Енгил атлетика маш=лари техникаси



Download 62 Kb.
bet1/2
Sana15.01.2022
Hajmi62 Kb.
#366196
  1   2
Bog'liq
Zamonaviy sog`lomashtirish tizimlari


Zamonaviy sog`lomashtirish tizimlari
Reja:
1. Harakat - sog’lom turmush tarzining asosiy omili.

2. O`quvchi-talabalarni jismoniy tarbiya darsida sog`liq guruhlariga ajratish.

3. Maktab o`quvchilari bajaradigan jismoniy tarbiya mashg`ulotlari

4. Bolalarni tana tuzilishiga qarab sport turlarini tavsiya etish.

5. Bolalarni yoshiga qarab sport turlarini tavsiya etish.

6. Maktab va o`quv yurtlarida jismoniy tarbiya mashg`ulotlari o`tkaziladigan joylarga gigiyenik talablar.

“Harakatlanish shunday muhimki, o’zining ta’siri bilan har qanday omillarni almashtira oladi, lekin dunyoning barcha davolash omillari harakatlanish o’rnini qoplay olmaydi”, deb yozgan Italiyaning mashhur shoiri Torkvato Tasso.

Odam tanasidagi 600 ta muskullarning har biri yurakning o’ziga xos ko’makchisi hisoblanadi: Muskullar qisqarganida ulardagi mayda qon tomir (kapillyar)lardagi qon yirik vena qon tomirlariga o’tadi va yurakka quyiladi. Demak, harakatlanish birinchidan yurak va tomirlarda qonning harakatlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi; ikkinchidan tana muskullari va yurak muskulining muntazam harakatlanishi (qisqarib – bo’shashib turishi) natijasida ularning tolalari yo’g’onlashib, qisqarish kuchi oshadi.

Shu bois, Frantsiyaning taniqli olimi Pomork «Harakatlanish odam tanasini quradi», degan fikrni bildirgan.

Piyoda yurish harakatlanish faolligining eng oddiy va hamma uchun qulay vositasidir. Dastlabki paytda bir kundagi masofa 1,5-2 km, bir oydan keyin – 2,5-4 km, asta-sekin 10-12 km ga yetkazish mumkin.

Yurish tezligi avvaliga bir minutda 70-80 qadam, asta-sekin 100-110 qadamga yetkaziladi. Bu soatiga 5-6 km tezlikka to’g’ri keladi.

Yurish mashqida o’z-o’zini nazorat qilib turish zarur. Buning uchun yurishni to’xtatish bilanoq tomir tezligi aniqlanadi. Buning uchun tomir urishini 15 sekund sanab 4 ga ko’paytiriladi. Bir minutda 120 tadan ko’p bo’lsa va 10 minut dam olgandan keyin 70-80 martagacha sekinlashmasa, masofa va yurish tezligi yurakka og’irlik qilgani ma’lum bo’ladi. Demak, ertasi kun masofa qisqartirilishi va yurish tezligi sekinlashtirilishi kerak.

Yurish mashqida poyabzal poshnasi 3 sm dan baland bo’lmasin. Poyabzal ichiga qalin patak qo’yilishi kerak.

Yugurish mashqi bilan shug’ullanish shifokor maslahati bilan sog’lom odamgagina tavsiya etiladi. Dastlabki kunlar 50-100 metr masofani yurib o’tgach, 20-30-50 metrga yugurish, so’ngra yana 20-30-50 metr masofani yurib o’tgach, yana shu masofaga yugurish. Ikki hafta davomida asta-sekin yurish masofasi qisqartirilib, yugurish masofasi uzaytirilib boriladi. Ikki-uch haftadan keyin, odam o’zini yaxshi his etsa, yugurish mashqi bilan uzluksiz shug’ullanish mumkin.

Mashq boshida yugurish vaqti 10, 15, 20 minut, yugurish tezligi bir minutda 120 qadam, keyingi kunlarda 160-180 qadamga yetkaziladi.

Yugurish texnikasi. Yugurganda gavdani tik tutib, boshni tik tutib, 10-15 metr oldinga qarash, gavda tik tutilishi, qo’llar tirsak bo’g’imida 90º burchak hosil qilib bukilishi, panjalar erkin, yozilgan bo’lishi kerak.

Yugurish paytida qadam tashlashda avval oyoq kaftining oldingi qismi, keyin tovon qismi yerga qo’yiladi.

Yugurish vaqti. Ertalab yugurganda uyqudan keyin odam tetiklashadi va bugungi ish maromiga moslashadi.

Ertalabki badantarbiya mashqini me’yorida bajargan odam yugurish mashqini kechki ovqat oldidan yoki ovqatdan 1-2 soat o’tgach bajarsa yaxshi bo’ladi.

Eslatish lozimki, yugurishdan keyin tomir urishi soni bir minutda 140 martadan oshmasligi kerak. SHuningdek, yugurish to’xtatilib, 10 minut dam olgandan keyin, tomir urishi bir minutda 90 martagacha sekinlashishi kerak. Agar yugurish to’xtaganda tomir urishi 140 martadan tez bo’lsa, u 10 minut dam olgandan keyin 90 gacha sekinlashmasa, ertagi kun, yugurish masofasi va tezligini biroz kamaytirishga to’g’ri keladi.

Yugurish paytida faqat burun orqali nafas olish lozim. Nafas chiqarish esa burun va og’iz orqali bo’lishi mumkin.

Yugurish paytida nafas olishning tezlashuvi, nafas qisishi, oyoq muskullarining kuchsizlanishi, qadamning tobora qisqarishi, ter bosishi kabi belgilar charchaganlikni ko’rsatadi va yugurish to’xtatilishini taqoza qiladi.

Harakatlanishni faollashtirishga axd qilgan odam mashqlarning o’ziga qulay bo’lganlari bilan shug’ullanishi mumkin.Masalan, piyoda yurish, yugurish, velosipedda yurish, shuningdek, mutaxassislarning maslahati bilan “Sog’liq guruhlari”da shug’ullanishi mumkin.

Sog’liq - har bir odam, jamiyat, mamlakatning bebaho boyligi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining rasmiy hujjatlarida odam sog’lig’i 100 foiz deb qabul qilinadigan bo’lsa, uning 20 foizi naslga, 20 foizi tashqi muhit sharoitiga, 10 foizi tibbiyotga va nihoyat 50 foizi turmush tarziga bog’liqligi haqida ma’lumot berilgan. Demak, sog’liqning asosiy qismi har bir odamning turmush tarziga bog’liq. Sog’lom turmush tarzining asosiy qismini harakatlanish faolligi tashkil etadi.

Italiyaning jahonga tanilgan shoiri Torkvato Tasso shunday yozgan:

“Harakatlanish o’zining ta’siriga ko’ra har qanday davolash omillarining o’rnini qoplay oladi, ammo dunyoda ma’lum bo’lgan barcha davolash omillari birga qo’shilganda ham harakatlanish faolligining ijobiy ta’sirini almashtira olmaydi”.

Darhaqiqat, million yillar davomidagi evolyutsiya jarayonida ajdodlarimiz organizmi mashaqqatli jismoniy mehnatga, tinimsiz harakat qilishga moslashgan. Yirtqich hayvonlarga qarshi, tabiatning ayovsiz ta’siriga qarshi kurashda muskul kuchini to’liq safarbar qilish natijasidagina ajdodlarimiz o’zlarini himoyalay olganlar va tur sifatida saqlanib qolganlar.

Odamning biologik evolyutsiyasi taxminan yuz ming yil muqaddam nihoyasiga yetadi. Ammo, bu vaqt davomida odam tanasining anatomik tuzilishi deyarli o’zgarmagan. SHu bois, odam organizmi, yuz ming yil muqaddam bo’lganidek, hozir ham, doimiy jismoniy mehnatga, tinimsiz harakatlanishga moyil va shunga talabgor.

Fan va texnikaning rivojlanishi, ijtimoiy turmush sharoitining yaxshilanishi tufayli hozirgi davr odamlari faoliyatida, turmush jarayonida jismoniy mehnat hajmi keskin kamaydi. Sir emas, hozirgi kunda aksariyat erkaklar daraxt kesib o’tin yormaydi, yantoq chopmaydi, har kuzda uy tomini shuvamaydi, qishda tomdagi qorni kuramaydi. SHaharlik ayollarimiz suv tashib, qo’llarida kir yuvmaydilar, yantoq yoki g’o’zapoya yoqib non yopmaydilar. Piyoda yurish ham keskin kamaygan.

Jismoniy mehnat hajmining kamaygan o’rni harakatlanish faolligining ortishi bilan, ya’ni jismoniy madaniyat va sport mashg’ulotlari bilan to’ldirilishi lozimligi olimlar tomonidan allaqachonlar isbotlangan. Bu haqda ko’plab tavsiyanomalar yaratilganligiga qaramay, aksariyat odamlar kam harakatlanishni afzal ko’rib, o’z sog’liqlariga ziyon yetkazmoqdalar.

Ta’kidlash lozimki, sportchi, hatto Olimpiya chempioni ham, umumiy jismoniy mashg’ulotlar bilan muntazam shug’ullanishi kerak. Chunki, sportning har bir turida o’ziga xos standart mashg’ulotlarni bajarishga ko’proq e’tibor beriladi. Organizm uchun esa, har tomonlama jismoniy chiniqish talab etiladi.

Taniqli gerantolog olim, akademik Aleksandr Bogomoletsning fikriga ko’ra “Oqilona yashashning muhim omili – harakatlanish faolligidir. Tananing hamma to’qima – a’zolari muntazam ravishda faol harkatlanishi zarur. Harakatlanishning yetishmasligi tufayli to’qima-a’zolarda yangilanish, yosharish jarayoni buzilib, qarish – keksayish jarayoni tezlashadi”.

Sog’lom turmush tarzi qoidalarining, kattalarning kam harakatlanishidan tashqari buzilishining yana bir ko’rinishi shundan iboratki, chaqaloq tug’ruqxonadan uyga kelishi bilanoq, u bir necha qavat matolar bilan qimirlay olmaydigan darajada yo’rgaklanadi, beshikka yotqizib bir necha soatlab bog’lab qo’yiladi.

Vaholanki, chaqaloq tug’ma harakatlanish reflekslari bilan yorug’ dunyoga keladi. SHuning uchun ham u tug’ilgani zahoti qichqirib ovoz chiqaradi, qo’l-oyoqchalarini qimirlatib, harakat qiladi. Afsuski, uning ana shu tug’ma harakatlanish qobiliyatini saqlash va rivojlantirish zarurligiga buvilar va onalar e’tibor bermaydilar yoki bu haqda bilmaydilar.

Amerikalik olima M.Makgravning (1939 yil) ilmiy tadqiqotlaridan ma’lum bo’lishicha, chaqaloqda hatto suvda suzish harakatlarining tug’ma reflekslari bo’ladi. CHaqaloq bolaning suvda suzish harakatlari suvda suzuvchi sut emizuvchi hayvonlarning suzish harakatlariga juda o’xshash bo’lar ekan.

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko’ra odamda uchraydigan kasalliklarning turi o’n mingdan ko’proq. Ana shularning deyarli hammasida davolovchi jismoniy mashg’ulotlar qo’llanadi.

Ma’lumki, homiladorlik ayol organizmi uchun biologik jihatdan ham, jismoniy jihatdan ham katta yuk hisoblanadi. Tug’ish jarayonida ayol hayoti xavf-xatarda bo’ladi. Ayniqsa, homila bachadonda tug’ish yo’liga nisbatan normal, ya’ni boshi bilan yotishi o’rniga chanog’i, oyoqlari bilan, yoki ko’ndalang va qiyshiq vaziyatlarda yotganda tug’ish jarayoni yanada qiyinlashib, ayol va homila hayotiga bo’lgan xavf-xatar yanada ortadi. Bunday hollarda ona va bola hayotini saqlab qolish uchun “Kesarcha kesish” (“Kesarevo sechenie”) deb nomlangan operatsiya qilishga zaruriyat tug’iladi, ya’ni ayol qornini kesib, homila bachadondan olinadi. Keyingi yillarda homiladorlikning bunday g’ayri tabiiy kechishi tug’ish muddatidan bir-ikki oy avvalroq aniqlanganda, maxsus jismoniy mashg’ulotlar yordamida homilaning bachadonda tug’ish yo’liga nisbatan g’ayri tabiiy (nonormal) yotishini normal va ziyatga, ya’ni bosh tomoni bilan yotish vaziyatiga aylantirish imkoni tug’iladi.

Ayollarni ana shunday og’ir holatdan qutqazishda ham jismoniy mashg’ulotlar va harakatlanish faolligining foydali ta’siri amalda isbotlandi.Shunday qilib, yuqorida bayon etilgan jahon ilmiy manba’lari va bizning tadqiqotlarimiz natijasidan ko’rinib turibdiki, harakatlanish faolligi va jismoniy mashg’ulotlarning inson sog’lig’ini mustahkamlashdagi, hatto hayotini saqlab qolishdagi o’rni va roli nafaqat bolalar va o’smirlar, yigitlar va qizlar, o’rta va keksa yoshdagilar, balki ona qornidagi homila, endigina tug’ilgan chaqaloq, ko’krak yoshdagi bola uchun ham, umuman barkamol avlodni shakllantirish uchun ham beqiyosdir.

Shu bos, mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 15 fevral 46-sonli qaroriga muvofiq qabul qilingan “Sog’lom avlod” Davlat dasturining 3-bandida jismoniy tarbiya darslari va darsdan tashqari ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlarini keng mikyosda o’tkazilishi, hamda o’quvchi va talabalarga, umuman barcha aholiga, harakatlanish faolligining odam tanasidagi anatomik, biologik jarayonlarni yaxshilanishiga, sog’liqni mustahkamlanishiga, umrning uzayishiga, ish qobiliyatini oshishiga ijobiy ta’sir etishini ilmiy asosda tushuntirish, targ’ib qilish muhimligi ta’kidlangan.

Jismoniy tarbyaning o‘ziga xos uslubiy xususiyatlaridan biri shug‘ullanuvchilarning ayrim muskullari, muskul guruhlari, gavda qismlari a’zolri va 


umuman aytganda butun tana a’zolariga nisbatan turlicha ta’sir ko‘rsatish imkoniyati hisoblanadi.  Mashqlarning  maxsus  tanlanishi,  dastlabki  oraliq  va  oxirgi  xolatlarni o‘zgartirish  imkoniyati,  ularni  bajarishdagi  usullarning  o‘zaro  bog‘liqligining  o‘zi shug‘ullanuvchilar  organizmiga  maqsadga  muvofiq  ta’sir  ko‘rsatish  uchun  qulay sharoitlar yaratadi, ularda kerakli harakat mahorati va ko‘nikmalarini muvoffaqiyatli shakllantirish,  jismoniy  rivojlanishdagi  kamchiliklarni  bartaraf  etish,  maxsus jismoniy  sifatlarni  rivojlantirish,  gimnastik  harakatlar  tavsilotlari 

va  texnikasini takomillashtirishga imkon beradi. 


Ma’lum  didaktik  holatlarga  keng  asoslanish:engildan  qiyinga,  ma’lumdan 
noma’lumga,  oddiydan  murakkabga,  yaqindan  uzoqqa,  ya’ni  odam  jismoniy 
rivojlanishning  muhim  sharoitlaridan  biri  o‘rganilayotgan  mashqlarni  uzluksiz 
murakkablashtirish va ularni bajarishga bo‘lgan talabni oshirish va shu asosda uning jismoniy  takomillashuvida  yangi  sifat  va  son  siljishlariga  erishishni  amalga  oshirish imkoniyati. Odam xarakat vazifalarining muvoffaqiyatli rivojlanishi va takmillashuvimuayyan,  oddiy,  yaxshi  o‘zlashtirilgan  va  engil  bajariluvchi  harakatlardan  ancha qiyin va murakkablariga sekin-asta, uzluksiz o‘tishni ko‘zda tutadi. 
Ko‘pgina  jismoniy  tarbiya  mashqlarini  bajarishda  musiqa  jo‘rlgidan 
foydalanish:  jismoniy  mashqlar  tarkibidagi  xarakatlarni  ko‘rsatish,  ta’riflash, 
tushitirish  rasmlar  ko‘rinishida  tasvirlash  mumkin.  SHu  bilan  birga  xarakatning tezlik,  ravonlik,  shiddatlilik  kabi  juda  muhim  tavsilotlarini  o‘rgatish  musiqa 
yordamida muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiyaning uslubiy xususiyatlari o‘zaro bog‘liq va birbirini to‘ldirib turadi.  Ular  yordamida  jismoniy  tarbiyaning  sog‘lomlashtirish,  ilm  olish  va  tarbiya masalalari muvaffaqiyatli xal qilinadi. Jismoniy  tarbiya  va  sport  mashqlarining  turli-  tumanligi  va  ularning 
shug‘ullanuvchilarga  keng  ko‘lamli  ta’siri  sportning  ayrim,  nisbatan  mustaqil 
turlarining  rivojlanish  uchun  asos  bo‘lib  xizmat  qilgan.  Jismoniy  tarbiya  vositalari echishi  zarur  bo‘lgan  masalalarning  ko‘pligi,  mashqlarning  o‘ziga  xosligi  ularning 
shug‘ullanuvchilar  organizmiga  ta’siri  tabiati  mamlakatimizda  gimnastika  turlari tasnifini aniqlash va yuzaga keltirishga yordam beradi.  
Asosiy,  sog‘liqni  saqlashga  xizmat  qiluvchi  va  kuch  va  epchillikni  talab 
qiluvchi bazaviy sportni o‘z ichiga olgan umumrivojlantiruvchi turlar. 
1.  Gimnastika, engil atletika va sport uyinlar  birlatiruvchi sport turlari. 
2.  Ishlab-chiqarishdagi badantarbiya, xarbiy-amaliy va sport – amaliy, hamda 
davolash gimnastikasidan iborat amaliy turlar. 
Odamlarning  barkamol  jismoniy  rivojlanishi  va  takomillashuviga  umumiy 
maqsadli yo‘nalishni saqlagan holda rus gimnastikasi turlarini tasniflash amaliy ishda katta  pedagogik  va  sog‘lomlashtirish  va  gigiena  natijalariga  erishishga  yo

dam beradi. 


Jismoniy  tarbiya  va  sport  barkamol  jismoniy  rivojlanish,  sog‘liqni 
mustahkamlash, shug‘ullanuvchilar organizmini chiniqtirish, ularning ish qobiliyatini oshirish  va  xarakat  vazifalarini  takomillashtirish  masalalarini  hal  qilishda 
foydalaniladi.  

Jismoniy  tarbiya  va  sport  bolalar  (maktabgacha  va  maktab  yoshidagi)  va 


kattalar  mashg‘ulotlarida  keng  qo‘llanilmoqda.  SHug‘ullanuvchilarning  muayyan kontingenti  (bolalar,  kattalar  va  keksa  odamlar)ga  qarab  asosiy  jismoniy  tarbiya vazifalari,  mazmuni  va  mashg‘ulot  olib  borish  uslubiyati  ancha  farq  qiladi.  Asosiy mashg‘ulotlar deyarli barcha sog‘lom odamlar uchun jismoniy  yuklama kattaligi va yo‘nalishi  (faoliyati  qonuniyatlarini  egallash  va  odamning  harakat imkoniyatlarini baholash) jihatidan qulay va engilligi bilan tasniflanadi. 
Jismoniy  tarbiya  va  sport  maktabgacha  va  maktab  yoshidagi  bolalar  bilan 
jismoniy tarbiyaning maxsus darslarida va guruxdan tashqari mashg‘ulotlarda qaddiqomatni  to‘g‘ri  tutishni  shakllantirish  sog‘liqni  mustahkamlash  yaxshi  jismoy

rivojlanishga  ko‘maklashish  xayot  uchun  zarur  asosiy  harakat  maxorati  va 


ko‘nikmalari ishlab chiqish maqsadida olib boriladi.  
Bolalar  bilan  bo‘ladigan  asosiy  gimnastika  mashg‘ulotlari  turli-tuman 
vositalarni  o‘z  tarkibiga  oladi:  amaliy  mashqlar(yurish,yugirish,  sakrash,  irg‘itish va boshq), predmetli va predmetsiz umumrivojlantiruvchi mashqlar (qo‘l, oyoq va gavda uchun)  ommaviy  turdagi  gimnstika  ot,  devorchasi,  xarisi,  narvon  va  boshq.) 
gimnastika  anjomlar  bilan  bo‘ladigan  mashqlar  (turnik,  bruslar,  xalqalar  va  boshq). O‘smirlar, qizlar erkaklar va ayollar uchun asosiy gimnastika. Gimnastikaning xuddi shu vositalarini o‘z ichiga oladi, uyushgan mashg‘ulotlar ko‘rinishida olib boriladi va odamning jismoniy va axloqiy irodaviy sifatlarining rivojlanishiga shuningdek unda xayotiy zarur harakat mahorati va ko‘nikmalarining shakllanishiga imkon beradi. Jismoniy tarbiya va sport shug‘ullanuvchilar organizmini sog‘lomlashtirish va chiniqtirish va ish qobiliyatini oshirishga yo‘naltirilgan.  Jinsi, yoshi, sog‘lig‘i  jismoniy  tayyorgarligidan  qatiy  nazar  u shug‘ullanuvchilarning  barcha  kontingentlari  uchun  qulaydir.  Sog‘liqni  saqlashga xizmat qiluvchi gimnastika 
mashg‘ulotlarining asosiy mazmuni 
umumrivojlantiruvchi  va  ba’zi  bir  amaliy  mashqlar  bilan  uqalash  muolajasini  qabul qilish  va  suvda  organizmni  chiniqtirishni  qo‘shib  olib  borish  xisoblanadi.  Sog‘liqni saqlashga xizmat qiluvchi gimnastika mashg‘ulotlari ertalab, kunduzgi va kechqurun mustaqil  ravishda(yakka  xolda)  va  o‘qituvchi  rahbarligida  (guruh  shaklida) o‘tkazilishi mumkin. Jismoniy  tarbiya  va  sport  keyingi  o‘n  yilliklarda  gimnastikaning  sport  turlari (sport,  badiiy  gimnastika  va  sport  akrobatikasi)  mamlakatimizda  keng  tarqalib, ommalashib ketdi. Bunga vatan gimnastikachilarining dunyoning eng yuqori xalqaro gimnastika anjumanlaridagi ajoyib muvaffaqiyatlari yordam berdi.  Bazaviy  sport  turlari  shug‘ullanuvchilaridan  yuqori  har  tomonlama  jismoniy tayyorgarlikni  talab  qiladi,  ularda  muhim  axloqiy-irodaviy  sifatlarni  rivojlantiradi, ularning  ma’naviy  va  badiiy  tarbiyasiga ta’sir  qiladi, turlituman,  tuzilishi,  texnikasi va  bajarish  aniqligi  jihatidan  murakkab  gimnastik  mashqlarni  birlashtiradi.  Bazaviy sport turlari bilan muntazam shug‘ullanish yuqori sport natijalariga erishish va odam gavdasining  vaziyat  va  xarakatlaridagi  nafosat  va  mahorat  namunalarini  ko‘rsatib, san’atda murakkab mashqlarni egallashga erishish imkonini beradi Bazaviy  sport  turlari  mamlakatimizda  ommalashgan  sport  turlaridan  biridir sport  mashqlarning  hammabopligi  jamoaligi  ulardan  bolalar,  o‘smirlar  va  kattalar mashg‘ulotlarida foydalanishga imkon beradi. Jismoniy  tarbiya  va  sport  amaliy  turlaridan  mehnat,  xarbiy  va  sport 
foaliyatining takomillashuvidan maqsadga yo‘naltirilgan masalalarni  hal qilishda va mehnat  faoliyati  va  sog‘liqni  saqlash  va  tiklash  uchun  profilaktika  choralari  sifatida foydalaniladi.Jismoniy  tarbiya  va  sport  mehnatkashlarni  sog‘lomlashtirish  ularning  mehnat qobiliyati va mehnat samaradorligini oshirish masalalarini hal qiladi. Ish amaliyotida ishlab chiqarish gimnastika mashg‘ulotlarning ikki shaklidan keng foydalaniladi. Ish boshlanishidan  oldin  va  mehnatkashlar  organizmini  kutilayotgan  mehnat  faoliyatiga tayyorlovchi dastlabki gimnastika va ish paytida charchoqni bosish va shu qobiliyatni tiklashga imkon beruvchi jismoniy tarbiya to‘xtamlari. Jismoniy  tarbiya  va  sport  ishlab  chiqarishda  muayyaan  mehnat  jarayonlari amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mehnatkashlarning maxsus xarakat mahorati va ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirishga imkon beradi. 
Dengizchilar,  uchuvchilar,  fazochilar,  o‘t  o‘chiruvchilar  va  boshqalar  uchun 
kasbiy- amaliy gimnastikaning turli ko‘rinishlari mavjud. 
Harbiy – amaliyjismoniy tarbiya va sportkasbiy-amaliy gimnastikaning bir turi 
xisoblanadi  va  harbiy  faoliyatiga  xos  bo‘lgan  maxsus  xarakatmahorati  va 
ko‘nikmalarini shakillantirish va takomillashtirishga imkon beradi.  
Harbiy-amaliy  gimnastika  mashiqlari  gimnastikaning  turli-tuman  amaliy 
vositalari  yurish,yugirish,  sakrash,  to‘siqlarni  engib  o‘tish  va  boshqa)  dan  tarkib topgan va muayyan qo‘shin turining o‘zi hosligini hisobga olgan holda o‘tkaziladi. Jismoniy  tarbiya  va  sportdan  umumiy  va  maxsus  jismoniy  tayyorgarlikni 
oshirishda  va  shu  asosda  tanlangan  sport  turida  yuqori  sport  natijalarga  erishishda keskin choralar sifatida foydanalinadi.Amaliy sport gimnastikasi mazmuni sport turi mazmuniga  bog‘liq  va  mashg‘ulot  jarayonining  ayrim  davirlari  masalalariga  mos ravishda o‘zgarishi mumkin. Jismoniy  tarbiya  va  sport  mehnatkashchilarning  sog‘lig‘i  va  mehnat qobiliyatlarini tiklashga e’tirof qilingan. Davolash gimnastikasi vositalarini tiklashda shikastlanish  va  kasallik  natijasida  paydo  bo‘lgan  kamchiliklarni  to‘g‘rilashda, ayniqsa  samara  beradi.  Davolash  gimnastikasi  mazmuni  kasallik  va  shikastlanishlar turiga  bog‘liq  bo‘lib,  davolovchi  xakim  bilan  davolash  jismoniy  tarbiya uslubiyatchisi tomonidan aniqlanadi.


Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish