Epigrafika, tangalarni o‘rganish bilan esa numizmatika


Qadimgi va O‘rta podsholiklar



Download 0,98 Mb.
bet13/86
Sana08.02.2022
Hajmi0,98 Mb.
#437827
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86
Bog'liq
6-SINF TARIX QO\'LLANMA KITOB

Qadimgi va O‘rta podsholiklar davrida misrliklar barpo etgan ulkan piramidalar, (fir’avnlar dafn etiladigan joy) – maqbaralar bo‘lgan. O‘tgan ming yilliklar davomida ko‘pdan ko‘p shaharlar va davlatlar yo‘q bo‘lib ketdi, ibodatxonalar va saroylar xarobaga aylandi. Faqat piramidalar vaqtdan qo‘rqmaydi. Faqat piramidalargina to‘rt ming yildan oshiq vaqt davomida o‘zgarmasdan turibdi.

Eng mashhur piramidalar Memfis shahri yaqinida uch fir’avn – Xufu, Xafra va Menkaura uchun bunyod etilgan. Bu piramidalar jahonning yetti mo‘jizasidan biri bo‘lib, ular hozirga qadar saqlanib qolgan birdan-bir inshootlardir. Eng katta piramida Xufu uchun (yunonlar uni Xeops deb atashgan) mil. avv. 2600-yil atrofida qurilgan. Uning balandligi 147 metr bo‘lgan. Piramidalar qurilishi uchun toshlar Nil daryosining o‘ng sohilidagi yassi tog‘lardan olib kelingan.


Piramida har biri ikki tonnadan og‘irroq bo‘lgan 2,5 million dona tosh bo‘laklaridan tashkil topgan. Piramida ichida dahliz bilan tutashtirilgan bir qancha xonalardan iborat bo‘lgan. Ulardan birida fir’avnning mumiyolangan jasadi solingan toshtobut – sarkofag joylashgan.

Daxmalar ichi devorlari esa munojotlar va qarg‘ishlardan iborat bitiklar bilan qoplangan. Ular fir’avnni himoya qilishi va o‘zga hayotga o‘tayotganida unga yordam berishi nazarda tutilgan.


Piramidalarni sfinkstanasi sherniki va boshi odamniki bo‘lgan ulkan haykal qo‘riqlaydi. «Sahro shohi» – sfinks haykali toshdan ishlangan bo‘lib, uning balandligi 20 metrga teng. Yangi podsholik davriga kelib ehrom qurmay qo‘yishdi. Fir’avnlarni tog‘larga o‘yilgan tosh maqbaralarga dafn etadigan bo‘lishdi. Eng mashhur maqbara fir’avn Tutanxamonga tegishli bo‘lgan. Maqbara ichidagi tasavvurga sig‘maydigan boyliklar bizga qadar yetib kelgan.
Qadimgi misrliklar inson vafot etganidan keyin marhumlar saltanatiga ketadi, o‘sha yerda umrini davom ettiradi, deb hisoblashgan. Ammo marhumlar saltanatidagi hayot, misrliklar fikricha, Osiris sudining natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Tarozining bir pallasiga marhumning yuragi, boshqasiga esa qush patlari qo‘yiladi. Mabodo tarozi pallalari tenglashsa, demak inson bu dunyodagi hayotida faqat ezgu ishlar qilgan bo‘ladi, u vafot etganidan keyin ajoyib bir sharoitda umrini davom ettiradi. Yurak og‘irroq kelsa, inson bir talay yomon ishlarni qilgan bo‘lib chiqadi va badbashara maxluqlarga yemish bo‘ladi.
Osiris qarshisida go‘zal qiyofada qad rostlash uchun misrliklar inson jasadini mumiyolashgan. Mumiyolash bilan tibbiy bilimlarga ega kohinlar shug‘ullanishgan. Odatda mumiyolash qariyb 70 kun davom etgan. Jasadga maxsus ishlov berilganidan keyin ko‘pdan-ko‘p matolar bilan o‘rab chirmashgan, qimmatbaho taqinchoqlar bilan bezashgan. Matolar qati orasiga omad keltiruvchi tumorlar qo‘yilgan. Mumiyolash faqat marhumning izida qolgan boy-badavlat qarindoshlarga nasib etgan.



10-§. Qadimgi Misr madaniyati

Qadimgi misrliklar yozuvi insoniyatning ilk yozuvlaridan biri edi. Avvaliga har bir so‘z rasm ko‘rinishida yozilgan. Yozuvdan duolar va marosimlarni yozib borishda foydalanishgan. Shuning uchun ham uni «muqaddas» yoki «xudolar kalomi» deb nomlashgan. Qadimgi yunonlar ularni «iyerogliflar» deyishgan («toshga chekilgan muqaddas bitiklar» ma’nosini anglatadi). Yozuvlar maqbaralarning devorlariga va xudolar haykallariga o‘yib yozilgan. Yozuv uchun tosh va sopoldan ham foydalanilgan.


Misrliklar alifbosi 750 iyeroglifdan iborat bo‘lgan. Har bir so‘z o‘zida bir qancha ramzlar va timsollarni ifoda etgan. Iyerogliflarni o‘rganish ancha qiyin ish bo‘lib, savod chiqarish ko‘pchilikka ham nasib etavermagan. Iyerogliflarni qamish qilqalam bilan papirusga, ya’ni papirus poyasidan ishlangan qog‘ozga
yozishgan. Turli rangdagi mineral bo‘yoqlar siyoh vazifasini o‘tagan. Ta’lim olayotganda sopol buyumlar parchasiga yoki ohaktoshga yozishgan. Husnixat san’atini egallagan kishilar yuksak saviyadagi ma’lumotli va savodxon kishilar sanalganlar, ular katta imtiyozlarga ega bo‘lib, izzat-hurmatda bo‘lganlar.

Taniqli fransuz olimi Jak-Fransua Shampolyon 1822-yilda jahonshumul ahamiyatga molik kashfiyot qildi: u birinchi bo‘lib Misr matnlarini o‘qishga erishdi. Bu kashfiyotga Qohira shahridan uncha uzoq bo‘lmagan Rozett shahri yaqinidagi bir toshga chekilgan qadimgi Misr va qadimgi yunon tillaridagi bir xil ma’nodagi bitik sabab bo‘ldi. Yunon tilidan tarjima qilish qiyinchilik tug‘dirmadi, matnlarni taqqoslab ko‘rib, har bir iyeroglif anglatgan ma’noni tushuntirib berish imkoni topildi.


Ana shu kashfiyotdan keyin papiruslarga bitilgan ko‘plab matnlar, ibodatxonalar va piramidalar devorlaridagi bitiklar ko‘p asrlik jimjitlikdan so‘ng «tilga kirdi». Tarixchilar esa Qadimgi Misr sivilizatsiyasini o‘rganish uchun muhim va ishonchli manbaga ega bo‘lishdi.
Bugungi kunda Rozett bitiktoshi Londondagi Britaniya muzeyida saqlanmoqda.

Misrda nazariy bilimlarning bilimlarning dunyoga kelishi va rivoj topishi misrliklarning kundalik hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan. Ziroatchilar qachon urug‘likni yerga qadash, qay mahalda hosilni yig‘ishtirib olishni bilishi zarur edi. Bu muddatlarni misrliklar yulduzlarga qarab aniqlaganlar. Shu tariqa, astronomiya, ya’ni yulduzlar haqidagi fan dunyoga keldi. Yulduzlarni kuzata turib misrliklar yil davomiyligini 365 kun etib aniq-raso belgiladilar, birinchi bo‘lib taqvim tuzdilar, 365 kunni esa 30 kundan 12 oyga taqsimladilar, ortib qolgan 5 kunni bayram kunlari sanab, hisobga kiritishmadi.


Anhorlar qazilayotganda, istalgan imorat va inshootni barpo etayotganda maydon hajmini o‘lchash zarur edi, shu tariqa geometriya fani – yer yuzasini o‘lchash ilmi dunyoga keldi. Misrliklar nafaqat oddiy arifmetik hisoblashni, qolaversa kasrlar, maxrajlar va murakkab hisob-kitoblarni ham bilishgan. Matematika fani ana shu asosda taraqqiy etdi.
Misrda asosiy o‘lchov birligi «tirsak» bo‘lib, u tirsakdan barmoqlar uchigacha bo‘lgan uzunlikka teng edi. Qo‘llar uzunligi turlicha bo‘lgani sababli «podsho tirsagi» degan yagona o‘lchov joriy etilgan, u 52,5 santimetrga teng bo‘lgan. Bundan ham qisqa uzunliklarni o‘lchashda kaft yoki barmoqlardan foydalanilgan.
Misrda vaqt 24 ta bo‘lmaga ajratilgan maxsus idishdan iborat bo‘lgan suv soatlari yordamida o‘lchangan. Bir bo‘lmadan ikkinchisiga oqib o‘tadigan suvning hajmi bir soat deb hisoblangan.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish