Aynan mehnat tufayli odamzod o'zini saqlab qolgan. Uning bugungi qiyofadagi odamga aylanishiga sabab bo'lgan.Arxeolog olimlar odamzodning eng qadimgi ajdodlari suyak qoldiqlarini dastlab Janubiy va Sharqiy Afrikadan topganlar. Bundan eng qadimgi odamlar Afrikada paydo bo'lgan ekan-da, degan xulosa chiqarilmasligi lozim. Antropolog olimlar odamlarning bosh suyagi qoldiqlaridan ularning tashqi qiyofalarini tiklaganlar. Bu odamlar yashagan manzilgohlardan eng sodda mehnat qurollari qoldiqlari ham topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |