Eng qadimgi odamlarning qiyofasi - Eng qadimgi odamlarning tashqi qiyofasi hozirgi odamlardan biroz farq qilgan. Ularning kalla suyagi katta, miya qutisi cho`ziq, peshonasi qiya bo`lgan. Qoshlari ostida esa ko`z usti tomon bo`rtib chiqqan qabartmalari bo`lgan. Qadimgi odamlarning tanasi baquvvat bo`lib, old tomonga biroz engashib yurganlar.
- Oyog`ining boldir suyaklari son suyaklariga qaraganda biroz kaltaroq bo`lgan. Bu esa , ularning tez chopishiga imkon bermagan. Olimlarning fikricha qadimgi odamlarning tanasi mayda jun bilan qoplangan bo`lgan. Qadimgi odamlar ko`p tomonlari bilan hozirgi odamlarga o`xshash bo`lganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |