Emotsiya haqida umumiy tushuncha. Reja. Emotsional kechinmalarning umumiy aniqligi. Emotsional kechinmalar klassifikatsiyasi



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana27.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#414259
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
10-mavzu

ifodali 
harakatlar 
deb ataladi. 
Emotsional kechinmalar avvalo muskullarning ixtiyorsiz bo’ladigan harakatlarida 
ifodalanadi. Ijobiy hissiyotlar vaqtida bu harakatlar, odatda, shu hislarni tug’dirgan 
narsa tomonga yo’nalgan bo’ladi, salbiy hissiyotlar vaqtida esa bu harakatlar shu hislarni 
tug’dirgan narsadan teskari tomonga yo’nalgan bo’ladi. Masalan, biz bir badiiy suratni 
ko’rib undan zavqlansak, bizda yoqimli his tug’iladi, shuning uchun beixtiyor shu 
suratga yaqinlashamiz. SHuningdek, qalin do’stimiz bilan to’satdan uchrashib 
qolganimizda, biz shu do’stimizga tomon beixtiyor harakat qilamiz, ya’ni unga yaqin 
borib qolganligimizni o’zimiz ham sezmay qolamiz. 
Ayrim salbiy hissiyotlar vaqtida bizning harakatlarimiz shu hisni tug’dirgan 
narsadan chetlatishga intiladi. Boshqa ba’zi salbiy hissiyotlar vaqtida, masalan, 
g’azab, nafrat hislari vaqtida bizning harakatlarimiz shu emotsional kechinmalarga 
sabab bo’lgan narsa tomonga yo’naladi. Buning sababi shuki, bizda shu narsani yo’q qilish 
yoki uning harakatini bostirish harakati tug’iladi va biz shunga intilamiz. Mustaqil 
vatanimizning dushmanlari, terorizmga, diniy aqidaparastlikka, vahobizmga nisbatan 
bizdagi g’azab va nafratning ajoyib ahamiyati bor, chunki bu g’azab va nafrat dushmanni 
yo’q qilishga qaratilgan emotsional kechinmalardir. 
Bizning emotsional kechinmalarimiz mimikada, gavda harakatlarida va imo-ishoralarda 
ayniqsa yaqqol ifodalanadi. Kishining emotsional kechinmalari fiziologik jarayonlarda va 
yig’i, kulgi, boshqa shu kabilarda ham namoyon bo’ladi. 
Hissiyotlarning harakatlarda, mimikada, gavdada, imo-ishoralar va ma’noli ko’z 
qarashlarda, boshqa shu kabilarda mana shu tariqa tashqi ifodalanishlarining hammasi 
suratga va kinoga olish yo’li bilan qayd qilinishi mumkin. 
Kishining emotsional kechinmalari uning nutqida ifodalanadi.
Turli emotsional 
kechinmalar vaqtida uning tezligi o’zgaradi, ko’pincha, nutqning sintaksis tuzilishi 
buziladi, ritmika va intonatsiya o’zgaradi. O’tkazilgan tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, 
g’amginlik va ma’yuslik hislarini ifodalovchi nutq vaqtida shu nutqni so’zlovchi 
kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi, nutqning o’zi susayib qoladi, so’zlayotgan 
kishining tovushi ham bo’linib-bo’linib chiqadi. Xursandlik holatida bir nima so’zlayotgan 
kishining nutqida bunga butunlay teskari holat namoyon bo’ladi. Turli emotsional 
kechinmalar vaqtida ovozning titrashi va uning past-balandligi turlicha o’zgaradi. 
Hissiyotlarning mana shu tashqi ifodalari, odatda, ixtiyorimizdan tashqari namoyon 
bo’ladi. SHuni ham aytib o’tish kerakki, ayrim hislar o’ziga xos formada ifodalanadi. 
Masalan, qo’rquv vaqtida kishining ko’z qorachiqlari kengayib ketadi, badani qaltiraydi, 
yuzi oqarib-bo’zarib ketadi. Xursandlik hissi vaqtida kishining ko’zi yarqirab ketadi, 
yuzida
qizarish paydo bo’ladi, harakatlar tezlashadi va hokazo. 
Ammo odam o’zining ifodali harakatlarini o’zgartirishi mumkin: u ba’zi 
harakatlarni tiyib turishi, ba’zilarini esa kuchaytirishi mumkin. Odam sun’iy ravishda 
yangi ifodali harakatlar yaratishi va shu ifodali harakatlar yordami bilan o’zidagi 
emotsional kechinmalarni to’liq va xilma-xil qilib ochib berishi mumkin. 
Odam o’zining mimikasi va gavda harakatini, shuningdek, tovushini atayin chiroyli 
qilib ko’rsatishi mumkin. U garchi o’zi muayyan hissiyotlarni kechinmayotgan bo’lsa ham, 
ammo shu hissiyotlarni ifodalaydigan harakatlar yaratishi mumkin. CHunonchi, artistlar 
sahnada o’z hislarini emas, balki sun’iy mimika, imo-ishoralar, nutqining intonatsiyasi 
va shu kabilarni yaratish yo’li bilan muayyan ifodali harakatlarni tasvirlab 


ko’rsatishlari lozim bo’ladi. Har bir kishi ham o’z hissiyotlarining tashqi ifodalarini 
ma’lum darajada o’zgartirishi mumkin. 
Mana shu o’zgartiriladigan va yangidan vujudga keltiriladigan ifodali 
harakatlar, ya’ni emotsional kechinmalarning tashqi alomatlari kishida mustahkam 
o’rnashib qolishi, ko’nikma va odatga aylanishi, so’ngra esa hislarning tabiiy ifodasi 
tariqasida beixtiyor namoyon bo’lishi mumkin.
Emotsional holatlar va ularning turlari. 
Hissiyotlar paydo bo’lish tezligi, kuchi va davomiyligi (barqarorligi) jihatidan bir-
biridan farq qiladi. 
Hissiyotning paydo bo’lish tezligi
. Emotsional kechinmalar turli hollarda 
turlicha tezlik bilan paydo bo’ladi. Ba’zan hissiyotlar juda tez to’satdan, darhol 
paydo bo’ladi, masalan, kishi birdan xursand bo’lib ketadi, darhol g’azabga keladi, 
darhol achchiqlanadi va hokazo. Lekin ba’zan shu hissiyotlarning o’zi daf’atan 
o’zgarmaydi, balki asta-sekin tug’ila boshlaydi. Xursandlik ham, g’azab ham, asta-
sekin qo’zg’aladi. (Bunday holatni biz «qo’rqqanligi» yoki «suyunganligi darrov 
bilinmadi» deb aytamiz.) 
Lekin shunday emotsional kechinmalar borki, ularning qay darajada tez paydo 
bo’lganligini belgilash qiyin yoki butunlay belgilab bo’lmaydi. Masalan, bizdagi 
kayfiyatlarning ko’pchiligi shular jumlasiga kiradi. 
Hissiyotning kuchi. Emotsional kechinmalarning kuchi turlicha bo’lishi mumkin. 
Hissiyotning kuchi avvalo yoqimli yoki yoqimsiz tuyg’ularning naqadar kuchli 
bo’lishidadir. SHuning uchun ham «juda xursand bo’ldim», «unchalik yoqmadi» va shu 
kabi iboralar ishlatiladi. Sub’ektiv jihatdan olganda, hissiyotning kuchi shu hissiyotni 
shaxsning naqadar ehtiros ila kechirayotganligi bilan ham belgilanadi. 
Hissiyotning kuchi intellektual (aql-idrok) jarayonlarga ham sezilarli ravishda ta’sir 
qiladi. Emotsional qo’zg’alishning ma’lum bir darajasida intellektual jarayonlar 
kuchayadi: idrok va tasavvur yaqqolroq bo’ladi, tafakkur jarayonlari jadallashadi. 
Lekin ba’zan ayniqsa kuchli emotsional kechinmalar vaqtida - intellektual jarayonlar 
cheklanadi, sustlashadi va hatto aql-farosat qochadi. Odam o’z hissiyotlarini tiyib tura 
olmaganlarida ko’proq shunday bo’ladi. Paydo bo’lgan tasavvurlar va fikrlar to’xtalib 
qoladi yoki yo’qoladi, mantiqiy bog’lanishlar susayadi, tafakkurning nazorat 
qiluvchi, tanqidiy faoliyati bo’shashadi yoki butunlay to’xtab qoladi. Odam mana 
shunday qattiq, emotsional iztirob holatida qattiq hayajonga tushgan yoki hovliqqan 
paytlarida ko’pincha nojo’ya ishlar qilib qo’yadi, mantiqqa sig’maydigan, sub’ektiv, 
haqsiz, g’arazli xulosalar chiqaradi, eng oddiy masalalarni ham hal qila olmay qiynalib 
qoladi. O’z atrofidagi vaziyatni yaxshi payqay olmaydi. Agar kuchli hissiyotlarni 
bizning ongimiz boshqarib tursa, bu hissiyotlar bizning tamoyillarimiz tufayli tug’ilgan 
bo’lsa, bunday kuchli hissiyotlar ijobiy ahamiyat kasb qiladi. Ifodalovchi harakatlarning 
muskul-harakatlantiruvchi sohadagi va nutqdagi eng sezilarli o’zgarishlar bilan birga 
kuchayishi yoki kuchsizlanishi sirtdan qaraganda hissiyotlarning kuchi qay darajada 
ekanligini bildirib turadi. Hissiyot naqadar kuchli bo’lsa, uning sirtqi ko’rinishi shu 
qadar ifodali bo’ladi. 
Muayyan narsaga zo’r intilish bilan namoyon bo’ladigan kuchli hissiyotlar 
katta-katta to’siqlarni enga oladigan kuchli harakatlarda ifodalanadi. 
Sensor hissiyotdan farqli bo’lgan emotsional hissiy o t his-tuyg’ular paydo 
bo’lishining tezligi va kuchi bilan belgilanadi (353-betga qaralsin). 
H i s - t u y g ’ u l a r n i n g b a r q a r o r l i g i
. E m o t s i o n a l kechinmalar qanchalik uzoq 
davom qilishi (barqarorligi) bilan ham bir-biridan farq qiladi. Paydo bo’lgan kechinmalar 
uzoq vaqt davom qilsa, bunday his-tuyg’ular barqaror kechinmalar deb ataladi. His-
tuyg’ular paydo bo’lishi bilan darrov so’nib qolsa, yoki boshqa biror emotsional 
kechinmaga tez o’tib ketsa, bunday his-tuyg’ular beqaror his-tuyg’ular deb ataladi. 


His-tuyg’ularning kuchi va barqarorligini ularning chuqurligidan farq qilmoq 
kerak. His-tu yg’ularning chuqurligi, odatda, tasavvurlar va fikrlarning, 
shuningdek mana shu konkret emotsional kechinma sababli paydo bo’lgan va shu 
kechinmalarga muayyan bir ma’no berayotgan intilishlarning xilma-xilligi va boyligi bilan 
belgilanadi. Odamning e’tiqodlari, dunyoqarashi, qiziqishlari va mayllari bilan 
aloqador tasavvurlarga, fikrlarga va intilishlarga boy bo’lgan his-tuyg’ular chuqur his-
tuyg’ulardir. CHuqur his-tuyg’ular o’tib ketganidan keyin ham odatda, ularning izi uzoq 
vaqt saqlanib qoladi. Ko’pincha tasodifiy idrok qilishlar va tasavvurlar bilan bog’liq 
bo’lgan bekaror his-tuyg’ular, ya’ni «havas» deb ataladigan his-tuyg’ular chuqur 
bo’lmaydi. Bunday vaqtincha havaslar, odatda, odamning xotirasida biror sezilarli iz 
qoldirmaydi. 
His-tuyg’ularni qo’zg’atuvchi emotsiyalarning xususiyati – paydo bo’lish tezligi 
kuchi va barqarorligi – bir qancha sabablarga, ya’ni nerv sistemasining holatiga, muayyan 
paytda paydo bo’lib qolgan ehtiyojlarning kuchiga, shu hislarning paydo bo’lishiga 
sabab bo’lgan hodisalarning shaxsiy va ijtim-oiy ahamiyatini odam qay darajada 
anglaganligiga, shu his-tuyg’ular paydo bo’layotgan va o’tayotgan vaziyatga, shaxsning 
individual xususiyatlariga bog’liqdir. 
Hislarning ayni vaqtda naqadar tez, kuchli va barqaror bo’lishiga qarab, emotsional 
holatlarning turlari farq, qilinadi. Emotsional holatlarning asosiy turlari – kayfiyat, 
ehtiros, ruhlanish va affektlardir. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish