Eng yangi tarix


partiyasi” va boshqa partiyalar) egalladi



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/48
Sana14.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#793768
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
Bog'liq
Eng yangi tarix


partiyasi” va boshqa partiyalar) egalladi.
1919 yil 6 fevralda kichik Veymar shahrida Ta’sis Majlisi ochildi. Shu kuni o‘ng sotsial-
demokratlar qo‘lida bo‘lgan ishchi va soldat deputatlari markaziy Soveti o‘z huquq va
majburiyatlarini Ta’sis Majlisiga topshirdi. Germaniya ishchi demokratlari sovetlari batamom
tugatildi. SHeydeman boshchiligida sotsial demokratlardan, demokratik va katolik partiyalari
vakillaridan iborat yangi hukumat tuzildi. Ebert prezident qilib saylandi.
1919 yil 31 iyulda Milliy majlis tomonidan qabul qilingan konstitutsiyaga (Veymar
konstitutsiyasi) muvofiq burjua parlamenti formasidagi burjua respublikasi qaror topdi. Burjua-


23
yunkerlar ittifoqida rahbarlik burjuaziya qo‘liga o‘tdi. Konstitutsiyaga muvofiq, federativ tuzum
saqlangan holda, markaziy hokimiyat kuchaytirildi. Markaziy hokimiyat - reyxstag (qonun
chiqaruvchi organ - quyi palata), reyxstrag (O‘lkalar vakillari Soveti-yuqori palata) va prezidentdan
iborat bo‘lib, prezidentga katta huquqlar berildi va uning vakolati yetti yil qilib belgilandi.
Ikki palatadan iborat bo‘lgan qonun chiqaruvchi hokimiyat ta’sis etildi. Quyi palata -
Reyxstag yalpi ovoz berish yo‘li bilan saylanar, yuqori palata - Reyxstrat o‘lka va viloyatlar
vakillaridan iborat bo‘lar edi.
Reyxstrat veto huquqiga ega bo‘lgan nazorat organi edi. Ijroiya hokimiyati rahbari -
prezidentga favqulodda keng vakolatlar berilgandi. U mamlakat qurolli kuchlari Reyxsverning bosh
qo‘mondoni hisoblanar, chet ellarda davlat nomidan faoliyat olib borar, vazirlar va kanslerni tayinlar
va ishdan bo‘shatar edi. U reyxstagni tarqatib yuborish va yangi saylovlar belgilash huquqiga ham
ega edi.
Konstitutsiyaning 48-moddasi prezidentga favqulodda dekretlar chiqarish, ya’ni mamlakatni
dekretlar vositasida boshqarish, majburlash choralarini qo‘llash, konstitutsiyaning muhim moddalari
amaliyotini to‘xtatib qo‘yish huquqini berar edi. Amalda ijroiya hokimiyat diktatura o‘rnatish uchun
konstitutsiyaviy asoslarni qo‘lga kiritgandi. Prezident vakolatlari uni qonun chiqaruvchi
hokimiyatdan yuksakka qo‘ygan, u reyxstagga ham bog‘liq emas edi, chunki yalpi ovoz berish yo‘li
bilan 7 yilga saylanardi.
Veymar konstitutsiyasi davlatdagi rahbarlik roli burjuaziyaga o‘tganligidan dalolat edi.
Ammo yirik yer egalari - pomeshchiklar ham o‘zlarining kuchli mavqelarini saqlab qolgandilar.
Germaniyada e’lon qilingan burjua-demokratik respublikasi burjuaziya siyosiy hukmronligining eng
to‘liq shakli edi. Veymar konstitutsiyasi burjuaziyaning siyosiy hukmronligini o‘rnatgan bo‘lsa-da,
Germaniya demokratik kuchlarining ham muhim yutug‘i bo‘ldi.
Sotsial-demokratik partiya reyxstagda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lmasa ham, Germaniya
hukmron doiralari hokimiyatni sotsial-demokratlar qo‘liga topshirishga qaror qildilar. Germaniya
sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) raisi Fridrix Ebert mamlakat prezidenti qilib saylandi, partiya
boshqaruvi a’zosi Filipp SHeydeman esa kansler etib tayinlandi.
Respublika tuzilishi muhokamasi davom etayotgan bir paytda sotsial-demokratlar
boshchiligidagi hukumat ikkita muhim qadam qo‘ydi. Dastlab Bavariya sovet respublikasi tor-mor
qilindi. Bu voqea 1919 yil 1 mayda ro‘y berdi. So‘ngra yangi hukumat vakillari Parijda Versal
tinchlik shartnomasini imzoladilar. 1919 yil 28 iyunda Versalda Germaniya bilan Antanta o‘rtasida
tuzilgan sulh shartnomasi mamlakatning iqtisodiy ahvolini yanada yomonlashtirib yubordi.
Versal sulhining ijodchilari avvalo AQSH, so‘ngra Angliya va Fransiya davlatlari edi. Sulh
shartnomasiga muvofiq Germaniya o‘z mustamlakalaridan va Yevropadagi yerlarining 8 dan bir
qismidan masalan (Poznan, Sileziyaning bir qismi, Elzas, Lotarengiya va boshqalardan) mahrum
bo‘ldi. Dansig (Gdansk) o‘sha vaqtda ta’sis etilgan Millatlar Ittifoqi ixtiyorida (erkin shahar) deb
ataldi. Polsha karidori tufayli Sharqiy Prussiya Germaniyaning markaziy rayonlaridan ajratib
qo‘yilgan, Polshaning bir qancha yerlari esa Germaniya tarkibida qoldirilgan edi. Angliya va
Amerika davlatlari Germaniyaning zaiflashib qolishini istamadilar, Reyn bo‘yi qirg‘oqlari
demilitrizatsiya zonasi (qo‘shin kiritish va istehkom qurish man etilgan zona) deb e’lon qilindi.
Sharqiy chegaralar va Boltiq bo‘yida esa Germaniya qo‘shin saqlashga haqli deyilgan edi. Reyn
daryosi so‘l tomoni, Kyoln va Mayns shaharlari bilan birga 15 yil muddat bilan Antanta qo‘shinlari
tomonidan nazorat qilib turiladigan bo‘ldi. Saar viloyati 15 yil muddat bilan Millatlar Ittifoqi
ixtiyoriga topshirildi.
Versal sulhi xalq xo‘jaligiga katta zarar yetkazdi, mehnatkashlarga kulfat keltirdi.
Germaniya temir rudaning 75% dan, ko‘mirining 33,9% dan, cho‘yan ishlab chiqarishning 33% dan,
g‘alla va kartoshka mahsulotlarining 25%dan mahrum bo‘ldi. Sulh shartnomasiga ko‘ra, Germaniya
urushda Antanta mamlakatlariga yetkazilgan barcha zararlarni qoplaydigan bo‘ldi. Umuman
to‘lanadigan reparatsiya summasi keyinroq (1921 yil mayida) oltin bilan 132 mlrd marka qilib
belgilandi.


24
1919 yilda sobiq kayzer armiyasining jinoyatchi ofitser va soldatlaridan, reaksion va
shovinistik elementlardan iborat fashistik partiya tuzildi. Bu partiya “qora reyxever” bilan yaqin
aloqada bo‘ldi va niqoblanish maqsadida o‘zini “Milliy sotsialistik ishchi partiyasi” deb atadi.
Fashistik partiyaning 25 banddan iborat bo‘lgan dasturida ishchilarning ish kunini qisqartirish va ish
haqini oshirish, dehqonlarga yer berish va sudxo‘rlik protsentini bekor qilish, mayda savdogarlarga
arzon kredit berish, universal magazinlarni yo‘qotish, trestlarni davlat ixtiyoriga olish, Versal
shartnomasini bekor qilish, Avstriya va Germaniyani birlashtirish, yahudiylarni nemis fuqaroligidan
mahrum etish va’da qilindi.
Natsistlar dasturi barcha nemislarni bir davlatda - Buyuk Germaniyada birlashtirishni talab
etardi. Bu esa nemislar yashaydigan hududlarni - Chexoslovakiya, Avstriya, Polshaning bir qismi,
Belgiya, Gollandiya, Boltiqbo‘yini Germaniyaga qo‘shib olishni bildirardi. Dasturda “yerlar” va
“mustamlakalar” zarurligi ilgari surilib, ular go‘yo Germaniya aholisini zarur oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlash va ortiqcha aholini joylashtirish uchun lozim bo‘lishi ko‘rsatilgan edi.
AQSH ham, Angliya va Fransiya ham bunga e’tibor bermadi va fashistlarga jiddiy yondoshmadi.
Adolf Gitler 1920 yildan boshlab fashistlar partiyasining lideri bo‘lib qoldi. U sobiq Kayzer
armiyasining yefreytori va urushdan so‘ng Myunxen shahar politsiyasining maxfiy agenti edi.
Fashistlar shturm otryadlarini tuzdilar. “Irqiy ozodlik” shiori ostida reaksion-shovinistik propaganda
avj olib ketdi. Versal sulhiga qarshi, bosqinchilik urushlariga tayyorlanish asosiy vazifa qilib
qo‘yildi. Mamlakatda ahvol keskinlashib bormoqda edi. 1921 yil avgustidan e’tiboran Germaniya
reparatsiya to‘lay boshladi. Urushda g‘alaba qozongan davlatlar-AQSH, Angliya va Fransiya
Germaniya moliyasini o‘z nazoratlari ostiga olish xavfini kuchaytirdi va mamlakatning moliyaviy
hayotiga yomon ta’sir qildi. Natijada mamlakatda siyosiy vaziyat keskinlashib, hukumat krizisi yuz
berdi. Yirik burjuaziya va harbiy-monarxist doiralar reparatsiya to‘lamaslikni talab qilib chiqdilar.
Germaniya hukumati reparatsiya to‘lovini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Fransiya bilan Belgiya
Germaniyaning reparatsiya to‘lashdan bosh tortganligidan foydalanib, 1923 yil 12 yanvarda Rur
sanoat viloyatini okkupatsiya qildi. Rur havzasida Germaniya aholisining 10 foizi yashar edi,
mamlakatda ishlab chiqariladigan po‘latning 40%i, cho‘yanning 70%, ko‘mirning 88% Rur
viloyatida ishlab chiqarilar edi.
Okkupatsiya qilish natijasida Rurda sanoat ishlab chiqarish qisqardi, ishsizlik ko‘paydi,
ishchilarning ish haqi kamayib ketdi. Ko‘pgina sanoat korxonalari yopildi. Ishsizlar soni ko‘payib,
qariyib 5 million kishiga yetdi. Qog‘oz pul yanada qadrsizlandi, binobarin, inflyatsiya g‘oyat
kuchaydi. 1923 yil Amerikaning bir dollari 10 ming markaga, oktabrda 8 milliard markaga
tenglashdi. Mehnatkashlar amalda ish haqidan mahrum bo‘ldilar. 1923 yilning sentabrida malakali
ishchi bir haftada 126 million marka olardi, bu pul hisobiga esa faqat ikki kun tirikchilik qilishi
mumkin edi. Mamlakat ochlik va qashshoqlik girdobida qoldi.
Reyn viloyatida Germaniyadan ajralib chiqish va mustaqil Reyn Respublikasi tuzish uchun
ayirmachilik harakati avj olib borardi. Unga Kyoln shahri burgomistri, GFRning bo‘lajak kansleri
Konrad fon Adenauer boshchilik qildi.
1923 yil 8 noyabrda Gitler boshchiligidagi qurolli natsistlar guruhi Bavariyaning amaldagi
diktatori tomonidan tashkil etilgan majlis zaliga bostirib kirdi. Adolf Gitler “xalq inqilobi” amalga
oshirilganligini e’lon qildi. Ertasi kuni politsiya namoyishga chiqqan natsistlarni tarqatib yubordi.
Isyon shu tariqa yakun topdi. 11 noyabr kuni Gitler va Lyudendorf qamoqqa olindi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish