchi yili esa ayrimlari Attika chegara qal’alarida harbiy xizmatni o‘tashar, boshqalari Pirey bandargohida dengizchilik san’ati asoslarini o‘rganishar edi.
Mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda 30 yoshga to‘lmagan erkaklarning barchasi qurol-yarog‘lari va harbiy kiyim-kechaklari bilan ko‘rikka yetib kelishi shart bo‘lgan. So‘ngra ular o‘z xudolari, jonajon kulbasi va mamlakati uchun janglarga kirishgan. Vatanga muhabbat har bir fuqaroning fidoyiligi va jasorati hisoblangan.
Sport barcha yunonlar uchun sevimli mashg‘ulot bo‘lgan edi. Mil. avv. 776-yilda ilk bor Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan. Ana shu sanadan boshlab har to‘rt yilda bir marta Olimp tog‘ida muqaddas olov Quyosh nurlaridan yondirilib, Yunonistonning to‘rt tarafidan kelgan sportchilar beshkurashda bellashar edi
Beshkurash esa uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugurish va kurashdan iborat bo‘lgan. Otchoparda aravalarda va otlarda poyga uyushtirilar edi. Odamlar va sportchilar Olimpiyaga eson-omon yetib kelishlari uchun o‘yinlar o‘tkazilayotgan paytda urushlar to‘xtatilgan. Yunonistondagi Olimpiya o‘yinlari Olimp xudosi Zevs sharafiga bag‘ishlab o‘tkazilgan. Afsonalarga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlari asoschisi Gerakl hisoblangan. Olimpiya o‘yinlarida faqat jinoyat sodir etmagan, sha’niga dog‘ tushirmagan ozod yunon ishtirok etishi mumkin bo‘lgan.
Musobaqalarda uch karra g‘alaba qozongan sportchi Olimp tog‘ida o‘z haykalini o‘rnattirishga haqli bo‘lgan. Yunonlar yil hisobini ham Olimpiya o‘yinlariga qarab yuritganlar. G‘oliblar muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to‘qilgan gulchambar bilan taqdirlanganlar.
Xristian dini tarqalishi natijasida xudo Zevs sharafi ga bag‘ishlangan Olimpiya o‘yinlari man qilinadi. Mil. 394-yilda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida Olimpiya o‘yin maydoni vayron bo‘lib, qadimgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish butunlay to‘xtab qoladi.
Nihoyat, 1896-yilda Olimpiya o‘yinlari qayta tiklandi. Olimpiya o‘yinlari ochiladigan kunda qadimgi mash’ala yoqish odati hozirgacha saqlanib qolgan. Quyosh nurlaridan yondirilgan mash’ala Olimpiya musobaqalari o‘tkaziladigan joyga keltiriladi.




28-§. Qadimgi Yunoniston madaniyati

Yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga mo‘l-ko‘l o‘lja ilinjida urush boshlaganlar. Biroq yunon rivoyatlari boshqa bir sababni ham bayon qiladi. Eng chiroyli ayol Sparta podshosining rafiqasi Sohibjamol Yelena edi. Troya podshosining o‘g‘li Paris Sparta podshosinikiga keladi va Sohibjamol Yelenani Troyaga o‘g‘irlab ketadi. Voqeadan xabar topgan Sparta podshosi Parisdan qasos olishga ahd qiladi va barcha yunonlarni Troya bilan urushga chaqiradi. Yunonlar to‘qqiz yil Troyani behuda qamal qiladilar.


Qadimgi yunon shoiri Gomer «Iliada» va «Odisseya» poemalarini yozdi. «Iliada» ana shu urushning oxirgi, o‘ninchi yili haqida hikoya qiladi. Odisseyning maslahati bilan yunonlar ayyorlikni ishga soladilar: ichi bo‘m-bo‘sh ulkan yog‘och ot yasashadi. Ana shu yog‘och ot ichiga yunon qo‘shinlarining bir qismi yashiringan, qo‘shinning boshqa bir qismi esa yaqindagi orollardan biriga o‘rnashib olgan edi. Troyaliklar yunonlar qamal qilishni to‘xtatishdi va Troya homiysi Afina Palladaga xush kelishi uchun bizga ot sovg‘a qilibdi, degan xulosaga kelib, yo‘g‘och otni shaharga olib kiradilar. Kechasi otning ichidan chiqqan jangchilar darvozalarni ochadilar va Troya bosib olinadi. Hozirgi tillarda «Troya oti» iborasi xosiyatsiz sovg‘a-salom ma’nosini anglatadi.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish