Kompressor va ventilyatorlarda energiya auditi
Beton buzuvchi, kuch bolg‘a, silliqlovchi mashina va vibrator, bo‘yoq pult va bo‘yoq sachratuvchi qurilmalarda siqilgan havo kuchidan foydalaniladi. Siqilgan havo kompressorlarda xosil qilinadi. Kompressorlardagi motorlarning quvvati bir necha yuz vattdan bir necha yuz kilovattgacha bo‘lishi mumkin. Katta hajmdagi gazli muhitni transportirovka qilishda quvvati minglab kilovattga bo‘lgan sinxron motorli kompressorlar ishlatiladi.
Kompressor elektr yuritmalarida elektr energiya sarfini kamaytirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq keladi:
1. Siqiladigan havoni qizdirish va havo o‘tkazgichdagi issiqlik izolyasiyasini qo‘llash havo isrofini kamaytiradi, bu esa o‘z – o‘zidan elektr energiya sarfini kamaytiradi. Bu holda elektr energiyadan iqtisod qilish ushbu formula bilan hisoblanadi:
Э 0,22Qt,
bu erda Qsiqilgan havo miqdori, m3/min, havo o‘tkazgichga o‘rnatilgan issiqlik izolyasiyasi qurilmasigacha va qurilmadan keyingi o‘tkazgichdagi haroratlarning ayirmasi (yil davomidagi o‘rtacha qiymati),
0S, 1 m3 siqilgan havo olish uchun sarf bo‘lgan elektr energiya, kVt*s/ m3, t – yil davomida kompressorning ishlagan vaqti, soat.
Misol: Iste’molchiga yuborilayotgan siqilgan havoning harorati 200S dan 400S ga ko‘targanimizda kompressor elektr yuritmasi qancha elektr energiyani iqtisod qiladi?
Echimi: Q = 10 m3/min, t = 3000 soat, = 0.08 kVt*s/ m3.
Bir yilda iqtisod qilingan elektr energiya
Э 0,2210200,083000 10560kBtсоат.
Siqilgan havo sizib chiqishini kamaytirish kerak. Havoning sizib chiqishi vaqtidagi elektr energiya isrofi quyidagi formula bilan hisoblanadi:
Э nt,
bu erda armatura va qisgichlarda havo isrofi, m3/min, n – siqilgan havo sizib chiqib ketayotgan joylar soni, t – havo o‘tkazgichning
bosim ostida bo‘lib turgan vakt, soat.
Kompressorning nominal bosimiga qarab ishchi mexanizmlarni tanlash kerak. Agar kompressorning bosimi ishchi mexanizm bosimidan yuqori bo‘lganda elektr energiya isrofi quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Э Д(А1 А2)60Qt
367200t Э n m н
bu erda A1,A2 – bosimni kamayishidan oldin va keyin 1 m3 havoni siqish uchun sarf bo‘lgan ish miqdori, kgm/m3; Q – kompressordan chiqayotgan siqilgan havoning miqdori, m3/min; t – kompressorning bir yil davomida ishlagan vaqti, soat; t ,Э ,n,m ,H elektr tarmogi, motor, uzatish qurilmasi, kompressorning mexanik va nndikator FIK lari; D – kompressorning ishlashi davomida emirilishi natijasida qo‘shimcha elektr energiya isrofining oshishini hisobga oluvchi koeffitsient(D = 1,1).
Kompressor bosimining 15% kamayishi elektr energiya isrofini qariyib 8 % ga kamayishiga olib keladi.
Pnevmatik asboblarni elektr asboblari bilan almashtirish elektr energiyadan 7 – 10% iqtisod qilish imkonini beradi.
So‘rib olinayotgan havo haroratini 3% oshishi kompressordan chiqayotgan siqilgan havo miqdorini 1% ga kamaytiradi, bu esa elektr energiya sarfini oshiradi. SHuning uchun odatda havo so‘ruvchi quvurlar oq rangga bo‘yalib, quyosh nuri tushishidan muhofaza qilinishi zarur.
Kompressorning ishlab chiqarish unumdorligini siqilgan havo miqdorining o‘zgarishiga qarab rostlash lozim.
Smena o‘zgarishi va tushlik vaqtlarida kompressorlarni o‘chirib qo‘yish kerak.
Tezliklari rostlanmaydigan kompressorlardagi asinxron motorlarning tarmoqdan olayotgan reaktiv quvvatini yuklanganlik darajasiga qarab rostlash elektr energiyadan samarali foydalanishning asosiy tadbirlaridan biridir.
Metall konstruksiyalari va ular asosidagi inshoatlarni quritish maqsadida, shuningdek xonalarni isitish uchun turli qizdirgichlar bilan komplektda ventilyatorlar ham keng qo‘llaniladi. Ularda qo‘llaniladigan motorlar asosan asinxron motorlar bo‘lib quvvati bir necha yuz vattdan to o‘nlab kilovattgacha bo‘ladi.
Ventilyasion qurilmalarda sarf bo‘layotgan elektr energiyani iqtisod qilish uchun quyidagi amaliy choralar ko‘rish lozim:
1. Iqtisodiy jihatdan ma’qul bo‘lmagan ventilyatorni iqtisodiy jihatdan ma’qul bo‘lgani bilan almashtirish natijasida:
Э 10 3 *thQ2(*21*1Э)*с
bu erda t – ventilyatorning ishlash vakti, soat; h – ventilyator hosil qilgan bosim. Pa;
Q – ventilyatordan chiqaetgan havoning miqdori; m3/s;
1,2,, o‘rnatilayotgan va almashtirilayotgan ventilyatorlarning, elektr motorning, elektr tarmoqning FIK lari.
Tushlik va smenalar almashinuvi vaktida ventilyatorlarni o‘chirib qo‘yish kerak (shunda elektr energiyadan kilinadigan iqtisod 20% ni gashkil etadi).
Ventilyator konstruksiyasini takomillashtirish (ishchi g‘ildirakdagi parraklarning og‘ish burchaklarini o‘zgartirish, yo‘naltiruvchi apparat parraklarini korreksiyalash va h.k.).
SHu tadbirlar natijasida iqtisod kilinadigan elektr energiya kuyidagi formula bilan aniklanadi:
Э 10 (Q3 *1h121*1Q*2h2Э*2)с
bu erda Q1,Q2 – ishlab chiqarish rejiminn o‘zgartirguncha va undan so‘ng ventilyatordan chiqayotgan havoning miqdori, m3/s; h1, h2 - ishlab chiqarish rejimi o‘zgarguncha va undan sung ventilyator hosil qilgan bosim,
Pa; 1,2 ishlab chiqarish rejimi o‘zgarguncha va undan so‘ng ventilyatorning FIK lari;
Ventilyatordan chiqayotgan havoning miqdorini rostlash uchui shiperlar o‘rniga ko‘p tezlikli motorlarni qo‘llash elektr energiyadan 30% iqtisod qilish imkonini beradi. SHuningdek chastota buyicha boshqariladigan asinxron elektr yuritmalarni qo‘llash xam ko‘p samara beradi.
Ventilyatorni montaj qilishda va ta’mirlashda kamchiliklarni yuqotish kerak.
Tashqi havoning harorati buyicha teskari boglanishli ventilyasion qurilmalarning avtomatik boshkaruv tizim sxemalarini amalda qo‘llash elektr energiyadan 10 – 15% iqtisod qilishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |