Йилларда франция


Oligarxiya parchalanishi va ideokratiya



Download 1,56 Mb.
bet35/72
Sana11.01.2017
Hajmi1,56 Mb.
#169
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72
Oligarxiya parchalanishi va ideokratiya

(mafkura ustunligi)ning qulashi
Taraqqiyot va qayta qurishni jadallashtirishga harakat qilayotgan Gorbachev va uning tarafdorlari mamlakatda bu o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun, dunyoning eng yirik mamlakatlari – AQSH va uning ittifoqchilaridan, va XXRdan qurollanish sohasida orqada qolib ketmaslik uchun sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirmay erisha olmasligiga qattiq amin bo‘ldilar. Gorbachev tan olishicha «mudofaa xarajatlari xalq xo‘jaligining deyarli barcha tarmoqlaridan hayot sharbatini sipqirayotgan edi». Shuning uchun yangilangan sovet rahbariyati xalqaro keskinlikni va qurollanish poygasini to‘xtatishga chaqiriqlarni faollashtirdi. Bu yo‘ldagi asosiy narsalar Gorbachevning 1986 yil boshidagi qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi keng miqyosdagi takliflari, uning KPSS syezdidagi urushda ham, qurollanish poygasida ham g‘oliblar bo‘lmasligi haqidagi nutqlari, uning AQSH va boshqa yirik mamlakatlar rahbarlari bilan uchrashuvlari bo‘ldi. SSSRdagi yirik harbiy xarajatlar zarurligi haqidagi shubhalarni Havo Xujumiga qarshi Mudofaa tizimi tomonidan xorijiy samolyotning qizil maydongacha uchib borganini payqalmagani hamda Afg‘onistondagi urushning be’mani va kelajagi yo‘qligi kuchaytirdi. Shu narsa ayon bo‘ldiki, SSSRning yuksak texnologiyalar sohasida qoloqligi o‘sib borayotgan bir paytda AQSH tomonidan boshlangan yangi qurollanish poygasiga qo‘shilish o‘z joniga qasd qilish bilan barobardir. Siyosiy byuro mamlakatning tinkasini quritgan konfrantatsiya -qarama-qarshilikni to‘xtatishning radikal (keskin) choralarini izlashga majbur bo‘ldi.

Mamlakat rahbariyati sovet qo‘shinlarini Afg‘onistondan chiqarishga rozi bo‘ldi, dunyo mamlakatlarini harbiy sohalarda aql-idrok bilan ish yuritishga da’vat etdi, «nol-variant», ya’ni Yevropada Buyuk Britaniya va Fransiya raketalari saqlanib qolgani holda SSSR va AQShning o‘rta va qisqa masofaga uchiriladigan raketalarining yo‘q qilinishiga rozilik bildirdi.

1988 yilning oxirida esa Gorbachev BMTda «umuminsoniy manfaat» va «umuminsoniy konsensusni izlash» (o‘zaro kelishuv yo‘llarini izlash) ustunligini ma’qullab barcha mamlakatlar tomonidan yashash tarzining o‘z siyosiy va ijtimoiy tartibini tanlash erkinligi» haqida bayonot berdi. Bu, mohiyatan, nafaqat sotsializm manfaatlarining milliy manfaatlardan ham ustunligi to‘g‘risidagi «Brejnev doktrinasi»dan, balki «proletarcha baynalmilalchilik» va SSSRning lenincha-stalincha dunyoviy maqsadidan ham butunlay voz kechishni bildirar edi. 1989 yil 15-fevralda Sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilishi, keyinchalik SSSRning Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida «real sotsializm»ni qulatgan voqealarga aralashmaganligi hamda 1988 yil oxirida AQSH bilan sovuq munosabatlar urushini tugatish haqida kelishib olishi bu bayonotlarning naqadar jiddiyligidan dalolat berardi. Kommunistlarning bir butun bo‘lgan buyuk maqsadining bir qismidan (Bu maqsad yo‘lida SSSR yaratildi va rivojlantirildi) uning rahbariyati tomonidan voz kechildi: ideokratiya (mafkura ustunligi) kemtik bo‘lib qoldi.

Endi o‘tkirlashgan inqiroz tufayli zaiflashgan SSSR, Yevropa va boshqa qit’alarda sovuq urush tufayli o‘z ahamiyatini yo‘qotgan pozitsiyalarini saqlay olmas edi. Bu ma’lum xarajatni ham talab qilardi. Sovuq urush tufayli ittifoqchilarni qo‘llab-quvvatlash be’maniligini anglagan sovet rahbariyati ularga yordam berishni to‘xtatdi va ittifoqchilardan mahrum bo‘ldi. O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O‘IYOK) va Varshava Shartnomasi Tashkiloti (VSHT) o‘z mavqeini yo‘qotdi va a’zolarining qaroriga ko‘ra tarqatib yuborildi. Sovet qurolli kuchlari qisqara boshladi. Strategik hujumga mo‘ljallangan qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi yangi kelishuvlar tuzildi.

Mamlakatning zaiflashgani va qayta qurish uchun vaqtdan yutishga intilish muzokaralarda ikir-chikirlarni muhokama qilishga imkon bermas edi. Shuning uchun Gorbachev ko‘pincha SSSRda hali ko‘pchilik tomonidan tanilmagan va tan olinmaganlar bilan kurashda ko‘pincha ularga yon berardi? Yevropa va umuman, butun sayyora aholisi esa, o‘n yillar davomida boshidan kechirayotgan dunyo yadro urushidan qo‘rquv va vahimadan xolos bo‘ldi. Mamlakat ichkarisida tinchlikparvarlik obro‘sining tushib ketishiga qaramay Gorbachevning xalqaro maydonda obro‘si oshib ketdiki, u 1990 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu SSSR dunyoning eng boy mamlakatlaridan qayta qurishni amalga oshirish uchun bir necha milliard dollarni qarzga olish imkonini berdi.

Shu bilan bir paytda 1989 yil kuzidan 1990 yilning yozigacha mamlakatda, ayniqsa Moskva va boshqa yirik shaharlarda turli liberal-demokratik guruhlarning fuqarolarning huquq va erkinliklarini talab qiluvchi va KPSSning mafkuraviy-siyosiy monopoliyasiga e’tiroz bildiruvchi miting va namoyishlari soni oshib boraverdi. Ularda konservatorlar tanqid ostiga olinar va Gorbachevni esa qayta qurish samaradorligi pastligida ayblashar edi. Birinchi may namoyishlarida qizil maydonda ko‘pchilik «Yo‘qolsin KPSS!» «Gorbachev iste’foga!» kabi shiorlar bilan chikdi. Bir qator mintaqalarda aholi turmushi yomonlashishiga qarshi yirik stachka (ish tashlash)lar bo‘lib o‘tdi. Hamma joyda kooperativ va xususiy korxonalar paydo bo‘la boshladi. Ba’zi norasmiy tashkilotlar partiya va siyosiy harakatlarga aylantirildi. Radikallarni qo‘llab-quvvatlovchi ommaviy axborot vositalari ta’siri oshib bordi.

Iqtisodiy va siyosiy xilma-xillikning fuqarolar tomonidan amalga oshirilishi «real sotsializm» doirasidan chiqib ketar, ijtimoiy taraqqiyot yo‘nalishi liberal-demokratik tus olar va qayta qurish tashabbuskorlarini yanada ilg‘orroq bo‘lishga majbur etardi. May oyida SSSR xalq deputatlari syezdi Konstitutsiyadagi KPSSning rahbarlik roli to‘g‘risidagi moddani bekor qilishga majbur bo‘ldi.

Bunga javoban, Siyosiy Byurodagi mo‘tadil «yangilanganlar», Markaziy Qo‘mitadagi, partiya va davlat apparatidagi, generallar orasidagi g‘azablangan konservatorlar faollashdi. Turli partiyalarning, xususiy mulk va bozor munosabatlarining paydo bo‘lishi, Konstitutsiyadan KPSS ustunligi to‘g‘risidagi moddaning olib tashlanishi konservatorlar tomonidan SSSR asosiy maqsadning ikkinchi qismidan ham voz kechishdek qaror qabul qilindi. Siyosiy Byuro va MKdagi 1990 yilgi kelishmovchiliklar bosh kotibni daxlsizlikdan mahrum qilib, ayni paytda oligarxiyani falajlab, uning parchalanishini boshlab berdi. KPSSda tarqoqlik yuzaga keldi: ba’zilar «prinsiplardan voz kechish»ni xohlamas, ikkinchilar esa turlicha talqin qilinuvchi partiya va mamlakatning yangilanish tarafdorlari edilar. Uchinchilar, nima qilishlarini bilmasdan hafsalasi pir bo‘lar, ko‘pchilik esa partiyani tark etdi. KPSS o‘zining obro‘sini va ishga layoqatini yo‘qotdi. «Real sotsializm» mafkurasi, siyosiy tizim va iqtisodiyoti parchalanib ketadi. Susaygan hokimiyatni mustahkamlash uchun uzoq va keskin bahs-munozaralardan keyin 1990 yilda xalq deputatlari syezdi SSSR prezidenti lavozimini ta’sis etdi va may oyida 60% ovoz bilan bu lavozimga Gorbachev saylandi. Prezidentga aylangan bosh kotib radikal raqiblarni «do‘stona yashash»ga chorlar, ammo ular o‘rtasidagi kurash tobora keskinlasha bordi. Birovlarning tashvishi, boshqalarning quvonchi, inqiloblar-Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida «real sotsializm»ning qulashi va liberallashtirish bilan mustahkamlanib bordi.

Partiyani yangilash yo‘li bilan kuchlarni islohotlarga safarbar qilish va mamlakatni birlashtirishga intilib, Gorbachev 1990 yil iyulida KPSSning XXVIII syezdini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Yelsin va boshqa radikallar partiya saflarini tark etishdi. Mo‘tadil «yangilanganlar» esa konservatorlar qarshiligini bartaraf etib, SSSR asosiy maqsadining ikkinchi qismini qayta ko‘rib chiqib-marksizm-leninizm konsepsnyasini nafaqat xalq ommasiga balki, kommunistlarga ham tushunarsiz bo‘lgan boshqa sotsializm konsepsiyasi bilan almashtirishdi.

Syezd «insonparvar demokratik sotsializm sari» shiorini qabul qildiki, u plyuralistik demokratik va huquqiy davlat qurishga qaratilgan bo‘lib, mulkchilikning turli shakllarini va «boshqariladigan bozor munosabatlari»ni tan olardi. Mamlakatda inson huquq va erkinliklari himoya qilinishi kerak edi. Bu g‘oyalarni KPSSning yangi dasturiga kiritishga qaror qilindi.

Bunda partiyaning yetakchilik roli, xilma-xillikka asoslangan demokratiya sharoitida g‘oyalarni ishlab chiqish, ommani tarbiya qilishga yo‘naltirishdangina iborat bo‘lardi. Partiya endi respublika partiyalarining federatsiyasiga aylanib va uning siyosiy byurosi esa respublika rahbarlaridan saylanardi. Qayta tashkil qilingan MK o‘zgargan sharoitda partiyani faollashtirish yo‘llarini qidirar va keskin vaziyatlarga mo‘ljallab yashirin moliyaviy zaxiralar shakllantira boshladi.

Ammo na partiya xodimlari va na oddiy kommunistlar ularning tajribasi va ilgarigi tasavvurlaridan keskin farq qiluvchi g‘oyalarni amalga tadbiq qilishga qodir emas edilar. MKga xabar berishicha ilgarigi ko‘pgina tashkilotlar ishdan chiqdi, mahalliy joylarda tashkil qilinganlari esa ishlolmas edi. «Mahalliy rahbarlarga yo‘naltirilgan MKning qarorlari bekorga ketar, ularni hech kim amalga oshira olmasdi. Xalq bilan mustahkam bog‘lanmagan partiya apparati o‘z qozonida qaynayotgan edi», - degan xabarlar MKga yetib kelardi. Xalq KPSS ishini ko‘rmas va sezmas edi. Partiya qayerdadir idoralarda edi. Ko‘pchilik KPSSni tark etdi. 1990 yil yanvar oyidan 1991 yil yanvar oyigacha uning a’zolari soni 19,2 dan 16,5 millionga tushdi. qolganlar esa faqatgina rasman partiya tarkibida edi.

Partiya siyosiy kuchdan mahrum bo‘ldi. Siyosiy byuro esa o‘z tarkibi ustidan boshqaruvni qo‘ldan boy bergan va respublikalar manfaatlarini muvofiqlashtiruvchi organga aylanib qolgan bo‘lib, oligarxiya xususiyatlaridan mahrum bo‘ldi va boshqa ideokratiya (mafkura ustunligi)ning oliy inspeksiyasi bo‘lmay qoldi.

Kommunistlarning asosiy maqsadidan voz kechilishi bilan parchalangan «real sotsializm»ni hech qanday kuchga ega bo‘lmagan insonparvar demokratik sotsializm g‘oyasi bilan almashtirishga urinishga qaramasdan ideokratiya imperiya bilan birgalikda yo‘qoldi. SSSR maqsadlari utopiyaga aylandi, u buyuk maqsadga erishish uchun tuzilgan va rivojlantirilgan mamlakatga umuman o‘xshamay qoldi. Ammo 1990 yilda ro‘y bergan chuqur o‘zgarishlarning tan olinishi uchun ilgarigi davlat va partiya taqdirini hal qilish uchun bir yildan ortiqroq kurashishga to‘g‘ri keldi.

Konservator kommunistlar bilan birgalikda sotsialistik yo‘lni tanlagan Gorbachev ularga mos kelmaydigan demokratik sotsializm sari yurishga harakat qilib, bozor islohoti va SSSRni yangilash yo‘llarini izladi. U sotsializmga bo‘lgan sadoqatini faollashgan liberal demokratik kuchlardan himoya qilib, sotsializm va liberalizmni birlashtirishga harakat qildi.

Davlat boshqaruvi va mehnat jamoalarining o‘z-o‘zini boshqaruvida yuzaga kelgan qiyinchiliklarning obyektiv va subyektiv sabablari dezintegratsiya (parchalanish)ga va ishlab chiqarish hamda taqsimotning qisqarishiga olib keldi. N.Rijkov hukumati bir necha yilga mo‘ljallangan rejalarni, sotsialistik iqtisodiyotga ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini joriy etish dasturini ishlab chikdi. Ammo uni amalga oshirish sharti parchalanayotgan sovet xo‘jaligining barqarorlashuvidan iborat deb hisoblandi. Ammo bunga erishilmadi. Rijkov hukumati «mafkuraning iqtisodiyotdan ustunligi»ni bartaraf etolmasligini tan oldi. Buning ustiga talab yo‘q bo‘lgan mahsulotni har qanday vaziyatda ham ishlab chiqarish davom etayotgan edi. Hukumat oziq-ovqat narxlarini uning tannarxi bilan muvofiqlashtiruvchi zarur, ammo mashhur bo‘lmagan qonunlarni qabul qilishni ham uddalay olmadi.

O‘zgarishlarni rivojlantirish maqsadida Gorbachev 1990 yil yozida Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari G.Yavlinskiy tomonidan taklif qilingan va RSFSR Oliy Sovet tomonidan ma’qullangan «500 kun» dasturini qo‘llab-quvvatladi. Bu dastur bozor munosabatlariga o‘tish uchun narxlarni tezda erkinlashtirish va korxonalarni xususiylashtirishni ko‘zda tutardi. Ammo SSSR Oliy Soveti mumkin bo‘lmagan narsani, ya’ni Rijkov dasturi bilan birlashtirishni so‘radiki, u mamlakatdagi o‘zgarishlarni izdan chiqardi.

1990 yilda «mamlakat hukumati xo‘jalik boshqaruvini qo‘ldan boy berdi» - deb hisobladi Qozog‘iston rahbari N.Nazarboyev. Yil oxirigacha investitsiyalar 4%ga, sanoat ishlab chiqarishi 1,2% ga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishi 2,3%ga, Yalpi Milliy Mahsulot (YAMM) 2%ga kamaydi. SSSR Yalpi Milliy Mahsuloti AQSH Yalpi Milliy Mahsulotining 10%ini tashkil etdi. Ishlab chiqarishning qisqarishi ishsizlar sonini ko‘paytirdi. Davlat budjeti tanqisligi va uni qoplash uchun emissiya ancha o‘sdi, hukumat mehnatga haq to‘lashni oshirmadi, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar tobora kamayib bordi. Inflyatsiya bir yilda 119% ni tashkil etdi. Uning keskin oshishi bilan jinoyatchilik tobora avj oldi.

Qayta qurishdan o‘z ahvoli yaxshilanishini kutgan xalq norozi edi va uning kutilmagan oqibatlaridan g‘azabga kelardi. Turmush darajasining yomonlashuvi va islohotlarning sekinligiga qarshi ommaviy chiqishlar ko‘lami 1990 yilda SSSRda misli ko‘rilmagan darajada ko‘paydi. Yil davomida 16 million odam ishtirokida 10 ming miting, namoyish va ish tashlashlar ro‘y berdi. Ularning 2G‘3 qismida to‘qnashuvlar, tartib buzishlar ro‘y berdi. Ish tashlashlarda 17 milliondan ortiq kishi soat (ish samaradorligi birligi) boy berildi. Bu xo‘jalikni yanada izdan chiqarib, mamlakatni siyosiy barqarorlikdan mahrum qildi. Bu V.Pavlov yozganidek, «hamma narsani qamrab olgan inqirozning barcha ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishidan» dalolat berardi.


Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish