Asosiy qism
Elektron kuchaytirgichlar
Elektron kuchaytirgich deb, kirish signali quvvati (kuchlanish, tok)ni kuchaytiruvchi tashqi elementlar (yarim o‘tkazgichli asboblar, elektron lampalar va boshqalar) yordamida tashqi manba energiyasi hisobiga oshiruvchi qurilmaga aytiladi.
3-rasm Kuchaytirgichning elektr signalini kuchaytirish zanj iriga
ulanish sxemasi
3-rasmda kuchaytirgichning elektr signalini kuchaytirish zanjiriga ulanish sxemasi keltirilgan va bunda: 1-tashqi signal manbai; 2- kuchaytirgich; 3- energiya manbai; 4 – (yuklangan) qarshilik.
Kirish signalining manbai (datchik) vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi har xil amplituda, chastota va shaklli Ukir (tok ikir) kuchlanishni hosil qiladi. Kuchaytirgich yuklamasi(nagruzka usilitelya)ni – chiziqli passiv ikki qutblik (dvuxpolyusnik) qurilma deb tasavvur etish mumkin. Kuchaytirgichning o‘zini kirish va chiqish qisqich (zajim) juftlari bilan ba’zan unga kiradigan elementlar xarateristikalarining nochiziqligi (nelineynost) tufayli, nochiziq to‘rtqutblik (cheto‘rexpolyusnik) qurilma sifatida tasavvur etish mumkin.
3b-rasmda kuchaytirgichlarning sxemalardagi shartli belgilanishi keltirilgan. Kirish Ukir va chiqish Uchiq kuchlanishlari umumiy chiqishga nisbatan o‘lchanadi. Kuchaytirgichning soddalashtirishgan tasvirida uni faqat kirish va chiqishdan iborat to‘rtburchak tarzida ko‘rsatiladi, bunda ta’minlovchi kuchlanish Un va umumiy chiqish tushirib qoldiriladi. Kuchaytirgich parametrlarining yaxshi barqarorligini ta’minlab beruvchi manfiy teskari aloqa kuchaytirish koeffisientini keskin kamaytiradi. Katta KU qiymatini olish uchun keng polosali ko‘p bosqichli kuchaytirgichlar qo‘llaniladi. 6.6 – rasmda ketma - ket – parallel teskari aloqali uch bosqichli kuchaytirgich prinsipial sxemasi keltirilgan. Birinchi UE bosqich VT1 tranzistorda bajarilgan, unda tok bo‘yicha mahalliy ketma –ket MTA mavjud bo‘lib, u RE1 da bajarilgan. Ikkinchi bosqich VT2 tranzistorda bajarilgan. Uchinchi bosqich VT3 tranzistorda bajarilgan bo‘lib, RE3 rezistor mahalliy MTAni amalga oshiradi.
Mahalliy MTAdan tashqari kuchaytirgichda umumiy teskari aloqa qo‘llanilgan. U kuchaytirgich bosqich chiqishini VT1 tranzistor emitteri bilan bog‘lovchi RTA rezistor zanjirida bajarilgan. Mahalliy (bosqichlar ichidagi) teskari aloqalarga nisbatan butun kuchaytirigichni qamrab oladigan teskari aloqa, yanada yuqori barqarorlikni hamda alohida bosqichlarni kuchaytirish koeffisienti og‘ishiga sezgirlikni kamayishini ta’minlaydi integral kuchaytirgich yasashda asos hisoblanadi.
Lekin teskari aloqali asosiy uch bosqichli kuchaytirgichdan tashqari, integral kuchaytirgich sxemasi kichik chiqish qarshiligini ta’minlash uchun va kuchaytirigichda qo‘shimcha keng polosalik, chidamlilik, temperaturaviy barqarorlik va o‘zidan oldingi chiqish bosqichi kuchlanishi o‘zgarmas tashkil etuvchisini keyingi bosqich kirish kuchlanishi o‘zgarmas tashkil etuvchisi bilan muvofiqlashni ta’minlash uchun chiqish bosqichi sifatida emitter qaytargichga ega bo‘ladi. Gap shundaki, turli katta sig‘imlarga ega bo‘lgan kondensatorlarning mavjud emasligi tufayli barcha bosqichlar o‘zgarmas tok bo‘yicha o‘zaro bog‘langan.
Analog integral mikrosxemalar elementar negiz bosqichlar asosida yasaladilar. Negiz bosqichlarga UE sxemada ulangan bipolyar tranzistorlar hamda UI sxemada ulangan maydoniy tranzistorlardan yasalgan bir bosqichli kuchaytirgichlar kiradi. Negiz bosqichlar bir vaqtning o‘zida tok yoki kuchlanish, hamda tok va kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish bilan quvvatni kuchaytiradilar.
Umumiy emitter sxemada ulangan bipolyar tranzistorda yasalgan kuchaytirgich bosqichi eng keng tarqalgan. Kuchaytirgich tahlil qilinganda signal manbai yoki qarshilik RG bilan ketma – ket ulangan ideal kuchlanish manbai YeG ko‘rinishida yoki qarshilik RG bilan parallel ulangan ideal tok manbai IG ko‘rinishida ifodalanishi mumkin.
Kuchaytirgichning eng ahamiyatli parametri bo‘lib quvvatni kuchaytirish koeffitsienti hisoblanadi va u chiqish signali quvvatini o‘zgarishining kirish signali quvvatining o‘zgarishiga nisbati orqali
aniqlanadi
Kр ΔPchiq / ΔPkir .
Undan tashqari kuchlanish
Ku ΔUchiq / ΔUkir
va tok
Ki ΔIchiq / ΔIkir .bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |