Eng yangi tarix



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/48
Sana14.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#793768
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48
Bog'liq
Eng yangi tarix

2-
§
. Qisman stabillashuv yillarida Fransiya
1924 yildan boshlab boshqa kapitalistik mamlakatlardagi singari Fransiyada ham stabillashuv
boshlandi. Urushda zarar ko‘rgan mamlakat xalq xo‘jaligini tiklash, mashina uskunalarini yangilash
va ayrim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qurilishlar boshlandi. 1924-1925 yillarda Fransiya sanoat
mahsuloti urushdan oldingi darajadan uzib keta boshladi. 1925 yilda ko‘mir qazib chiqarish
urushdan ilgarigi darajaga nisbatan 107 % ga, po‘lat eritish bo‘yicha 102 % ga yetdi. Ishlab
chiqarish va kapitalning konsetratsiyalashuvi kuchaydi. Monopolistlarning foydasi ko‘paydi. 1924
yil mayida navbatdagi parlament saylovi arafasida radikal va radikal-sotsialistlar partiyasi boshqa
mayda va o‘rta burjua partiyalaridan (respublikachi sotsialistlar, mo‘tadil antiklerikallardan),
sotsialistik partiyadan iborat, “So‘l blok” tuzildi. So‘l ittifoq o‘z dasturida ijtimoiy sohada ijobiy
o‘zgarishlar qilish, Milliy ittifoqning xalqqa qarshi qaratilgan tadbirlarini bekor qilish, Sovet Ittifoqi
bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish, Germaniyadan qo‘shinlarni olib chiqish va u bilan
yarashish, Angliya va AQSH bilan mustahkam aloqalarni tiklashni va’da qilgan edi. Saylovda bu
blok g‘alaba qozondi, “milliy blok” esa mag‘lubiyatga uchradi. Mamlakatda “so‘l blok”ning Eduard
Errio boshliq hukumati tuzildi. “So‘l blok” mamlakatni 1924 yil iyunidan 1925 yil apreligacha
boshqardi. Avval boshda Eduard Errio boshchiligidagi radikallardan iborat tuzilgan so‘l burjua
hukumati xalq ommasining qat’iy talablarini hisobga olib, “so‘l blok” programmasining ba’zi
moddalarini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Chunonchi, qisman siyosiy amnistiya e’lon qilindi,
1920 yilda ish tashlashda qatnashganligi uchun ishdan bo‘shatilgan temir yo‘lchilar qaytadan ishga
olindi, uy-joy qurilishiga bir oz mablag‘ ajratildi. Rurdan fransuz qo‘shinlari olib chiqildi, frankning
qadrini oshirish maqsadida majburiy zayomlar chiqarish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentga
kiritildi.
1924 yil oktabrida o‘ng partiyalarning qarshiligiga qaramay Fransiya bilan Sovet Ittifoqi
o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Lekin Errio hukumatining mehnatkashlarga ba’zi yon
berishlik siyosati monopolistik burjuaziyaning moliya oligarxiyasiga mutlaqo yoqmadi. Moliya
oligarxiyasi frankni qadrsizlanishidan manfaatdor edi. Senat majburiy zayomlar haqidagi loyihani
rad etdi. Bunday ommaviy norozilik va kurash sharoitida sotsialistik partiya “so‘l blok”dan
chiqishga majbur bo‘ldi. “So‘l blok” tarqalib ketdi. 1925 yil aprelida Puankare boshchiligida yirik
burjuaziyaning “Milliy birlik” hukumati tuzildi. Hukumatda radikallar ishtirok etdi. “Milliy birlik”
hukumati mamlakatni uch yil idora qildi. O‘ng sotsialistlar blokdan tashqarida bo‘lsada, Puankare
hukumatini qo‘llab-quvvatladi.
Puankare inflyatsiyaga qarshi kurash, frankni barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sishni
ta’minlashni o‘z ichki siyosatining muhim vazifasi deb e’lon qildi. Hukumat davlat xarajatlarini
qisqartirdi, yangi soliqlar joriy etdi va sanoat korxonalariga imtiyozlar berdi. AQSH va Angliyadan
olingan yirik kreditlar hisobiga frank kursi barqarorlashtirildi. 1926 yilga kelib davlat daromadlari
urushdan keyin birinchi marta xarajatlardan ortiq bo‘ldi. Frank barqaror valyutaga aylandi.
Valyuta-moliya munosabatlarining barqarorlashuvi fransuz iqtisodiyotining umumiy
yuksalishi boshlanganidan dalolat edi. Tabiiyki, bu urushdan keyingi inqirozni bartaraf etgan jahon
iqtisodiyoti ravnaqining umumiy jarayonlari bilan ham uzviy bog‘liq edi. 1925 yilda Fransiya sanoati
mahsuloti hajmi birinchi marta urushdan oldingi darajadan ortiq bo‘ldi. Oradan besh yil o‘tgach,
1930 yilda Fransiyada urushlar oralig‘idagi eng yuksak sanoat ishlab chiqarishi va savdo hajmi qayd
etildi. Fransiya sanoat taraqqiyoti sur’atlari bo‘yicha (yiliga o‘rtacha 5%) Angliya va Germaniyani
ortda qoldirib, AQShga yaqinlashdi. O‘nlab yangi yirik zavodlar, elektr stansiyalari, temir yo‘llar
qurildi. 1924 yildan 1932 yilgacha mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirish davri bo‘ldi. Bu davr
aholi turmushiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Narxlar barqarorlashib, pulning qadrsizlanishi barham
topdi. Bu esa hukumatga aholining bir qator qatlamlari ijtimoiy ahvolini yaxshilash tadbirlarini


17
amalga oshirish imkonini berdi. 1926 yilda ishsizlik nafaqasi joriy etildi, keksalik nafaqasi, kasallik,
nogironlik va homiladorlikda yordam puli beriladigan bo‘ldi.
Tashqi siyosatda Puankare hukumati mustamlakachilik tadbirlarini kuchaytirdi. 1926-1927
yillarda Marokash va Suriyadagi milliy ozodlik harakati yovuzlarcha bostirildi. Shovinistik va
fashistik tashkilotlar aktivlashdi va polkovnik De Lya Rok boshchiligida 1927 yilda “Jangavor
krestlar” nomli yangi harbiy-fashistik tashkilot tuzildi. (Peten va De Goll fashistik tashkilotning
yashirin a’zolari bo‘lganlar). Burjua parlamentarizmining inqirozi kuchaydi. Monopolistik
burjuaziya mehnatkashlar ommasiga qarshi o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun kurashdi. O‘ng
burjua partiyalari 1928 yil aprelida bo‘lgan navbatdagi parlament saylovlarida ko‘pchilik o‘rinni
egalladi. Saylovda kam o‘rinni egallagan radikallar hukumatdan chetlashib bordi va oppozitsiyaga
o‘tishga majbur bo‘ldilar. Puankare hukumati tarkibida o‘ta ketgan reaksionerlar mamlakatni idora
qildi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish