Bog'liq Endogen o`sish nazariyasi va kapital jamlashga ta`siri MUSTAQIL ISH
Ushbu laureatlar o‘nlab yillar davomida global yondashuvni talab qiladigan global muammolarga yondashdi. Shuning uchun ham Shvetsiya Fanlar Akademiyasi ularni Nobel mukofotiga loyiq deb topdi.
Romer va Nordhaus asosiy savolga qarab yana bir qadam tashladi: nima uchun iqtisod o‘sadi? O‘sishni barqarorlashtirish va har tomonlama rivojlantirish uchun nima qilish kerak? Bu esa o‘z navbatida kambag‘allik va tengsizlikka barham beradi.Romer iqtisodiy o‘sishning asosida texnologik rivojlanish yotadi degan nazariyani ishlab chiqdi.Shuningdek, texnologiya vujudga kelishining eng yaxshi muhiti bozor iqtisodiyoti ekanligini ham isbotlab berdi.
Nordhaus esa issiqxona gazlarining chiqindilari iqtisodiy rivojlanish bilan qanday bog‘langanini tushuntirib berdi.Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishi oqibatida odamlarning yaxshi hayoti qaydarajada yomonlashishini ham hisoblab ko‘rsatib berdi.Jahon iqtisodiy o‘sishining jumbog‘i haligacha yechilmagan. Biroq, Romer va Nordhaus jumboqning qismlarini birlashtirib, turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan siyosiy qarorlar uchun ilmiy asos yaratdi.
Romer va Nordhaus iqtisoddagi uzoq muddatli tendensiyalarni o‘rganyapti: bu tendensiyalar qisqa davriy o‘zgarishlarni emas, balki juda uzoq vaqtni talab qiladi. Va ular hukumatga zarardan qochishi uchun siyosatni vaqtida o‘zgartirishga imkon beradigan model yaratadi.
1920-yilda ingliz iqtisodchisi Artur Pigu “Farovonlikning iqtisodiy nazariyasi” asarida “yirtqich” kapitalizm va erkin bozor umumiy boylik va farovonlikning o‘sishi uchun maqbul muhit emasligini yozgan. Barcha moliyaviy muammolar davlat tomonidan tartibga solinishi kerak.
1920-yilda ingliz iqtisodchisi Artur Pigu “Farovonlikning iqtisodiy nazariyasi” asarida “yirtqich” kapitalizm va erkin bozor umumiy boylik va farovonlikning o‘sishi uchun maqbul muhit emasligini yozgan. Barcha moliyaviy muammolar davlat tomonidan tartibga solinishi kerak.
Lekin, kasallikning tashxisini aniqlash va vaqtida e’tibor berilmasa jiddiy kasallikka aylanib ketishi haqida ogohlantirish bir masala. Davolash usullarini aniqlash esa boshqa bir masala. Nordhaus va Romer aynan shu narsadan foydalandi.
Ular o‘z sohasiga qarab alohida ilmiy modellarni yaratdilar. Ushbu ilmiy modellar bozor bilan tartibga solinmaydigan iqtisoddagi kamchiliklarni qanday bartaraf etish, va buning uchun siyosatchilar va mansabdor shaxslarga nima qilish kerakligi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lishga imkon beradi.
Nordhausning ixtisosligi – iqtisodiyotga zarar keltiradigan va hayot darajasining pasaytirib yuboradigan tabiiy faktorlar. U issiqxonadan chiqayotgan gaz va iqlim o‘zgarishi rivojlanishni qanchalik ortga surishini baholash uchun model yaratdi. Endi bu modellar hamma joyda qo‘llaniladi.
Romer esa aksincha, ijobiy omillarni baholash bilan shug‘ullanadi: u qanday sharoitda yangi g‘oyalar va texnologiyalarning tez-tez paydo bo‘lishi va iqtisodiy o‘sish ular qanday ta’sir qilishiga javob beradi.