Eng yaxshi dars ishlanmasi“ ko’rik tanlovi uchun 1-sinf o’qish fanidan



Download 1,9 Mb.
bet2/2
Sana17.08.2021
Hajmi1,9 Mb.
#149761
1   2
Bog'liq
1-sinf amir Temur o'gitlari 34-maktab Ruqiya

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich Tashkiliy qism

O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Suhbat

2 daqiqa

2-bosqich

(Refleksiya) ehtiyojlami aniqlash

munozara


Dars shiori tanlanadi. Dars davomida rioya qilish lozim bo'lgan qoidalar belgilanadi.


munozara

3 daqiqa

3-bosqich

Darsning borishi.



1. O'qituvchining O'zbekistonda yashab o'tgan mashhur kishilar haqidagi kirish suhbati

2. Matnni o'qishga tayyorgarlik.

3. Matnni va hikmatli gaplami o'qituvchi o'qib beradi. Matn mazmuni va o'gitlaming ma'nosi tushuntiriladi.

4. "Kuch - adolatda" degan o'gitning ma'nosi ustida ishlanadi

5. Lug'at ustida ishlash.

6. O'quvchilar matnni va o'gitlami o'qiydilar.

7. Topshiriq bilan o'qish. Har bir hikmatli gapni o'qib, mazmunini so'zlash topshiriladi.


Savol- javob
suhbat

ifodali


o'qish
muammoli izlanish

tushun­tirish


ifodali o'qish

muammoli izlanish



3 daqiqa

2 daqiqa


6 daqiqa

3 daqiqa


6 daqiqa

2 daqiqa


11 daqiqa

4-bosqich

mustah­


kamlash

1 .Darslikdagi savollar asosida dars

umumlashtiriladi.

2. "Zanjir" didaktik o'yini.


suhbat

Didaktik o'yin



3 daqiqa

2 daqiqa


5-bosqich

Baholash



O'quvchilaming darsda ishtiroki hisobga olinib, reytinggi e'lon qilinadi




2 daqiqa

6-bosqich



Amir Temur o'gitlarini yod olish topshirig'i beriladi.

tushuntirish

1 daqiqa


Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism:

Salomlashish:

O’qituvchi:

Biz kimlarning avlodi?

-Amir Temur dilbandi?

-Tug’ilib o’sgan maskan?

-Mustaqil O’zbekiston.

-Mafkuramiz bosh g’oyasi?

-Vatandir ozod, obod

Erkin, farovon hayot.

Shudir ma’nosi.

2. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

O'qituvchi quyidagi savollar orqali kirish suhbati o'tkazadi:

a) Vatanimiz O'zbekistonda yashab o'tgan mashhur kishilardan kimlami bilasiz?

b) Ular qanday ezgu ishlar qilishgan?

O'quvchilar javoblarini umumlashtirib, o'qituvchi bugun yangi bobni o'qishga o'tilgani, unda ajdodlarimiz haqidagi ma'lumotlarni o'rganishlarini aytadi.

- Siz bu bo'limda dunyoni o'z bilim va mahoratlari bilan qoyil qoldirgan bobolarimiz Amir Temur, Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino, Ulug'bek Mirzo, Bobur Mirzolar haqidagi ma'lumotlar bilan tanishasiz. Bugun Siz ana shunday mashhur bobokalonlarimizdan bo'lmish Amir Temur haqidagi ma'lumotlarni o'rganasiz.

3.Yangi mavzu bayoni.

O'qituvchi: Bobomiz Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi bo'lish bilan birgalikda farzandlari, nabiralari va kelajak avlod uchun o'zlarining pand-nasihatlarini yozib qoldirganlar. Bu o'gitlaming barchasi insonlami yaxshi xulqli va adolatparvar bo'lishga undaydi. Amir Temuming o'zi ham bu o'gitlarga doimo rioya qilgan. Keling, hozir bobomiz o'gitlari bilan tanishib chiqamiz.

Matnni va hikmatli gaplarni o'qituvchi o'qib beradi. Matn mazmuni va o'gitlarning ma'nosi tushuntiriladi. "Kuch - adolatda" degan o'gitning ma'nosiga e'tibor qaratiladi va bugungi kun bilan bog'lanadi. Adolat so'zining ma'nosi tushuntiriladi. Qayerdaki haqiqat bo'lsa, to'g'rilik bo'lsa o'sha yerda hamma yaxshi yashashi, har qanday muammolar to'g'ri hal etilishi bolalar yoshiga mos tushuntiriladi.

4. Mustahkamlash.

1) Lug'at ustida ishlash:

sarkarda - Vatan himoyachilari boshlig'i

hikmat- ibratli so'zlar

adolat - haqiqat, to'g'rilik

Munofiq -yolg'onchi, yomon kishi

kalima -jumla

ont - qasam

yov - dushman

2. O'quvchilar matnni va o'gitlarni ichda o'qiydilar. Matn va o'gitlar navbat bilan o'quvchilarga o'qitiladi

3. Topshiriq bilan o'qish. Har bir hikmatli gapni o'qib, mazmunini so'zlash topshiriladi. O'qituvchi o'quvchilarjavoblarini to'ldiradi.

4.Savol-javob asosida dars mustahkamlanadi va umumlashtiriladi.

“Zanjir” o'yinidan ham foydalanish mumkin.

b










k




ch






















a













t










r

(buyuk, kuch adolatda. adolat, Temur.)

Konvertlarda o’quvchilarga she’riy topshiriqlar ko’rsatiladi. Har bir qatordan 1 tadan o’quvchi she’rni o’qiydi. O’quvchilar she’rda tasvirlangan bobokalonimizning ismlarini topadilar.



  1. Konvert:

-U kim erur, umri davomida yurt tuzdi,

Elim deb, yurtim deb jonini fido qildi.

Topqir bo’lsang, qiynalmay javob bergin,

Bobomizni rasmini topib bergin.





  1. Konvert:

-U kim erur, Hirotda dunyoga keldi,

She’r yozdi, davlat arbobi bo’ldi.

Yozgan she’rlari dillarga “Navo”dek yoqimli bo’ldi,

Topqir bo’lsang, qiynalmay javob bergin,

Bobomizni rasmini topib bergin.


  1. Konvert:

  • U kim erur Afshonada tug’ilgan,

Kitobga mehr qo’yib, tib sirlarin o’rgangan?

Topqir bo’lsang, qiynalmay javob bergin,

Bobomizni rasmini topib bergin.


  1. Savol:

-U kim erur, koinotga narvon qo’yib,

Ming yulduzga ot qo’yib,

Rasadxona qurdirdi.

Topqir bo’lsang, qiynalmay javob bergin,

Bobomizni rasmini topib bergin.


  1. Savol:

U kim erur ko’p sargardon yurt kezdi,

O’z yurtiga sig’may, Afg’on, Hind kezdi.

Topqir bo’lsang, qiynalmay javob bergin,

Bobomizni rasmini topib bergin.




  1. Savol:

U kim erur, Kot shahrida dunyoga keldi,

Hind, yunon tillarini o’rgandi.

Sharqda birinchi bo’lib Yer sharini xaritasini tuzdi.

Topqir bo’lsang, qiynalmay javob bergin,



B obomizni rasmini topib bergin.











5. Uyga vazifa. Amir Temur haqidagi ma'lumotlami o'rganib kelish va o'gitlarning ayrimlarini yod olish.

6. Dars yakuni. O’quvchilar faolligi rag’batlantiriladi. Reyting ball asosida baholanadi hamda rag’batlantiruvchi yulduzchalar kundaligiga qo’yiladi.



Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish