2.3. Dinamik turg‘unlikni ta’minlash Dinamik turg‘unlik deb energotizimning qisqa tutashuv natijasida parametrlarni keskin o‘zgarishiga qaramay asinxron rejimga kirmay turg‘un, normal rejimga qaytishiga aytiladi. Dinamik turg‘unlik quyidagi sxema orqali izohlanadi.
Energotizimda sodir bo‘ladigan favqulodda qisqa tutashuvlar natijasida elektr stansiya generatorlarini elektr quvvati keskin kamayadi, ayniqsa eng og‘ir vaziyat uch fazali qisqa tutashuv paytida sodir bo‘ladi. Dinamik turg‘unlikni analiz qilishda generatorlarni yuklama va burchak xarakteristikasidagi tezlik va tormozlash yuzlarini solishtirish metodidan foydalaniladi.
Diagrammada uchta xarakte-
ristika keltirilgan:
A - normal rejim;
V – qisqa tutashuv payitida-
gi rejim;
S – qisqa tutashuv bartaraf
etilgandan keyingi rejim.
1,2 – nuqtalar qisqa tutashuv
sodir bo‘lgan payt.
3,4 – qisqa tutashuv o‘tgan payt.
Dinamik turg‘unlikni saqlab qolish sharti:
Stezlik < Stormozlash, tormozlash yuzasi tezlanish yuzasidan katta bo‘lishi kerak, ya’ni qisqa tutashuv qancha tez o‘chirilsa tezlanish yuzasi shuncha kichik bo‘ladi, yoki qisqa tutashuv qancha kech bartaraf etilsa tezlanish yuzasi shuncha kattalashib dinamik turg‘unlikni saqlab qolish imkoni bo‘lmay, asinxron rejimga o‘tib ketadi.
Dinamik turg‘unlikni saqlab qolish 4 ta vaziyatga bog‘liq bo‘ladi.
1. Qisqa tutashuv turi va sodir bo‘lish joyi.
2. Qisqa tutashuvni o‘chirish vaqti (bartaraf etilishi).
3. Generatorlarni quvvati.
4. Avariyadan keyingi rejim sharoitlari.
III bob ASINXRON REJIMNI KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNI ENERGOTIZIM TURG‘UNLIGIGA TA’SIRI 3.1. Vodiyning 500 kV va 200 kV podstansiyalarida asinxron rejimni bartaraf etish avtomatikalarini qo‘llanilishi Asinxron rejim kelib chiqish sabablari va uni turg‘unliklarini buzilishi asinxron rejimni (AR) yuzaga keltirishi yuqorida aytib o‘tildi. Asinxron rejim mohiyati va ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqamiz. AR hosil bo‘lgan energotizimni har xil joylarida (elektr stansiyalarda) asinxron ishlayotgan generatorlarni EDS burchaklari bir – biriga nisbatan davriy o‘zgarishlari 0° dan 360° gacha og‘ish (skoljenie) chastotasi orqali namoyon bo‘ladi. AR vaqtida Eg – generatorlar EDSi Es – sistema EDSiga nisbatan 0° dan 360° gacha o‘zgarishi davriy ravishda o‘zgaradi, bu vaqtda elektr stansiya energotizimga Rakt – aktiv quvvat berishi to‘xtaydi. Stansiyada Rakt – ortiqcha, energotizimda esa Rakt – etishmovchiligi hosil bo‘ladi.
CHastota nisbiy og‘ishi (skoljenie) quyidagi formula bilan ifodalanadi: fS% 100, fS = fr – fC bu erda: fS – chastota og‘ishi;
fr – generatorlar og‘ishi;
fC – energotizim og‘ishi;
- normal og‘ish.
Generatorlar burchak tezliklari farqi yuzaga keladi ωs = ωr – ωc.
bu erda: ωr – generator burchak tezligi ortib boradi;
ωc – energotizimdagi boshqa stansiyalar generatorlari burchak tezligi kamayadi;
ωn – normal rejim burchak tezligi.
AR parametr ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat:
1. Eg va Es EDSlarni va ular orasidagi burchakni davriy
o‘zgarishi.
2. Asinxron EDSga bog‘liq nuqtalarda elektr toklarini davriy o‘zgarishi.
3. Energotizim inshoatlaridagi havo liniyalari va shinalarda normal rejimdan keskin farqli o‘laroq qarshiliklar o‘zgarishi.
4. Rakt – aktiv quvvatni davriy o‘zgarishi.
5. Tebranishlar elektr markazining vujudga kelishi (E.S.K-elektr sentr kachaniy).
Tebranishlar elektr markazida (ESK) kuchlanish nolgacha kamayadi va Eg, Es ga nisbatan 360° ga o‘zgaradi.
Ushbu diagrammada AR vaq-
tidagi aktiv va elektr toki-
ning davriy o‘zgarishilari
ko‘rsatilgan. AR 2-3 mi-
nutdan ortiq davom etishi
elektr stansiya generator-
lariga shikast etkazishi
mumkin, bunga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davriy 2-3 sikl davomida energotizimni bir necha qismlarga ajratib yuboradigan avtomatika ishlatiladi. Qisqa muddat (2 sikldan kamroq) davom etgan AR dan so‘ng resinxronizatsiya qilish imkoni bor. Ushbu diagrammada resinxronizatsiya nuqtasi ko‘rsatilgan.
Direktiv materiallarga asosan ARni 2 minutdan oshirmaslik talabi ko‘rsatilgan (sbornik direktivnыx materialov 1985 g. Moskva) Energo tizimni bo‘laklarga ajratadigan jihozlarni ALAR (avtomatika likvidatsii asinxronnogorejima) deb yuritiladi. (dissertatsiyaning ushbu bandiga energotizimni Farg‘ona qismi bilan g‘isoblangan turg‘unlik hisoblashlari va sxemasi ilova qilinadi???) .III gruppa ALAR avtomatiasi energotizimda sodir bao‘ladigan favqulotda avariyali o‘chishlar natijasida tizim statik va dinamik turg‘unliklari buzilib asinxron rejim yuzaga kelishi mumkin, ushbu rejimni kelib chiqish sabablari, mohiyati va xalokatli oqibatlarga olib kelishi yuqorida ko‘rib chiqilgan. ALAR o‘rnatilgan NSda avtomatikani puskvoy organi diagrammasi va sxemasi quyidagi rasimda ko‘rsatilgan.
500 kV Xl “YAngi – Angren TES – NS O‘zbekiston” va 500 kV NS O‘zbekiston qurilishlari munosabati bilan AJ “Energotarmoqloyiha” instituti tomonidan ishlab chiqilgan № 3512 (4) – 16 – t.4 loyihaga asosan YAngi – Angren TES, NS O‘zbekiston va 220 kV NSlar: Sardor, Obi-xayot,Fergana, Uzgarishga raqamli mikroprotsessorli ALAR – S – avtomatikalari o‘rnatilishi ko‘rsatilgan. ALAR – S avtomatikalarini tuzilishi, qisqacha tavsifi va asbob – uskunalarni tanlash alohida kompyuter programmasida amalga oshirilgan. ? va sxemalari ishlab chiqilgan. SHu programmaga asosan quyidagi ma’lumotlarni keltiraman. ?
Farg‘ona vodiysining 500 kV va 220 kV tarmoqlarida avariyaga qarshi rejim avtomatikalarining qo‘llanishi. Avariyaga qarshi rejim avtomatikalari 5 gruppaga bo‘linadi.
Energotizim stansiyalarini parallel ishlashi turg‘unligini ta’minlash uchun yuklamalarni avtomatik ravishda engillash.
Energotizimda chchastotani xavfli ortib ketishiga qarshi avtomatika.
ALAR – asinxron rejimga qarshi avtomatika.
Kuchlanishni xavfli ortib ketishiga qarshi avtomatika (elektr stansiyalarda ishlatiladi).
Energotizimda chastotani xavfli pasayib ketishiga qarshi
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki bugungi kunda foydalanilayotgan 110 kV li havo uzatmalarini Farg‘ona vodiy viloyatlarida keng qo‘llash va uni targib etish chora tadbirlari to‘g‘risidagi ishlarni olib borish hamda fanga yangi ma’lumotlarni kiritishdan iborat.