Yo‘lda asta-sekin eriydi va shu tufayli u
ba’zan to'ntariladi. Uzunligi 1—2 kilometrli,
kengligi yarim kilometrli mayda va uzunligi bir
necha o‘n kilometr, balandligi esa 100 metr
dan oshadigan yirik aysberglar bor.
Aysberglar vatani - Arktika va Antarktida
muzliklari.
Okeanda aysberglarga
duch kelish juda
xavfli, chunki uning suv ostidagi qismi
ko'rinmaydi (odatda, aysbergning suv os
tidagi qismi suv ustidagi qismidan beni-
hoya katta bo'ladi). 1912-yilda yo'lovchi-
sayohatchilarni tashiydigan ulkan «Titanik»
kemasi Atlantika okeanida bora turib, tu-
manda aysbergga urilgan va g‘arq bolgan.
Bu 20-asr boshida dengizda sodir bo‘lgan
eng katta fojia hisoblanadi, 1997-yil oxirida
amerikalik rejissyor Deyms Kameron ning
yangi «Titanik» filmi jahondagi ko‘p mam-
lakatlar kinoekraniga chiqdi. Bu ulkan ha-
lokat kema qatnovida aysberglarga nisba
tan doim hushyor bo'lishga chaqiradi.
AQSHning Memfis shahrida «Titanik» xoti
ra muzeyi barpo qilingan.
Biroq olimlarning taxminicha, aysberglar
kishilarga foyda keltirishi ham mumkin. Axir
sayyoramizda
toza chuchuk suv tanqisligi
tobora kuchliroq sezilmoqda. Aysberglar
esa xuddi shunday suv manbaidir. Olimlar
aysberglarni shatakka olib, yirik shaharlar
gavaniga keltirish va u yerda aysbergga
«langar tashlash» mumkin emasmikan, de
gan mulohaza ustida fikr yuritishmoqda.
Aysberglar suvi bilan millionlab kishilarning
suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirsa bo'ladi.
To'g'ri, bu hozircha mo'ljal, xolos.
AZOT
Bundan taxminan ikki yuz yil aw al olim
lar atmosferada nafas olish uchun yaroqsiz
va yonmaydigan gaz borligini kashf etish-
gan. Atmosfera havosining deyarli 4/5 qismi
mana shu gazdan iborat. Yangi kashf etil
gan gaz «azot» deb ataldi.
Yunonchadan
ta rjim a q ilin g a n d a « h a yo tsiz» degan
m a’noni anglatadi. Oddiy laboratoriya
sharoitida azot boshqa elementlar bilan biri-
kishni «xohlamagan». Lekin tez orada azot-
ning tabiatda ko'pincha boshqa moddalar
bilan birikkan holda uchrashi, masalan, un
ing selitra tarkibida bo'lishi aniqlandi. Sel-
itrani odamlar qadimdan bilishgan va undan
dehqonchilikda o'g'it sifatida foydalanish-
gan. Azotning lotincha nomi — «nitrogeni-
um» «selitra hosil qiluvchi» ma’nosini bildi-
rishi ham shundan.
Atmosferadagi azot boshqa moddalar bi
lan qanday qilib birikar ekan?
Birinchidan,
bu hodisa momaqaldiroq
paytida yuz beradi. Yashin bir necha da-
qiqada havoning haroratini shu daraja
oshirib yuboradiki, chaqmoq chaqqan joy-
dagi azot molekulalari shiddatli ravishda
kislorod, vodorod va boshqa element mole
kulalari bilan birika boshlaydi. Yomg'ir esa
bu birikmalarni eritib, birgalikda yerga olib
tushadi.
Ikkinchidan, azotning boshqa moddalar
bilan birikishi tuproqda yashaydigan «azot
to'plovchi» bakteriyalarning ayrim turlari tu
fayli sodir bo'ladi; bu tabiatda ham birikish-
ning a so siy y o 'li h is o b la n a d i.
A zot
to'plovchi bakteriyalar o'simliklar va hayvon-
lardan farqli ravishda, azotni to'g'ridan-
to'g'ri havodan yutib oladi va ularning orga-
nizmida azot boshqa moddalar bilan birika-
di. Shu tarzda azot tuproqda to'plana bora
di. Azot oqsil moddalari tarkibiga kiradi.
Oqsil esa bakteriyalar, o'simliklar, hayvon
lar va, nihoyat, odam kabi barcha tirik mav-
judotning asosidir. Demak, azotsiz Yerda
hayot ham bo'lmagan bo'lardi.
O'simliklar tuproqdan azot birikmalariga
boy bo'lgan oziq moddalarni olib,
quyosh
nuri yordamida shu moddalardan yangi hu
jayralar hosil qiladi.
O'txo'r hayvonlar o'zining hayot faoliyati
uchun zarur bo'lgan azotni o't va yaproqlar-
dan oladi. Yirtqich hayvonlar esa o'txo'r
hayvonlar go'shtini yeb, shu orqali o'ziga
kerakli azotga ega bo'ladi.
Hayvon yoki o'simlik nobud bo'lganida
azot yana tuproqqa qaytadi va bu hodisa shu
www.ziyouz.com kutubxonasi