Energetika fakulteti xakimjonov baxromjon xakimjon o‘G‘LI



Download 360,66 Kb.
bet4/14
Sana21.07.2022
Hajmi360,66 Kb.
#833112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
diser 2022 lotin

Ilmiy ishning ob’ekti. Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari korxonasi.
Tadqiqotning predmeti. Vodiy iste’molchilariga elektr energiya etkazib berish manbalari va rivojlanish undagi muammolarni hal etish hisoblanadi.
Ishning amaliy ahamiyati. Mazkur ish natijalarini energetika fanidan ma’ruza darslariga ma’ruza matni va mustaqil ishlar shaklida hamda soha mutasaddi muassasalari tanishib chiqishlari uchun tavsiya etish mumkindir.
Magistrlik ishining tarkibiy tuzilishi. kirish, 3 ta bob, ____ ta bo‘lim, ____ ta rasm, ____ ta jadval, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovalardan tashkil topgan.


I–BOB

VODIY ISTE’MOLCHILARIGA ELEKTR ENERGIYA ETKAZIB BERISH MANBALARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI.

1.1. Xalq xo‘jaligining farovonligini oshirishda elektr

energiyaning o‘rni


Elektr energiya–energiyalarning universal bir formasi bo‘lib, u oldiga quyilgan barcha vazifalarni bajara oladi;
–elektr energiyani ishlab chiqaruvchi qurilmalarni tuzulishi va ishlash prinsipini o‘rgatadi;
–elektr energiyasiga ishlaydigan elektr mashinalarini tuzulishi va ishlash prinsipini o‘rgatadi;
–elektr energiyasini boshqarish va himoya vositalarini tuzilishi va ishlatilish sohalarini o‘rgatadi;
–ishlab chiqarishni qar taraflama avtomatlashtirishga imkon beradi.
XX asr energetika va elektrlashtirish sohasida muhim davr hisoblanadi. CHunki, bu davr radio va yarim o‘tkazgichlar texnikasining paydo bo‘lishini, televideniyaning kashf etilishi, avtomatika va telemexanikani taraqqiy etishi, mikroelektronika va energetikaning misli ko‘rilmagan darajada o‘sishi, integral mikrosxemani va atom energiyasining kashf etilishi va taraqqiyoti bilan chambarchas boqliqdir.
Hozirgi kunda elektr energiyasidan foydalanuvchi qurilmalarni takomillashib borishi, texnologik jarayonlarni shunday tezlikda va aniqlikda bajarilishini ta’minlaydiki uni inson sezgi organlari bilan sezib ko‘rib boshqara olmaydi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarish jarayonlarida avtomatlashtirishni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, halq xo‘jaligini mexanizasiyalash va avtomatlashtirish soqalarida erishilgan yutuqlarni elektr energiyasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Energetika inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi, ularning turli ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini ko‘paytirish imkonini beradi. Inson sivilizasiyasining rivojlanishi foydalanilayotgan energiya hajmi va turlari bilan har doim chambarchas bog‘liq bo‘lgan.
Hozirgi avlod ko‘z o‘ngida sodir bo‘layotgan global fojia sababi shun dan iboratki, XX asr davomida, ayniqsa, so‘nggi 50 yil ichida odamlarning iqtisodiy rivojlanish maqsadida energiyadan foydalanish miqdori ancha oshdi. Bu esa atrof–muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. CHunki, iqlimning dunyo miqyosida global o‘sib ketishi, yoqilg‘ining organik turlaridan foydalanadigan issiqlik elektr stansiyalarining ishlashi natijasi da yuzaga keladigan, shuningdek, tobora ko‘payib borayotgan ichki yonish dvigatellarining atmosferaga chiqarayotgan gazlar bilan bevosita bog‘liq.
Elektr energiyasiga bo‘lgan talabning oshib borayotgani uning sarf–harajatlarini kamaytirish hamda undan tejamkorlik bilan foydalanish uslublarini qo‘llashni taqozo etmoqda. SHuning uchun energiya tejaydigan uskuna va moslamalardan foydalanish sohadagi muhim vazifalardan biridir. Bu iste’mol qilinayotgan umumiy energiya hajmini kamaytiribgina qolmay, balki iste’molchilar mablag‘ini ham tejash imkonini beradi. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarila yotgan va keng foydalanilayotgan energiya tejaydigan lyuminessent lampalar bunga yorqin misol bo‘la oladi. Kam energiya sarflaydigan ushbu lampalardan uzoq muddat foydalanish mumkin.
Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash minglab odamlar mehnati samarasidir. Undan oqilona foydalanish orqali biz nafaqat o‘z burchimizni bajargan, balki mamlakatimiz farovonligiga ham hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Download 360,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish