Mil. avv. IX–VIII asr boshlarida Urartu davlati gullab-yashnadi. Tushpa shahri Urartu davlati poytaxtiga aylanadi. Urartlar bir necha bosqinchilik yurishlariga chiqadilar va ossuriyaliklar ustidan g‘alaba qozonadilar. Ammo keyinroq ossuriyaliklarning qo‘shinlari urartlarni tor-mor etib tashladi. Teyshebaini
shahridagi qal’a ishg‘ol etildi va vayron qilib tashlandi. Shundan keyin Urartu podsholigi ancha zaiflashib qoldi.
Finikiya va Falastin
Qadim zamonlarda Finikiya O‘rtayer dengizining sharqiy qirg‘og‘i bo‘ylab hozirgi Livan hududida va Suriyaning bir qismida joylashgan. Savdo-sotiq finikiyaliklarning asosiy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Finikiyaliklar qo‘shnilariga yog‘och, metallar va gazlamalar sotardilar. O‘rtayer dengizi sohilida Tir, Sidon, Ugarit singari yirik dengiz bo‘yi shaharlari vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |