Epigrafika, tangalarni o‘rganish bilan esa numizmatika



Download 0,98 Mb.
bet55/86
Sana08.02.2022
Hajmi0,98 Mb.
#437827
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86
Bog'liq
6-SINF TARIX QO\'LLANMA KITOB

Mil. avv. 329-yilda Makedoniyalik Aleksandr qo‘shinlari Oks – Amudaryodan o‘tib oldilar. Qo‘shinlar yurishlari yo‘nalishida esa Nautaka (Qashqadaryo vohasining sharqiy qismi) va Maroqanda shahri (Samarqand) turar edi.
Miloddan avvalgi 329-yilda yunon-makedonlar Maroqandani egalladi. Aleksandr qo‘shinlarning bir qismini shu yerda qoldirib, o‘zi Kurushkat (Kiropolis) shahrini bosib olish uchun asosiy kuchlar bilan Sirdaryo qirg‘oqlari sari yurdi. Rivoyatga ko‘ra, bu shaharga fors shohi Kir II asos solgan ekan.
So‘g‘diyona xalqi bosqinchilarga qarshi kurashga chiqadi. Tez orada so‘g‘diylarga baqtriyaliklar va saklar qo‘shiladilar. Qo‘zg‘olonga iste’dodli tashkilotchi va harbiy yo‘lboshchi Spitaman boshchilik qiladi.

Ancha qo‘shin to‘plagan Spitamаn Maroqandani qamal qildi. Aleksandr qamalda qolganlarga yordamga uch mingga yaqin jangchidan iborat qo‘shin jo‘natadi. Qadimda «Politimet» deb atalgan Zarafshon daryosi bo‘yida makedonlarga pistirma qo‘ygan Spitaman dushman guruhini tamomila qirib tashlaydi.


Shunda Aleksandrning o‘zi qo‘zg‘olonni bostirishga otlanadi. Yunonlarning katta kuchlari yaqinlashib kelayotganidan xabar topgan Spitaman qamalni to‘xtatadi va o‘z qo‘shinlarini sahro sari boshlab ketadi.
Saklarga qarshi kurash uchun Aleksandr Sirdaryo bo‘yida, Xo‘jand yaqinida qal’a barpo etish to‘g‘risida buyruq beradi. Bu qal’a Aleksandriya Esxata (Chekka Aleksandriya) deb ataldi.
Aleksandr Maroqandada maxsus harbiy qo‘shin qoldirib, asosiy qo‘shinlari bilan qishlash uchun Zariasp (Baqtra)ga jo‘nadi. O‘sha yilning bahorida Aleksandr qo‘zg‘olonni bostirish chorasini ko‘radi. O‘z lashkarlarini uch qismga bo‘lib, So‘g‘diyonani u boshidan bu boshigacha kezib chiqadi va tinch aholini qirib tashlaydi. Mil. avv. 328-yil kuzida Spitamanning Aleksandr bilan hal qiluvchi jangi bo‘lib o‘tadi. Kuchlar teng bo‘lmaganidan Spitaman yengilib, yana cho‘lga chekinadi. O‘sha yerda u xoinlarcha o‘ldiriladi.

Spitamanning o‘limi so‘g‘diylar va baqtriyaliklar irodasini buka olmadi. Aleksandr so‘g‘d zodagonlari – Xoriyen va Oksiartning Hisor tog‘larida joylashgan qal’alarini qo‘lga kiritib, Oksiartning qizi Ravshanakka uylanadi. Shunday qilib, Makedoniyalik Aleksandr e’tiborli so‘g‘d zodagonlaridan biri bilan qarindosh tutinadi.


O‘rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil urindi, biroq uncha katta bo‘lmagan hududni: Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona, hozirgi Bekobod va Xo‘jand orasida Sirdaryo bo‘ylarini bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi, xolos. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg‘ona mustaqilligicha qoldi.
Yunon-makedon qo‘shinlarining bosqinchlik yurishlari O‘rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi, ko‘plab shaharlar vayron etildi.

Yunon tarixchilarining yozishicha, Makedoniyalik Aleksandr O‘rta Osiyoda bir nechta shaharlar qurdirgan. Bu shaharlar uning nomi bilan Oksdagi Aleksandriya, Aleksandriya Esxata, Marg‘iyona Aleksandriyasi va hokazo tarzida atalgan.


Ularning ba’zilari vayron etilgan So‘g‘diyona va Baqtriya shaharlari o‘rnida, boshqalari esa tayanch qal’alar sifatida yangidan qurilgan. Bu shaharlarda yunon-makedonlarning piyoda va otliq askarlari joylashtirilgan. Bu askarlarning siyraklashgan saflari Makedoniya tartibida qurollantirilgan Baqtriya va So‘g‘diyona yoshlari hisobiga to‘ldiriladi.
Bora-bora hunarmandchilik va savdo qayta tiklandi. Mahalliy va yunon madaniyatlari an’analarining qo‘shilishi yuz berdi. Shu asosda Salavkiylar, Yunon-Baqtriya va Parfiya singari antik davlatlar vujudga keldi

_________________________________________________________________





33-§. Salavkiylar davlati va Yunon-Baqtriya podsholigi



Salavkiylar davlati



Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish