2.2. Optik port orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazish orqali
ENHAT ni tashkil etish
Optik port orqali hisoblagichlarda so‘rov o‘tkazish yordamida ENHAT
ni tashkil etish ENHAT tashkil etiladigan tizimlarning eng soda ko‘rinishi
bo‘lib hisoblanadi. Bunda hisoblagichlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanmagan.
Hisoblagichlar va ma’lumotlarni yig‘ish markazi orasida aloqa yo‘q. Barcha
hisoblagichlardagi ma’lumotlar operator hisoblagichlarni ko‘rib chiqish
jarayonida ularga so‘rov berish orqali amalga oshiriladi.
Hisoblagichlar vaqtini sinxronlashtirish ko‘chma kompyuter vaqti bilan
so‘rov jarayonida amalga oshiriladi. Ko‘chma kompyuter vaqti
ma’lumotlarni yig‘ish markazi vaqti bilan
hisoblagichlar
so‘roviga
topshiriqlar
fayllarini qabul qilish paytida amalga
oshadi.
Avtomatlashtirilgan
tizim
qurishning bu sxemasi boshqa sxemalarga
nisbatan
arzon
hisoblanadi.
Bu
variantdagi ENHAT ni qurish davomida
qurilma
va
vositalarni
qo‘llashni
maksimal
tejash
maqsadida
ma’lumotlarni yig‘ish markazi rolini ko‘chma kompyuterga yuklash mumkin.
33
So‘rov optik port orqali so‘rov natijalari faylini shakllantiradigan ko‘chma
kompyuterda joylashgan maxsus dasturiy ta’minot yordamida bajariladi.
Ma’lumotlarni yig‘ish markazi kompyuteri berilgan so‘rovga fayl-topshiriqni
shakllantiradigan va axborotlarni asosiy ma’lumotlar omboriga (MO)
yuklaydigan dasturiy modullar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
ENHAT ni tashkil etishning bu usuli kamchiliklari bo‘lib,
hisoblagichlardan ma’lumotlarni yig‘ishning murakkabligi va tizimda impuls
chiqishli elektron hisoblagichlardan foydalanishning imkoni yo‘qligi
hisoblanadi. Shuning uchun bu sxemani tijorat asosidagi hisobga olish
tizimini tashkil etish uchun tavsiya qilish mumkin. Uning tarkibida
axborotlarni xotirada saqlash moduli va EHM bilan almashinuv asosida
hisobga olish tizimi interfeysi bo‘lgan qimmat uncha ko‘p bo‘lmagan sonli
tijorat hisoblagichlari ishlatiladi.
Optik port orqali hisoblagichlarda so‘rovni o‘tkazilishi bilan ENHAT ni
tashkili etish quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:
iste’mol parametrlarini aniq o‘lchash:
korxona va uning obyektlari bo‘yicha energiya resurslari iste’molini
tijorat va texnik asosida hisobga olish;
berilgan limitlarga va quvvatni texnologik jarayonlarda cheklashlarga
nisbatan berilgan vaqt intervallarida (5, 30 minut, zonalar, smenalar, sutkalar,
dekadalar, oylar, kvartallar va yillar)
hisobga olish nuqtalari va ob’yektlari
bo‘yicha energiyadan foydalanishni nazorat qilish;
elektr energiyasini hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlarga qayta ishlov
berish va hisobotlarni shakllantirish;
ma’lumotlarning to‘liqligini tahlil qilish;
hisoblagichlarni tahlil qilish.
34
Do'stlaringiz bilan baham: |