Elmuradov B. E. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari


Hujjatlarni tovushlar bilan to’ldirish



Download 8,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/107
Sana16.03.2022
Hajmi8,42 Mb.
#497303
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   107
Bog'liq
fayl 2004 20211006

Hujjatlarni tovushlar bilan to’ldirish. 
Ixtiyoriy tovushli fayl maxsus bo’lsada, muayyan hujjatni o’z ichiga oladi va 
uni boshqa, masalan, matnli fayl bilan tutashtirish mumkin. Natijada matnli fayl 
tovushlar bilan to’ldiriladi. Bunday tutashtirishni hujjatlarni tovushlar bilan 
to’ldirish deb talqin qilishimiz tabiiy albatta. Agar mos hujjatning 
piktogrammasida sichqoncha klavishasi ikki marta bosilsa, mos tovushlar 
ifodalana boshlaydi. Tovushli to’ldirmalar bilan ishlash buyruqlari dastlabki 
tavsiyanomada joylashtiriladi. Xususan, agar sichqoncha bilan kerakli tovushlarni 
ifodalash ma’qul bo’lmasa, Play (Vosproizvesti) buyrug’idan foydalanish mumkin. 
Agar tovushli qism mos ravishda ajratilgan bo’lsa, Edit
/
Object (Pravka
/
Ob’ekt) 
buyrug’idan ham foydalanish mumkin. 
Tovushli faylni muayyan matnli hujjat bilan tutashtirish, aniqrog’i, uning 
ichiga tovushli faylning nusxasini joylashtirish uchun Sounf Recorder dasturi 
vositasida audiofaylni ochamiz va tavsiyanomaning Edit (Pravka) bandidagi Copy 
(Kopirovat) buyrug’ini beramiz. Natijada tovushli fayl yozuvlari ma’lumot 
almashish buferiga joylashtiriladi va an’anaviy uslublardan foydalanib bu 


165 
ma’lumotni hujjatga joylashtira olamiz. 
Windows 95 tarkibiga kiruvchi Media Plaer dasturi multimedia fayllarini 
ifodalovchi universal vosita rolini o’ynay oladi. Shu bois ham u Windows 95 ning 
ruscha variantida 
Universalniy proigrivatel
deb ataladi. 
Bu dastur:
MIDI fayllarni ifodalash; videofayllarni ko’rish; tovushli kompakt disklarni 
tiklash; WAV fayllarni ifodalash imkonini beradi. 
Dasturdan odatda birinchi va ikkinchi masalalarni yechishda foydalaniladi. 
Qolgan masalalarni yechish uchun yuqorida tavsiflangan CD Plaer va Sound 
Recorder dasturlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. 
Media 
Plaer 
dasturini 
ishga 
tushirish 
uchun 
tizimning 
bosh 
tavsiyanomasidagi Programs
/
Accessories
/
Multimedia
/
Media Plaer (Programmi
/
standartnie
/
multimedia
/
universalniy proigrivatel) buyrug’idan foydalanamiz. 
Endi Media Plaer dasturi darchasini tavsiflaymiz. Darchadagi siljigich ochilgan 
multimedia fayl ichidagi holatni o’zgartirish imkonini beradi. Uning tagida 
o’lchash tasmasi mavjud. Undagi ko’rsatkichlar birliklarini o’zgartirish 
tavsiyanomaning Scale (Shkala) bandidagi buyruqlar bilan bajariladi. 
Time
(Vremya) - vaqt (minut va sekundlarda); 
Frames 
(Kadri) - kadrlar raqamlari; 
Tracks
(Zapisi) - asarlar raqamlari. 
O’lchov birliklarini o’zgartirish imkoniyatlari ochilgan faylga bog’liq. 
Darchaning pastki qismida ma’nosi yuqoridagi tavsiflardan tushunarli 
bo’ladigan boshqarish tugmalari joylashgan. Pause (Pauza) klavishasi Play 
(Vosproizvedenie) klavishasi bilan tutashtirilgan va bular vaziyatga ko’ra biri-
birini almashtiradi. Sound Recorder dasturidagi kabi Stop (Stop) klavishasi sifatida 
Esc klavishi ishlatilishi mumkin. 
Muayyan multimedia fayli ochilgach, Media Plaer dasturi darchasining 
sarlavhasida sichqonchaning chap klavishasini ikki marta bossak, ekrandagi joy 
shaqllanadi. Natijada ekranda eng zarur boshqaruv belgilari qoladi. 
Tavsiyanomaning Device (Ustroystvo) bandidagi Volume (Gromkost) 


166 
buyrug’i bilan tovushning baland-pastligi, muvozanati va tembri boshqariladi. 

Download 8,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish