O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26-yilligi munosabati bilan
“Eng ulug’ eng aziz ”bayram
DASTURI
Tashrif buyurgan mehmonlarni qarsaklar ostida kutib oladilar.
O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangraydi, tadbir ishterokchilari, tarbiyalanuvchilar madhiyaga jo’r bo’ladilar.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26-yillik bayrami bilan mehmonlar, tarbiyalanuvchilarni tabriklab tantanali bayram tadbirini ochib beradi.
Taklif etilgan mehmonlar orasida tabrik so’ziga chiquvchilarga so’z beriladi.
Mehmonlar tabrigi tinglanadi.
So’ng navbatni tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturiga beriladi.
1-boshlovchi:Assalomu alaykum qadrli mehmonlar.
2-boshlovchi: Assalomu -alaykum aziz ustozlar, qadrli tengdoshlar , jajji ukajonlar.
1-bosh: Barchamiz uchun quvonchli va xayajonli bo’lgan ushbu kunda “Eng ulug’- Eng aziz” bayram vatanimiz mustaqilligining 26-yilligi shodiyonalari bilan barchangizni tabriklaymiz.
2-bosh: Bugun yurtimizda katta tantana, shod-u hurramlik!
Sahnaga kichik guruh tarbiyalanuvchilari chiqib, o’zlari yod olgan vatan ona yurt istiqlol, mustaqillikni tarannum etuvchi shue’rlardan ifodali aytib beradilar
-Vatan she’ri
Vatan deganim bu yurak deganim
Yurakka vatanim kerak deganim
Vatan deganim bu yurak deganim
Aslida vatanim tug’ilgan joyim
Birinchi qadamim yetgan qo’rg’onim
O’zbekiston nurli bo’ston
Noming seni tilda doston
Jahon ichra yagonasan
Dillar aro durdonasan.
Senga omon hurlik keldi
Baxting kulgan zamon keldi
Sensan mening baxt iqbolim
Bo’lgin mening istiqbolim.
“Dilbandim” raqs to’garagi ishterokchilari ijrosida “O’zbekiston” nomli qo’shiqga raqs namoyish etiladi.
“Tarona” bolalar xo’r jamoasi ijrosida “Bugun bayram” qo’shig’ini kuylaydilar.
1-bosh: Xalqimiz istiqlolning dastlabki kunlaridanoq tanlab olgan o’ yo’lidan hech qachon og’ishmasligini qora kuchlarning qutqusiga uchmasligini isbotlab kelmoqda.
2-bosh: Tarixni anglash o’zlikni anglashdir. Ajdodlar ruhi-yu, merosi bilan yashamoq, ularga vorislik sharafiga munosib bo’lishimiz kerak.
Ular siymosini davraga chorlamoq xayrlidir.
(Mayin kuy ostidan A.Temur, A.Navoiy, Z.M.Bobur kabi buyuk siymolarning timsollari sahnada nomoyon bo’ladi.)
A.Temur: Biz kim mulki Turon, amiri Turkistonmiz. Biz kim millatlarning eng qadimiy va eng bulug’i, turning bosh bo’g’inimiz.
Navoiy: Kamol et kasbim olam uyidin
Senga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq
Jahondin notamom o’tmak biayni
Erur hommomdin nopok chiqmoq.
Bobur: Tole yo’q-ki jonimga balolig’ bo’ldi
Har ishniki boshladim xatoliq bo’ldi.
O’z yerini qo’yib, Xind sari yuzlandim
Yo rab, netayin bu ne yuz qarolig’ bo’ldi.
- Yasha Vatan she’ri
Yasha Vatan hur Vatan
Dunyoga mashxur Vatan
Istiqlolga erishding
Davru - davron sur Vatan
Yasha Vatan hur Vatan
Dunyoga mashxur Vatan
Mehnat bilan quchog’ing to’ldi chatan gul Vatan
Yasha Vatan hur Vatan
Dunyoga mashxur Vatan
Biz bolalar baxtiga
Doim shunday tur Vatan
- Vatan she’ri
Mening Vatannim O’zbekistondir
Vatanim makonim ulkan diyordir
Ko’m-ko’k osmonim mening
O’zbekiston Vatanim mening
Ulug’laymu o’zligim bildim
Yashil vatanim mening
O’zbekiston Vatanim mening
Xor ijrosida “suv” qo’shig’I va raqsi kuylanadi.
“Dil bandim” raqs dastasi ishtirokchilari tomonidan “Yangi xorazmcha” va “Yangi tarona” raqslari namoyish etiladi.
1-boshlovchi: Vatan inson uchun be-baho boylik. Vatanning borligi odamga ulkan g’urur iftixor baxsh etadi. Kishi qadrdon yurtida o’zini ozod va tetik tudadi.
1-boshlovchi: O’zbekiston kelajagi buyukdir. Bu buyuklikni taminlash mustaqillikni mustaxakamlash biz yoshlarimizning zimmasidadir.
O’z ona shu yurtimizni, xalqimizni, ma’daniy me’rosimizni asrab-avaylash har birimizni burchimizdir.
-Istiqlolim she’ri.
Istiqlolim hurligim
Ajdodlarim orzusi
Bizga nasib qilipdi
Charaqlagan orzusi
Madhiyang ila tong otar
Go’yo navo taralar
Uning o’tli satrlari
Qalbda g’urur yaaralar
Istiqlolim buyugim
Insonlarga suyugim
Asrlar osha naya
Ko’z tegmasin zarracha.
-Vatan she’ri
So’zlar chamanida so’z saralasam
Go’zal so’zlardan go’zalsan
Eram bog’laridan gul saralasam
Bo’yingni tog’larga bo’ylabla bo’lmas
Har qanday tog’lardan sarbalandirsan
Bag’ringni dengizga qiyos qilsam gar
Daryolar nuqtaday ko’rinar menga
Insonga bir bora berilar umr
Zarur bo’lsa uni ham beraman senga
“Yashayotgan O’zbekistonim” she’ri
Tog’larida o’ynar sharshara
Bog’larida o’ynar shaboda
Osmonio keng musaffo doim
Yashayotgan O’zbekistonim
Bog’larida qiyg’os gullari
Tog’larida mangu qorlari
Osmonida uchar baxt qushi
Obod Vatan O’zbekistonim
Tandirida non yopar quyosh
O’z baxtini topdi har bir yosh
Bobolariga biz bo’ldik izdosh
Mehri dunyo O’zbekiston.
Tadbirni barcha bolalar ishtirokida “O’zbekiston” nomli qo’shig’ini jo’r bo’lib kuylash bilan bayram tadbiri yakunlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |