54
kosiblar mamlakat iste’mol mollarining to‘rtdan uch qismini ishlab chiqara boshladi. Natijada ishchi
va dehqonlar turmushi yaxshilandi, dastlabki jiddiy ijtimoiy tadbirlar hayotga joriy etildi.
Yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish bolsheviklarning mamlakat iqtisodiy rivojlanishiga
munosabatlari jiddiy o‘zgarganini anglatardi, va balki, u muvaffaqiyat qozongan yoki uzoq vaqt
davom
etgan taqdirda, mamlakatda samarali iqtisodiy tizimning yaratilishiga olib kelishi ham
mumkin edi.
Yangi iqtisodiy siyosat xo‘jalikni rivojlantirish muammosini yarim-yorti hal qilardi. Sovet
hokimiyati barcha yirik sanoat, transport, banklar, tashqi savdo, yerni o‘z qo‘liga olib, xususiy
sarmoyani chekladi va tartibga soldi, jamoaviy sektorni o‘stirish va mustahkamlashga zo‘r berdi.
Qishloqda ham o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu yerda «oziq-ovqat razvyorstkasi», ya’ni
ortiqcha oziq-ovqatlarning kuch bilan tortib olinishi oziq-ovqat solig‘i bilan almashtirildi. Endi
dehqon davlat solig‘ini bajarganidan so‘ng ortiqcha mahsulotini bozorda erkin
narxlarda sotishi
mumkin edi. Savdoga xususiy sarmoya qo‘yildi, davlat eng avvalo sanoat mahsulotlarini taklif
qiluvchi yirik ulgurji savdoning tashkilotchisiga aylandi.
Dehqonlar 1921 yili bahorgi ekishni baland ruh bilan o‘tkazdilar. 1921 yilda Sovet davlati
qishloqlarga o‘n minglab plug, borona, seyalkalar, pichan o‘rish mashinalari
va boshqa qishloq
xo‘jalik asboblari yubordi va shu bilan dehqonlarga kattagina yordam qildi. 1921 yili Volga bo‘yi,
Ukraina, Qrim, Shimoliy Kavkaz va boshqa joylarda bo‘lgan juda qattiq qurg‘oqchilik qishloq
xo‘jaligiga g‘oyat katta zarar yetkazdi. Qurg‘oqchilik natijasida 22 million kishi ochlikka uchradi.
Ochlikdan bir millionga yaqin kishi o‘ldi. Ikki million bola yetim qoldi.
Sovet hukumati ochlikka uchraganlarni o‘limdan saqlab qolish uchun choralar ko‘rdi.
Qurg‘oqchilikdan zarar ko‘rgan rayonlarga 85 million pud g‘alla yubordi, ijtimoiy ishlar yo‘lga
qo‘yildi (bu ishlarda qatnashganlarga oziq-ovqat payoklari berildi), umumiy ovqatlanish tashkil
etildi. Davlat ocharchilik hukm surayotgan rayonlardagi bolalarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi.
Yuqumli kasalliklarning paydo bo‘lishiga va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun bu rayonlarga keng
miqyosda tibbiy yordami berildi. Davlat ocharchilikka qarshi kurashga oltin hisobida 156 million
so‘m sarfladi.
1919 yilda tuzilgan «Sovet Rossiyasiga texnika yordami berish AQSH va Kanada jamiyati»
hamda 1921 yilda AQShda tashkil etilgan «Sovet Rossiyasi do‘stlari jamiyati» bu sohada katta ish
boshlab yubordi. Bu jamiyatlar mashina, traktor va boshqa ishlab chiqarish
qurollarini sotib olish
uchun mablag‘lar yig‘dilar, Sovet Rossiyasiga yuborish uchun ixtisosli ishchilar orasidan kishilar
to‘pladilar.
1921 yil yozida mamlakatga amerikalik agronom Garold Ver boshliq bir gruppa ishchilar
keldi. Amerika ishchilari o‘zlari bilan 21 ta traktor keltirdilar, bu traktorlar «Sovet Rossiyasi
do‘stlari jamiyati» to‘plagan mablag‘larga sotib olingan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: