Olimlar 2016-yilda Efiopiyada topilgan qadimgi odam ajdodining bosh suyak qoldiqlariga qarab uning yuz tuzilishini tiklashga erishdi. Shunga qaramay, Smitson tabiiy tarix muzeyi olimi Richard Potts Efiopiyadagi topilma odamlar nasabi haddan tashqari xilma-xilligidan dalolat berishi, maymundan odamga aylanish bosqichida esa Lyusi kabi ongga ega bir necha jonzotlar ham uchraganligini ta’kidlagan. Lyusi 1974-yilda aniqlangan bo‘lib, olimlar uni Sharqiy Afrikada topilgan birinchi odam qoldig‘i degan fikrda.
Taxminlarga ko‘ra, Afar Avstrolopiteki 3,8 million yil avval g‘orlarda yashagan. Uning rekonstruksiyasida AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniyadan bo‘lgan bir necha olimlar ishtirok etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |