3-
§
. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida AQSH
Mamlakat iqtisodini o‘rganish uchun G.Guver boshchiligida tuzilgan maxsus hukumat
komiteti 1929 yil fevralida o‘zining tekshirish ishini tamomlab, «yuqori iqtisodiy aktivlik»,
«barqarorlik» va «mustahkam iqtisod», «ajoyib taraqqiyot» haqida hisobot yozdi. Ammo oradan
ko‘p o‘tmasdan, 1929 yil oktabridayoq zo‘r iqtisodiy inqiroz boshlanib ketdi. AQSH 1929-1933
yillardagi jahon iqtisodiy inqirozning asosiy o‘chog‘i bo‘lib qoldi. 1929-1933 yillar iqtisodiy inqirozi
AQSH sanoat mahsulotini 56% kamaytirib, 1905-1906 yillardagi ishlab chiqarish darajasiga tushirib
qo‘ydi. Po‘lat quyish 76% qisqardi, ya’ni 1901 yilgi darajaga tushib qoldi. Sanoat ishlab chiqarishi
deyarli yarmiga qisqardi, avtomobillar chiqarish 80%ga, eksport, import, chakana savdo aylanmasi
ikki barobarga kamaydi. Ushbu inqiroz «Buyuk depressiya» deb nomlandi, zero, 1929-1932 yillarda
130 mingga yaqin firmalar bankrotlikka uchradi.
Qishloq xo‘jaligidagi vaziyat ham keskin yomonlashdi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining
xarid narxlari tushib ketganligi fermer xo‘jaliklarining ommaviy inqiroziga sabab bo‘ldi. Inqiroz
yillarida milliondan ortiq fermer xo‘jaliklarining bor-budi sotib yuborildi. Ularning egalari esa
ishsizlar safiga qo‘shilishdi. Ishsizlik amerikaliklar uchun haqiqiy ofatga aylandi. 1933 yili
mamlakatda 17 mln. ishsiz bo‘lib, har uchinchi ishchi ish haqidan mahrum edi.
Buyuk depressiya ommaviy ish tashlashchilik harakatiga turtki berdi, ishchilar va
fermerlarning chiqishlari boshlandi. 1931 yil dekabrida va 1932 yili ishsizlarning Vashingtonga
yurishlari tashkil etildi. Ular «ocharchilik yurishlari» deb nomlandi. G‘alayonlar qishloq xo‘jalik
hududlariga ham tarqaldi. 22 shtatni fermerlarning chiqishlari qamrab oldi. Davlat beshafqat
qatag‘on yo‘li bilan chiqishlarni bostirdi. 130 mingga yaqin savdo va sanoat firmasi, 58 ta temir yo‘l
kompaniyasi, 10 ming bank (hamma banklarning 40%) sindi. Inqiroz va sinfiy kurash eng
kuchaygan, 1932 yili navbatdagi prezident salovi o‘tkazildi. Respublikachi Guver bu saylovda
mag‘lubiyatga uchradi. Demokratlar partiyasi tajribali va tadbirli siyosatchi bo‘lgan Franklin
Ruzveltni prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatdi. Amerika burjuaziyasi shunday prezident bo‘lishini
talab qilmoqda edi. Chunki burjuaziya oldida iqtisodiy inqirozning jiddiy sotsial va siyosiy inqirozga
44
aylanib ketish xavfi tug‘ilgan edi. F.Ruzvelt moliya magnatlari bilan qarindoshlik aloqasida bo‘lgan,
burjua siyosiy arboblaridan bo‘lib, Nyu-York shtatining gubernatori edi.
F.Ruzvelt AQShning o‘ttiz ikkinchi prezidenti hamda Amerika tarixidagi eng mashhur
prezidentlardan biri edi. U 1932 yildan 1944 yilgacha prezidentlikka to‘rt marta saylangan yagona
prezident ham edi. Zero, konstitutsiyaga ko‘ra, prezident faqat ikki muddatga saylanishi mumkin.
Ruzvelt prezident bo‘lgach, Amerika iqtisodiyotida «yangi yo‘nalish» sifatida shuhrat qozongan
keng miqyosli islohotlarni boshladi. Bu yo‘lning mohiyati ishlab chiqarish vositalariga xususiy
mulkchilik to‘liq saqlangan holda davlat boshqaruvini iqtisodiyotga va ijtimoiy munosabatlarga
keng joriy etishdan iborat edi. Ruzvelt hamda uni quvvatlovchi siyosiy arboblar dadil qadam tashlay
olishdi - mamlakat iqtisodiyotini boshqarishning davlat dastaklarini qo‘llash ko‘zda tutilar, mehnat
huquqini jiddiy qayta ko‘rish, ishsizlikka qarshi kurashga katta mablag‘lar ajratish va ijtimoiy
sug‘urta asoslarini yaratish (pensiyalar, kasallik bo‘yicha nafaqalar, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi
tizimini takomillashtirish) rejalashtirilgandi. Shunday qilib, Ruzveltning «yangi yo‘nalish»idagi
asosiy vazifa davlatning iqtisodiy faoliyat jarayoniga faol aralashuvi yo‘li orqali mamlakatni
inqirozdan chiqarishdan iborat edi.
1933 yil 16 iyunda kuchga kirgan «Sanoatni qayta tiklash haqidagi qonun» «yangi
yo‘nalish» doirasidagi yana bir muhim tadbir bo‘ldi. Bu qonun sanoatning davlat tomonidan
boshqarilishi tizimini joriy qildi. Sanoatning har bir sohasi uchun davlat qonuni sifatida tadbiq
qilingan «halol raqobat kodekslari» ishlab chiqildi. Mazkur kodekslar har bir korxona uchun
muayyan ishlab chiqarish xajmini, mahsulot narxini, savdo bozorini belgilab berardi.
Qonun ishbilarmonlarga ish haqining eng kam darajasini va ish haftasining maksimal vaqtini
kodekslarda qat’iy qayd etishni ham belgilardi. Shuningdek, ishchilarning kasaba uyushmalar
vujudga keltirish va jamoaviy shartnomalar tuzish huquqi e’lon qilingandi. Sanoatni qayta tiklash
haqidagi qonun bo‘yicha ishsizlarga yordam choralari ko‘zda tutilgandi. Ijtimoiy ishlar maxsus
qo‘mitasi tuzilib, uning ixtiyoriga yo‘llar qurish, maktablarni ta’mirlash, sport majmualari va boshqa
inshootlar barpo etish uchun katta miqdorda mablag‘ berildi. mazkur tadbirlar 8 mln.
amerikaliklarni ish bilan ta’minladi. Ajratilgan mablag‘larga 10.000 km. katta yo‘llar qurildi. 77
ming ko‘prik va 800 ta aerodrom barpo etildi, o‘nlab harbiy kemalar yaratildi. Qashshoq oilalardagi
18 dan 25 yoshgacha bo‘lgan ishsizlar uchun maxsus lagerlar barpo etildi. Bu yerda davlat
hisobidan ta’lim olib, sanoatning yangi tarmoqlari uchun zarur ixtisosliklarni egallashardi. Har bir
shtatga ishsizlarga yordam ko‘rsatish uchun dotatsiyalar ajratildi.
Ruzvelt amerikalik fermerlarni qutqarishga alohida e’tibor qaratdi. Inqiroz AQSH qishloq
xo‘jaligiga ulkan ziyon yetkazdi. An’anaviy bozorlaridan mahrum bo‘lgan, bank kreditlarini
yo‘qotgan ko‘plab fermer xo‘jaliklari halokatga uchradi. Jorjiya, Alabama, Oklaxoma, Texas
fermerlari o‘z fermalarini tark etib, boshqa shtatlarga ish va yer topish uchun jo‘nab ketishdi.
1933 yil 12 mayda «Fermerlarga yordam haqidagi qonun» qabul qilindi. Ularning
mahsulotlariga bo‘lgan narxlarni oshirish zarur edi. Fermerlarga ekinzor maydonini va chorva sonini
qisqartirish haqida davlat bilan kontrakt tuzish taklif etildi. Buning uchun ularga mukofotlar berildi.
Fermerlarning qarzlari davlat hisobiga qabul qilindi va noma’lum muddatga to‘xtatib qo‘yildi.
Davlat yuzminglab fermerlarga kreditlar berdi.
«Yangi yo‘nalish» AQShdagi ijtimoiy munosabatlarni liberallashtirish uchun ijtimoiy
qonunchilik sohasida muhim siljishni amalga oshirdi. 1935 yili AQSH Kongressi «Vagner qonuni»ni
qabul qildi, mazkur qonun bo‘yicha ishchilar jamoaviy shartnomalar tuzish huquqiga va ish tashlash
huquqiga ega bo‘lishdi. Bundan buyon ish tashlashda qatnashganligi uchun ta’qib qilish man qilindi.
Xuddi shu yili AQSH tarixida birinchi marta ijtimoiy sug‘urtalash haqidagi qonun qabul qilindi. Bu
qonunda keksalarni ta’minlash va ishsizlik bo‘yicha kompensatsiya to‘lash, ko‘zi ojizlarga,
majruhlarga, yolg‘iz onalarga va yetimlarga yordam berish ko‘zda tutildi.
AQSH kongressi 1933 yilda 3,5 oy ichida 70 ta qonun qabul qildi. Bular orasida ayniqsa
«Milliy sanoatni tiklash to‘g‘risida akt», «Qishloq xo‘jaligini tartibga solish to‘g‘risida akt»
(«Fermerlarga yordam berish to‘g‘risida qonun») muxim qonunlar edi. Ruzvelt hukumati sanoat,
savdo va transport kompaniyalarini, banklarni, sug‘urta jamiyatlarini halokatdan qutqarishga urindi
45
va shu maqsadda ssuda (qarz)lar berildi. Hukumat qishloq xo‘jalik mahsuloti narxlarini oshirishni
ko‘zda tutdi. Kongress tomonidan qabul qilingan va 1933 yil 12 mayda kuchga kirgan 2 chi asosiy
qonunga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi sohasida «Qishloq xo‘jaligini tartibga solish to‘g‘risida» AAA va
qishloq xo‘jaligi krediti ma’muriyati tuzildi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni «rejali
ravishda» kamaytirish va ularning narxlarini oshirish vazifasi ana shu ma’muriyatga (AAAga)
yuklandi. AAA qishloq xo‘jalik mahsulotlarining narxini oshirish bilan birga, fermerlarning xarid
quvvatini ham oshirishni va ichki bozorni kengaytirishni, shu bilan bir qatorda fermerlar
harakatining yuksalishiga yo‘l qo‘ymaslikni nazarda tutdi. «Yangi yo‘l» siyosati AQShda davlat-
monopolistik kapitalizmini kuchaytirish va mustahkamlanishida, burjuaziyaning zaiflashib qolgan
pozitsiyasini kuchaytirishda ularning inqirozdan chiqib olishda rol o‘ynadi. 1936 yilda ishlab
chiqarish jamlana boshladi. Agar 1932 yilda sanoat kompaniyalari 3,42 mlrd. dollar defitsit bilan
yakunlangan bo‘lsa, 1936 yilda kompaniyalarning sof foydasi 4,27 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |