Elmuradov B. E. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari



Download 8,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/107
Sana16.03.2022
Hajmi8,42 Mb.
#497303
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107
Bog'liq
fayl 2004 20211006

WAV
fayllar 
.WAV
kengaytmasiga ega bo’lib, raqamlashtirilgan 
tovushlarni saqlash formati bilan farqlanadi. Ba’zi formatlar ma’lumotlarni 
zichlashtirish imkonini beradi. MIDI qisqartmasining, ya’ni Musical Instruments 
Digital Interface (Tsifrovoy interfeys dlya muzikalnix instrumentov) yozuvining 
ma’nosi - musiqali asboblar uchun raqamli interfeysdir. Tovushli MIDI fayl 
bevosita raqamli shaklga aylantirilgan tovushlarni emas, balki musiqa sintezatori 
uchun rejalashtirilgan ko’rsatma (buyruqlarni) saqlaydi. Ular tovush platasiga 
joylashtirilishi mumkin. Bu yozuvlarning notalar bilan taqqoslanishiga ma’noli 
o’xshatma deyish asoslidir. Musiqiy sintezator qo’shimcha model bo’lib, tovush 
platasida o’rnatilgan bo’lishi mumkin emas, ammo u MIDI fayllarni ifodalash 
maqsadida esa musiqa sohasidagi mutaxassislar uchun zaruriy moslamadir. 
Aniqrog’i, bunday fayllarni sintezatorlarsiz tovushga aylantirish mumkin emas. 
MIDI fayl sintezator vazifalarini bajaradigan maxsus ilovalar (dasturlar) vositasida 


162 
yaratiladi. MIDI fayl kompyuterga ulangan elektromusiqiy asbob signallari asosida 
yoziladi. WINDOWS 95 da MIDI fayllarni hosil qilish imkonini beruvchi ilovalar 
yo’q. Tovushli MIDI fayllar turli shakllarda saqlanishi mumkin. Ular asosan .MID 
va .RMI kengaytmali bo’ladi. MIDI fayllar WAV fayllarga nisbatan kamroq 
sig’imlarni egallab, yuqori sifatli ifodalanishga ega. Bundan tashqari MIDI 
fayllarni eshitish sifatini tovush platasini tanlash evaziga yanada oshirish mumkin. 
Ammo WAV fayllar yozuvi sifatsiz bo’lsa, tovush platasi muammoni hal etmaydi. 
WINDOWS 95 Sound Recorder (Fonograf) dasturiga ega bo’lib, u WAV fayllarni 
ifodalash, yozish va tahrirlash imkonini beradi. Bu dasturning ishlash tartibini 
ko’rib chiqamiz. O’z vaqtida MIDI fayllarni ifodalash (eshitish) uchun Media Plaer 
dasturidan foydalanish mumkin. 
Sound Recorder dasturini WINDOWS 95 bosh tavsiyanomasidagi Program 

Accessories 

Multimedia 

Sound Recorder (Programmi 

Standartnie 

Multimedia 

Fonograf) buyrug’i bilan ishga tushiriladi. 
Sound Recorder
dasturi darchasi magnitofonning oldi panelini eslatadi. Bu 
darchaning tarkibini o’zgartirish mumkin emas, chunki View (Vid) tavsiyanomasi 
mavjud emas. 
Mavjud tovushli faylni eshitish uchun uni ochib, Play (Vosproizvedenie) 
klavishasini bosish kerak. Faylni ochish oddiy usullar bilan amalga oshiriladi. 
Ammo bu maqsadda Open (Otkrit) buyrug’i emas, balki bir vaqtda faylni ochish 
va avtomatik tarzda uning ifodalanishini ta’minlaydigan Play (Vosproizvedenie) 
buyrug’ini ishlatish lozim. Tovushli faylni eshitishda (Playback) tovushlar 
balandligini (Volume), tavsiyanomaning Edit (Pravka) bandidagi Audio Properties 
(Svoystva audio) buyrug’i bilan shu nomli darchadan foydalanib o’rnatib olish 
mumkin. Boshqarish faqat apparatli bo’lsa, Volume siljitkichini boshqarib 


163 
bo’lmaydi. Bu yerda tovushli faylning ifodalanishida balandlik bilan va tembrni 
o’rnatish uchun Volume control mikseridan foydalanish mumkin. Tovushli fayllar 
Sound Recorder dasturi bilan bir qatorda Media Plaer dasturi bilan ifodalanishi 
mumkinligini bilib qo’ygan yaxshi. 

Download 8,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish