Eng yangi tarix



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/48
Sana14.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#793768
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
Bog'liq
Eng yangi tarix

2-
§
. Stabillashuv yillarida AQSH
1922-1929 yillarda AQShda vaqtincha, qisman stabillashuv yillari bo‘ldi. AQShdagi
stabillashuv Yevropa mamlakatlaridagi stabillashuvdan ilgariroq (1922 yil oxirida) boshlandi, hamda
Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiyadan oldinda bordi. 1923-1929 yillarda AQShdagi
sanoat mahsulotining umumiy hajmi 20% oshdi, yollanma ishchilar soni esa 7,6% kamaydi. 1926-
1929 yillarda AQSH sanoat mahsuloti yuqoridagi 5 ta mamlakat mahsulotidan 9% ortiq bo‘ldi.
1928-1929 yillarda AQSH iqtisodiyotining juda yuksalgan yillari bo‘ldi. Stabillashuv yillarida
kapital tez konsentratsiyalashdi va markazlashdi. Juda ko‘p sanoat korxonalari birlashtirildi minglab
kichik va o‘rta korxonalar tugatildi. Qishloq xo‘jaligida ham yirik fermer-kapitalistlar xo‘jaligi
mayda fermerlarning xonavayron bo‘lishi hisobiga kengaydi. O‘sish yangi texnikaviy asosda, eng
yangi texnika uskunalari, konveyyer tizimi, standartlashtirish, modernlashtirish usullarini keng
tadbiq etish yo‘li bilan amalga oshirildi. Ishlab chiqarishda yangi fan va texnika kashfiyotlari, seriyali
ishlab chiqarish usuli keng qo‘llanila boshlandi. Ishlab chiqarishda aql bovar qilmas o‘sish ro‘y
berdi. 1927 yilga kelib AQShda yiliga 7 mln. avtomobil ishlab chiqarilardi. Avtomobilsozlikning
o‘sishi keng shosse yo‘llarining barpo etilishiga turtki bo‘ldi, shahar va qishloq qurilishining
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Ishlab chiqarishning o‘sishi Amerika monopoliyalariga ulkan
daromadlar keltirib, ularning raqobatbardoshligini oshirdi.
Iqtisodiyotdagi jadal o‘sish o‘z qo‘llarida katta iqtisodiy va siyosiy hokimiyatni jamlagan
ulkan ishlab chiqarish va moliya birlashmalarining tashkil topishiga olib keldi. Avtomobilsozlikda
uch yirik kompaniya - «Ford», «Jeneral Motors» va «Kraysler» butun avtomobil sanoatini o‘ziga
buysundirdi. Kimyo sanoatida «Dyupon» firmasi, po‘lat qo‘yish sanoatida «Po‘lat tresti»
hukmronlik qildi. Banklarning hukmronligi ayniqsa beqiyos bo‘ldi. Morgan va Rokfeller nazorati
ostidagi olti yirik bank mamlakatdagi jami sarmoyaning yarmidan ortig‘ini nazorat qildi.
Amerikaning barcha yirik moliya va sanoat kompaniyalari birgalikda mamlakat ichki va tashqi
siyosatini, Amerikadagi butun siyosiy tizimni nazorat qildilar. Ular Amerika davlat siyosatining
shakllanishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatdilar.
20-yillarda mamlakat siyosiy hayotida yangi sharoitga moslashishga erishgan
Respublikachilar partiyasi muhim rol o‘ynadi. 1920 yildagi prezidentlikka saylovlarda Demokratlar
partiyasi mag‘lubiyatga uchradi va Oq uyni respublikachilar egalladilar. Ular Oq uy va Kongressda
1932 yilgacha hukmronlik qildilar. Bu davrda prezidentlik kursida U.Garding (1921-1923), K.Kulij
(1923-1924 va 1925-1929) va G.Guver (1929-1932) o‘tirdi. Bu davr Amerika iqtisodiyotining
gullab-yashnash (prosperiti) davri bo‘ldi. Unga U.Garding asos soldi. 1922 yilda u qo‘shimcha
foyda solig‘ini, narx-navo ustidan nazoratni bekor qildi va kompaniyalarga ishchilar bilan
munosabatlarda to‘liq erkinlik berdi.
U.Garding ishini davom ettirgan K.Kulij 1925 yilda: «Amerikaning ishi – tijorat», deb e’lon
qildi. Bu jumla Amerika hukmron doiralarining bosh tamoyiliga aylandi. Amerika iqtisodtchilari
AQShning stabillashuvini, mamlakatning gullab yashnashi deb atadilar, Amerika kapitalizmini
«alohida kapitalizm» deb maqtadilar, endi inqirozlar bo‘lmaydi deb jar soldilar. 1925 yili Deyton
shahrida yosh biologiya o‘qituvchisi Jon Skops maktabda darvin evolyutsiya ta’limotini o‘qitganligi
uchun qamoqqa olinib sud qilindi. bu sud «maymun sudi» degan hajviy nomni oldi Xukumat
ishchilar harakatini bo‘g‘ish uchun hamma choralarni ko‘rdi. Fabrika kassirini o‘ldirishdi nohaq
ayblangan Italiyalik inqilobchi ishchilardan Sakko va Vansetti turmada 7 yillik qamoqdan keyin,
1927 yili sud qilindi. Tuxmatlarni ochib tashlagan 100 dan ortiq guvohlarning so‘zlarini azar
e’tiborga olishmadi. Sudning adolatsiz hukmiga binoan, 1927 yil 23 avgustda Sakko va Vansetti


43
elektr toki o‘tkazilgan stolda azoblab o‘ldirildi. Kulij hukumati jahon miqyosida agressiv siyosatini
kuchaytirib yubordi. Amerika burjuaziyasi jahonda hukmronlik qilish uchun kurashning niqoblangan
izolyatsionistik metodidan foydalanishini davom ettirdi. 1924 yilda Amerikalik bankir Charliz Daues
tashabbusi bilan Germaniyadan olinadigan reparatsiya bahonasi bilan «Daues rejasi» degan maxsus
reja tuzildi. Bundan maqsad Germaniya iqtisodiyotida AQShning moliyaviy pozitsiyasini
kuchaytirish, katta foyda olish, Germaniya og‘ir sanoatini rivojlantirish edi. 1924-1929 yillarda
AQSH, Angliya va boshqa mamlakatlarning Germaniyaga bergan qarzlari 23 mlrd. marka
miqdorida bo‘lsa, shundan 70% AQSH bergan qarz edi. Shimoliy Amerika zo‘ravonlari «katta
tayoq» siyosatiga amal qilib, butun Amerika qit’asida hukmron bo‘lib olish uchun kurashdilar.
Markaziy Amerika mamlakatlariga (masalan, Gaiti, Gonduras, Kuba va boshqalarga) qarshi qurolli
intrvensiya uyushtirildi. Panamadagi askarlar soni oshirildi, Panama AQShning harbiy strategik
platsdormiga aylantirildi. Meksika neft boyligining 73% AQSH monopolistlari qo‘liga o‘tdi. 1928
yilga kelib Lotin Amerikasidagi 20 ta mamlakatdan 14 tasi AQShga qaram bo‘lib qoldi. AQSH
1929 yilda Filippindagi milliy ozodlik harakatini qurol kuchi bilan yovuzlarcha bostirdi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘arbiy Yevropadagi moliya tizimlarida ham yetakchi marralarni
qo‘lga kiritib, bundan qit’a ustidan o‘z siyosiy hukmronligini o‘rnatish yo‘lida foydalandi. Daues
rejasi (1924) ko‘magida moliya sarmoyasi G‘arbiy Yevropaga kiritildi va Germaniya harbiy-ishlab
chiqarish qudrati hamda Germaniya militarizmining tiklanishiga ko‘maklashdi. Amerika
kompaniyalarida, ayniqsa Polsha katta qiziqish uyg‘otdi, Amerika sarmoyasi bu yerda Polsha
qazilma va metallurgiya sanoatining 50%i ustidan nazorat o‘rnatishga erishdi. 1928 yilgi prezident
saylovlarida respublikachilar partiyasi prezidentlikka Gerbert Guver nomzodini ko‘rsatdi. Guver
demokratlar partiyasining nomzodi Smitga nisbatan ko‘proq ovoz oldi va prezidentlikka saylandi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish