Qadimgi odamlarning yashash joylari Qadimgi odamlar dastlab ulkan daraxtlarning kovaklarida va g‘orlarda yashaganlar. G‘orlar odamlarni yomg‘ir, shamol va sovuqdan saqlagan. Kechalari dahshatli yirtqich hayvonlar hujumidan saqlanish uchun g‘orga kiraverishda gulxan yoqib qo‘yilgan.G‘orlar yo‘q joylarda esa odamlar dastlab yarim yerto‘la qurishdi. Uning ustini tuproq bilan bekitdilar.U qish paytida eng sodda boshpana vazifasini bajardi. Iqlim isishi bilan kichik daryo bo‘ylari va buloqlarning yonlarida suyaklardan, mamontlarning qoziq tishlaridan va xodalardan sodda kulbalar qurishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |