ijobiy va salbiy hissiyotlar
deb ajratiladi. Lekin hissiyotlar
yoqimli yoki yoqimsiz sub’ektiv kechinmalar bo’lish jihatidangina emas, shu bilan
birga obektiv, ijtimoiy ahamiyatlari jihatidan ham ijobiy va salbiy hissiyotlar deb farq
qilinadi. Hissiyotlarga shaxsiy nuqtai nazardan beriladigan baho bilan ijtimoiy nuqtai
nazardan beriladigan baho hamisha bir-biriga muvofiq bo’lavermaydi. Sub’ektiv ravishda
nohush, kishini ranjitadigan kechinmalar tariqasidagi ko’pgina hissiyotlar, ijtimoiy nuqtai
nazaridan qaraganda, ijobiy hissiyotlar hisoblanadi. Masalan, kishidagi uyalish vijdon
azobi yoqimsiz va hatto qattiq azob hissi bilan kechiriladi. Lekin ijtimoiy nuqtai nazardan
qaraganda, bu hislar yuksak, ijobiy ahloqiy hislardir. G’azab va qahr hissi har bir kishida
salbiy, nohush kechinma holatida o’tadi. Ammo ijtimoiy nuqtai nazardan qaraganda, bu
hissiyot nima sababdan tug’ilganligiga va nimaga yo’nalganligiga qarab ijobiy yoki
salbiy hissiyot bo’lishi mumkin. Agar bu hissiyotlar ahloq tamoyillarga to’g’ri
kelmaydigan nojo’ya ish qilib qo’ygan kishiga nisbatan tug’ilgan bo’lsa, bu hissiyot ijobiy
ahloqiy hissiyotdir. Ammo bu hissiyot biror shaxsiy norozilik sababli, masalan, majlisda
qilingan haqli tanqid sababli tug’dirgan bo’lsa, bunday hissiyot o’zbek kishisiga
nomunosib, past hissiyotdir.
Hissiyot biz idrok qilayotgan, tasavvur qilayotgan va fikr qilayotgan hodisalar va
tasavvurlar, shuningdek, bizning harakatlarimiz va qiliqlarimiz ta’siri bilan tug’iladi.
Narsalar idrok, tasavvur va fikr qilinayotganligi uchungina bizda ayrim tuyg’ular
tug’ilib qolmasdan, balki, asosan, bu narsalar bizning ehtiyojlarimiz, manfaatlarimiz
bilan ma’lum bir darajada bog’langanligi uchun ham bizda turli tuyg’ular tug’diradi, Biz
idrok, tasavvur va fikr qilayotgan narsalar bizning ehtiyojlarimizga va manfaatlarimizga
aloqasi bo’lmagan taqdirda bizda sezilarli hissiyotlar tug’ilmaydi. Bunday narsalar
ko’pincha e’tiborimizdan chetda qolaveradi.
SHunday qilib, hissiyotlarning manbalari (yoki sabablari), bir tomondan, bizning
ongimizda aks etayotgan tevarak-atrofdagi voqelik bo’lsa, ikkinchi tomondan, bizning
ehtiyojlarimizdir.
Ko’p
hollarda
emotsional
kechinmalarimizning
mazmuniga
bizning
intilishlarimiz ham kiradi. Intilishlar esa hamisha ehtiyojni ifodalaydi. Lekin hissiyotlar
ehtiyojlar sababli paydo bo’lishi tufayli, intilishlar bilan hissiyotlar bir-biriga «qo’shilib
ketib» bitta tuyg’u, kechinma holida namoyon bo’ladi. Bunday hollarda hissiyotlar,
odatda, intilishlarni tug’diradi yoki mavjud intilishlarni kuchaytiradi, shuning uchun
ehtiyojlarning o’zi ham aktiv kechinmalar bo’lib qoladi. Hissiyotlarning yo’nalishi, faolligi
intilishlarda namoyon bo’ladi.
SHunday emotsional holatlar ham bo’ladiki, bunda intilish juda sust bo’ladi yoki
butunlay bo’lmaydi. Bu xil samarasiz, passiv hissiyotlarni, odatda, sentimentallik deb
ataydilar. Sentimentallik – harakatsiz hissiyot bo’lib, odatda, faqat so’z bilan cheklanib,
oh-vohlar qilish, ba’zan ko’z yoshi to’kishdan nariga bormaydi.
Hissiyotlarning faollik darajasi
kishidagi qo’zg’alish
va kuchlanish holatida
yoki tinchish va bo’shashish holatida, yoki kishidagi hamma kuchlar g’ayratga
kirgan holatda, yoxud bu kuchlar zaiflashgan va bo’shashgan holatda namoyon bo’ladi.
Hissiyotlarning mana shu faollik darajasiga qarab, ular stenik va astenik hissiyotlarga
bo’linadi.
Kishining hayotiy faoliyatini oshiradigan, g’ayratini orttiradigan hissiyotlar stenik
hissiyotlar deb ataladi. Masalan, nihoyatda xursandlik, g’azablanish hislari stenik
hissiyotlar qatoriga kiradi. Kishining hayotiy faoliyatini pasaytiradigan, g’ayratini
susaytiradigan hissiyotlar astenik hissiyotlar deb ataladi. G’am-g’ussa, ma’yuslik,
afsuslanish kabi hissiyotlar mana shunday astenik hissiyotlardir.
«His» degan termin ko’pincha «sezgi» degan termin bilan bir ma’noda ishlatiladi.
Masalan, ba’zan: «Men yorug’likni his qilyapman, men issiqlikni his qilyapman» deyish
o’rniga: «Men yorug’likni sezyapman, men issiqlikni sezyapman» deb ham aytishadi. SHu
vaqtgacha biz psixologiyada ham sezgi organlari deyish o’rniga his qilish organlari deb
aytishga odatlanib qolganmiz.
Sezgi bilan hisni bir-biridan farq
qilishi kerak. Sezgi odamdan mustaqil ravishda mavjud
bo’ladi, u narsalar va hodisalarning in’ikosidir, Hissiyot esa odamning shu narsalarga va
hodisalarga munosabatini ifodalovchi tuyg’ular, kechinmalardir. Sezgilar bizga narsalar va
hodisalarning o’zini bildiradi, ammo hissiyot esa odamning shu narsalarga va
hodisalarga munosabatini, bu narsalar va hodisalar odamda qanday holat
tug’dirganligini (hush yoki nohush holat tug’dirganligini) bildiradi.
Psixik sog’lom bo’lish uchun xissiyotlarni muvozanatlashganligi maqsadga
muvofiqdir. SHuning uchun xissiyotni tarbiyalashda unga nafaqat ijobiy emotsiyalar
yordamida irodaviy jarayonda o’zini stimulitsiya (rag’bat) qilish, balki faoliyat, ijod
jarayonlarida paydo bo’ladigan salbiy emotsiyalardan qo’rqmaslikni o’rgatish lozimdir,
chunki biror bir faoliyat yo’qki unda xatoliklar, muvafaqiyatsizliklar bo’lmasa (V.V.
Nagaev , T.V.Bendas1982)
Xissiyotlarning muvozanatlashganligi
emotsional uzilishlariga keyinchalik bola
shaxsini rivojlanishidagi og’ishlariga ijtimoiy munosabatlarni buzilishiga olib kelishi
mumkin.
Xissiyotlarning patologiyasiga quyidagilar kiradi: dekretsiya xavotirlik sindromi,
ayforiya va disforiya.
Kayfiyati sust bolani quyidagicha tariflash mumkin, bechora, tund, xafa,
depressiv pessimistik.
Qo’rquv va xavotirga tushgan bola harakatsiz, osuda, tortinchoq xavotirga tushgan
tobe, tormizlangan, sust, shubxalanilgan o’ziga ishonmagan, yolg’iz, asabiy, qo’rqgan
deb ta’rif beriladi.
Disforiya xolatidagi bola -achchiqlangan, jizzaki, kayfiyati yo’q, xafa ko’rinishida
bo’ladi.
Eyforiya xolatidagi bola-kulmsiragan
o’yinqaroq,
gapga
CHechan impulьsiv ustunlik qilishiga moyil, maqtanchoq, serharakat, xursand, ko’tarinki
kayfiyatda sabirsiz, mag’rur, muvafakiyatni boshdan kechirayotgan bo’ladi.
Bolada emotsional noadekvatlik ham kuzatiladi.
Odatda bu xolat shezofreniyaga chalingan bolalarda bo’ladi.
Ijobiy va salbiy xissiyotlarni tez-tez almashtirib turishi labillik,. nevrotik bolalarga
xosdir. Iseterik reaktsiyalarga moyil bo’lgan, emotsional reaktsiyalarni susayishi esa
(emotsional tupostь?) mizofreniya bolalarda uchraydi.
Emotsional sferani korrektsiya qilish .
Xissiyotni qayta tiklash.
Bolalar
tomonidan
turli
ko’rinishidagi
emotsional
xolatlarini
imitatsiya(ko’rsatish)qilish katta profilaktik axamiyatga ega.
Birinchidan xissiyotlarni faol mimik va pantamimik iroda etilishi ba’zi bir
xissiyotlarni patalogik darajga o’tishiga to’sqinlik qiladi.
Ikkinchidan tana va yuz mushaklarini faoliyati tufaylik xissiyotni faol chiqarib
yuborilishi (razriyatga )taьminlanadi. Bu juda muhim, chunki bola yoshligi tufayli
ko’pincha "psixik tikonlari" o’zida anglolmay qoladi. .
Uchinchidan boladagi ifodali harakatlar ixtiyorsiz ravishda tiklanganda tegishli
xissiyotlar jonlanib kulgi yorqin, oldin munosabat bildirilmagan tuyg’ular xaqida
xotiralar kechirish kuzatiladi. Bu esa o’z o’rnida boladagi asabiylik xolatini topishga
yordam beradi.
Hissiyotning tashqi ifodalanishi
.
Psixik jarayonlarning hammasi organizmning tashqi o’zgarishlarida
va
harakatlarida ma’lum darajada ifodalanadi. Lekin odamning hissiyotlari ayniqsa yaqqol
ifodalanadi. Emotsional kechinmalar organizmning tashqi o’zgarishlarida shu qadar
yaqqol alomatlarda ifodalanadiki, odatda, biz odamning tashqi ko’rinishiga qarab unda
qanday hissiyotlar yuz berayotganligini – u xursandmi, yoki xafami, g’azablanganmi yoki
biror nimadan qo’rqib turganmi, unda muhabbat paydo bo’lganmi yoki nafrat paydo
bo’lganmi, shodlik paydo bo’lganmi yoki uyalish paydo bo’lganmi, xullas, mana shu
hislarning ko’pini aytib bera olamiz. Rang ko’r, hol so’r, degan hikmatli so’zning
psixologik ma’nosi bunga misol bo’la oladi. hissiyotlarning tashqi alomatlarini
Do'stlaringiz bilan baham: |