IV. YAkunlovchi qoidalar 22–modda. Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi xalqaro hamkorlik
Quyidagilar xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridir:
–energiya jihatidan samarali texnologiyalarni chet el va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli ayirboshlash;
–energiyadan oqilona foydalanishni ta’minlovchi qo‘shma davlatlararo loyihalarni respublikada ro‘yobga chiqarish;
–energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi xalqaro loyihalarda ishtirok etish;
–energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlarini xalqaro standartlarning talablariga moslash, shuningdek sertifikatlash natijalarini o‘zaro e’tirof etish.
23–modda. Xalqaro shartnomalar
Agar O‘zbekiston Respublikasi qatnashgan xalqaro shartnomada ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
24–modda. Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi Qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi Qonun hujjatlarini buzgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Energotizim turg‘unligini ta’minlash choralari. Statik turg‘unlikni ta’minlash. O‘zbekiston energotizimidagi 500 kV HL qatori 500 kV li “YAngi-Angren”-O‘zbekiston PS HL da ham quvvatni o‘zgarishi va favqulodda o‘chishlar sodir bo‘lganda OPGW OTK orqali avariyaga qarshi buyruq-signallari o‘tadi. Ushbu buyruq-signallari markaziy boshqaruv pulti bilan bog‘langan bo‘lib energotizimning turg‘unligini ta’minlash vazifalarini bajaradi. Energotizim turg‘unligi statik va dinamik turg‘unliklarga bo‘linadi.
Statik turg‘unlik deb-tarmoq orqali maksimal quvvatni (Rmax), belgilangan vaqt me’yorida uzatish qobilyatigi aytiladi (rejim parametrlarini oz miqdorda o‘zgarishi turg‘unlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi). Quvvat (Rmax) maksimal miqdorga etganda statik turg‘unlik chegarasi deyiladi. 2.2.1 vektor diagrammadan quyidagi ifodani yozamiz:
Ia.Xred=Eg. Sinδ; Ia= .Sinδ
Aktiv tok Ia qiymatini aktiv quvvat formulasiga qo‘yamiz:
R=Uc.Ia= Sinδ
burchak δ=90° bo‘lganda Rmax-maksimumga erishib formula quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Rold= Rmax =
Statik turg‘unlik talabi asosida Rmax-maksimal quvvatni uzatish turbogeneratorni yuklama diagrammasida quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
1-normal rejim
2-ishonchsiz rejim
3-statik turg‘unlik chegarasi
Statik turg‘unlik statizm koeffitsienti bilan izohlanadi Kst =20%. Qo‘shimcha cheklov qilmaslik va yoqilg‘i resurslarini iqtisod qilish bo‘yicha Kst =10% yoki 5% ham bo‘lishi mumkin.
Energotizim stansiyalarida ishlayotgan turbogeneratorlar yuklama diagrammasining 1-3 nuqtalari orasida ishlashi maqsadga muvofiq va normal rejim deb ataladi. 500 kV va 220 kV Xl-tarmoqlari orqali Rmax -maksimal quvvatga yaqin bo‘lgan quvvat uzatilganda generatorlarning yuklama rejimi ishonchsiz chegaraga o‘tib qolish havfi yuzaga keladi, bu vaqtda Kst –statizm koeffitsienti ishlatiladi. Ruxsat etilgan quvvat (Rdop) quyidagi formula bilan ifodalanadi:
∆R-quvvat o‘zgarishi chastotasining og‘ishi orqali ifodalanadi:
bunda: Ks - statik xarakteristikani og‘ish ko‘rsatkichi;
∆𝑓/𝑓° - chastota og‘ish me’yori;
RƩ – energotizim to‘liq quvvati.
Statik turg‘unlik talablari asosida elektr stansiyadan energotizimga uzatish mumkin bo‘lgan quvvat rejimini quyidagi sxema orqali izohlash mumkin.