Energiyani ratsional iste’mol qilish haqida


Kompressor va ventilyatorlarda energiya auditi



Download 163,8 Kb.
bet31/39
Sana06.01.2022
Hajmi163,8 Kb.
#321048
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
2 5188370474102429100

Kompressor va ventilyatorlarda energiya auditi

Beton buzuvchi, kuch bolg‘a, silliqlovchi mashina va vibrator, bo‘yoq pult va bo‘yoq sachratuvchi qurilmalarda siqilgan havo kuchidan foydalaniladi. Siqilgan havo kompressorlarda xosil qilinadi. Kompressorlardagi motorlarning quvvati bir necha yuz vattdan bir necha yuz kilovattgacha bo‘lishi mumkin. Katta hajmdagi gazli muhitni transportirovka qilishda quvvati minglab kilovattga bo‘lgan sinxron motorli kompressorlar ishlatiladi.

Kompressor elektr yuritmalarida elektr energiya sarfini kamaytirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq keladi:

1. Siqiladigan havoni qizdirish va havo o‘tkazgichdagi issiqlik izolyasiyasini qo‘llash havo isrofini kamaytiradi, bu esa o‘z – o‘zidan elektr energiya sarfini kamaytiradi. Bu holda elektr energiyadan iqtisod qilish ushbu formula bilan hisoblanadi:

Э  0,22Qt,

bu erda Qsiqilgan havo miqdori, m3/min,  havo o‘tkazgichga o‘rnatilgan issiqlik izolyasiyasi qurilmasigacha va qurilmadan keyingi o‘tkazgichdagi haroratlarning ayirmasi (yil davomidagi o‘rtacha qiymati),



0S,  1 m3 siqilgan havo olish uchun sarf bo‘lgan elektr energiya, kVt*s/ m3, t – yil davomida kompressorning ishlagan vaqti, soat.

Misol: Iste’molchiga yuborilayotgan siqilgan havoning harorati 200S dan 400S ga ko‘targanimizda kompressor elektr yuritmasi qancha elektr energiyani iqtisod qiladi?

Echimi: Q = 10 m3/min, t = 3000 soat,  = 0.08 kVt*s/ m3.

Bir yilda iqtisod qilingan elektr energiya

Э 0,2210200,083000 10560kBtсоат.


  1. Siqilgan havo sizib chiqishini kamaytirish kerak. Havoning sizib chiqishi vaqtidagi elektr energiya isrofi quyidagi formula bilan hisoblanadi:

Э nt,

bu erda  armatura va qisgichlarda havo isrofi, m3/min, n – siqilgan havo sizib chiqib ketayotgan joylar soni, t – havo o‘tkazgichning

bosim ostida bo‘lib turgan vakt, soat.


  1. Kompressorning nominal bosimiga qarab ishchi mexanizmlarni tanlash kerak. Agar kompressorning bosimi ishchi mexanizm bosimidan yuqori bo‘lganda elektr energiya isrofi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

Э Д(А1  А2)60Qt

367200t Э n m н

bu erda A1,A2 – bosimni kamayishidan oldin va keyin 1 m3 havoni siqish uchun sarf bo‘lgan ish miqdori, kgm/m3; Q – kompressordan chiqayotgan siqilgan havoning miqdori, m3/min; t – kompressorning bir yil davomida ishlagan vaqti, soat; t ,Э ,n,m ,H  elektr tarmogi, motor, uzatish qurilmasi, kompressorning mexanik va nndikator FIK lari; D – kompressorning ishlashi davomida emirilishi natijasida qo‘shimcha elektr energiya isrofining oshishini hisobga oluvchi koeffitsient(D = 1,1).

Kompressor bosimining 15% kamayishi elektr energiya isrofini qariyib 8 % ga kamayishiga olib keladi.



  1. Pnevmatik asboblarni elektr asboblari bilan almashtirish elektr energiyadan 7 – 10% iqtisod qilish imkonini beradi.

  2. So‘rib olinayotgan havo haroratini 3% oshishi kompressordan chiqayotgan siqilgan havo miqdorini 1% ga kamaytiradi, bu esa elektr energiya sarfini oshiradi. SHuning uchun odatda havo so‘ruvchi quvurlar oq rangga bo‘yalib, quyosh nuri tushishidan muhofaza qilinishi zarur.

  3. Kompressorning ishlab chiqarish unumdorligini siqilgan havo miqdorining o‘zgarishiga qarab rostlash lozim.

  4. Smena o‘zgarishi va tushlik vaqtlarida kompressorlarni o‘chirib qo‘yish kerak.

  5. Tezliklari rostlanmaydigan kompressorlardagi asinxron motorlarning tarmoqdan olayotgan reaktiv quvvatini yuklanganlik darajasiga qarab rostlash elektr energiyadan samarali foydalanishning asosiy tadbirlaridan biridir.

Metall konstruksiyalari va ular asosidagi inshoatlarni quritish maqsadida, shuningdek xonalarni isitish uchun turli qizdirgichlar bilan komplektda ventilyatorlar ham keng qo‘llaniladi. Ularda qo‘llaniladigan motorlar asosan asinxron motorlar bo‘lib quvvati bir necha yuz vattdan to o‘nlab kilovattgacha bo‘ladi.

Ventilyasion qurilmalarda sarf bo‘layotgan elektr energiyani iqtisod qilish uchun quyidagi amaliy choralar ko‘rish lozim:

1. Iqtisodiy jihatdan ma’qul bo‘lmagan ventilyatorni iqtisodiy jihatdan ma’qul bo‘lgani bilan almashtirish natijasida:

Э 10 3 *thQ2(*21*1Э)*с


bu erda t – ventilyatorning ishlash vakti, soat; h – ventilyator hosil qilgan bosim. Pa;

Q – ventilyatordan chiqaetgan havoning miqdori; m3/s;

1,2,, o‘rnatilayotgan va almashtirilayotgan ventilyatorlarning, elektr motorning, elektr tarmoqning FIK lari.


  1. Tushlik va smenalar almashinuvi vaktida ventilyatorlarni o‘chirib qo‘yish kerak (shunda elektr energiyadan kilinadigan iqtisod 20% ni gashkil etadi).

  2. Ventilyator konstruksiyasini takomillashtirish (ishchi g‘ildirakdagi parraklarning og‘ish burchaklarini o‘zgartirish, yo‘naltiruvchi apparat parraklarini korreksiyalash va h.k.).

SHu tadbirlar natijasida iqtisod kilinadigan elektr energiya kuyidagi formula bilan aniklanadi:

Э  10 (Q3 *1h121*1Q*2h2Э*2)с

bu erda Q1,Q2 – ishlab chiqarish rejiminn o‘zgartirguncha va undan so‘ng ventilyatordan chiqayotgan havoning miqdori, m3/s; h1, h2 - ishlab chiqarish rejimi o‘zgarguncha va undan sung ventilyator hosil qilgan bosim,

Pa; 1,2  ishlab chiqarish rejimi o‘zgarguncha va undan so‘ng ventilyatorning FIK lari;



  1. Ventilyatordan chiqayotgan havoning miqdorini rostlash uchui shiperlar o‘rniga ko‘p tezlikli motorlarni qo‘llash elektr energiyadan 30% iqtisod qilish imkonini beradi. SHuningdek chastota buyicha boshqariladigan asinxron elektr yuritmalarni qo‘llash xam ko‘p samara beradi.

  2. Ventilyatorni montaj qilishda va ta’mirlashda kamchiliklarni yuqotish kerak.

Tashqi havoning harorati buyicha teskari boglanishli ventilyasion qurilmalarning avtomatik boshkaruv tizim sxemalarini amalda qo‘llash elektr energiyadan 10 – 15% iqtisod qilishga olib keladi.


Download 163,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish