Elevator siloslarida bugdoy donini temperaturasini nazorat qilish



Download 16,55 Kb.
Sana06.09.2021
Hajmi16,55 Kb.
#166912
Bog'liq
Макола БухМТИ3


ELEVATOR SILOSLARIDA BUGDOY DONINI

TEMPERATURASINI NAZORAT QILISH

Haydarova Zarina-magistr, Saliyeva O.K.-rahbar

Iqtisodiy muammolardan biri hisoblangan don zaxiralarini ko`paytirish, ularni tejab ishlatish, tayyor mahsulotlar sifatini oshirish mamlakatimiz don mahsulotlarini qayta ishlash sanoati oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.

Don bilan ishlashning barcha bosqichlari-don qabul qilish korxonalari, elevator, tegirmon, yorma va omixta em zavodlarida don va don mahsulotlari sifatini yuksak va malakali ravishda baholash va nazorat qilish xizmati tashkil qilingan bo’lishi kerak. Zero bu, katta don turkumlarini saqlash va ularni qayta ishlab, yuqori sifatli tayyor mahsulotlar olishning zaruriy shartidir.

Donni saqlash vaqtida yuqori sifatli saqlanishni ta'minlaydigan har xil texnologik jarayonlarni o'z vaqtida o'tkazish uchun haroratni bilish zarur.

Balandligi past uyumlarda saqlanayotgan g'alla haroratini o'lchash uchun shtanga va termometrlar qo'llaniladi. Balandligi katta uyumlarda (elevatorlar siloslari, pollar bilan jihozlangan omborlar) donning haroratini elektr toki bilan masofadan o'lchash uchun maxsus usullardan foydalaniladi. Tizimlar, odatda, harorat datchiklari, ikkilamchi qurilmalar, nazorat qilish sxemalari va aloqa elementlaridan iborat.

Datchiklar sifatida past qarshilikli qarshilik termometrlari, ikkilamchi vositalar sifatida - logometrlar yoki muvozanatli ko'priklar qo'llaniladi.

Qarshilik termometrlari siloslarda o'rnatilgan maxsus simli kabelga o'rnatiladi. Bunday simli kabel osilib turuvchi termometr (qarshilikning ko'p zonali termometri) deb ataldi.

Don haroratini eng oddiy masofadan turib o'lchash tizimi sifatida don haroratini ko'chma o'lchov asbobi, ya'ni harorat ikkilamchi qurilmani termopodveskaga bevosita ulanishi bilan o'lchanadi.

Agar ikkilamchi qurilma bir yoki bir nechta osilib turuvchi termometrlardan uzoq masofada bo'lsa (panel ustida o'rnatilgan), harorat yordamchi releyli uskunalari (releyli shkaf) yordamida o'lchanishi mumkin. Bu zarur bo'lgan datchikni tanlash va uni ikkilamchi qurilmaga ulash imkonini beradi. Bu holda, agar operator o'lchov parametrlari (harorat) qiymatlarini ikkilamchi qurilmadan olsa, masofadan o'lchash tizimi deyiladi, agar o'lchash va ma'lumotlar olish avtomatik ravishda ro'y beradigan bo'lsa, masofadan avtomatik o'lchash deb ataladi.

G'allachilik korxonalarida don bilan har qanday operatsiyalarni mexanizatsiyalash uchun qabul qilish, tozalash va jo'natish qurilmalari bilan jihozlangan kompleks inshootlar joriy etila boshlandi. Bu inshootlar minoralar deb ataladi, chunki bajaradigan vazifasi xarakteriga ko'ra ular elevator minoralariga o'xshaydi.

G'allachilik korxonalarida har bir minora bir nechta don saqlash ob'ekti bilan bog'langan va alohida ishlab chiqarish maydonchasidir. Amalga oshiriladigan asosiy funktsiyalarga binoan minoralar: quritish-tozalash minoralari (QTM) va qabul qilish-tozalash minoralariga bo'linadi. Namligi yuqori bo'lgan donlar uchun quritish-tozalash minoralaridan foydalanilsa, quruq donlarni tashish va tozalash uchun qabul qilish-tozalash minoralaridan foydalaniladi.

Mashina va mexanizmlarni tezkor nazorat qilish va boshqarish uchun avtomatlashtirishning alohida elementlari, hamda avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari sifatida minoralarda maxsus qurilmalar o'rnatilishi ko'zda tutiladi.



QTMni avtomatlashtirish hajmi asosiy transport mexanizmlari - noriya va konveyerlarning - pultdan yoki mahalliy nazorat tugmalaridan masofadan turib boshqarishni, shuningdek ularning ishi to'g'risida signal berishni, separatorlarning ishini boshqarish va signalizatsiyasini, donni avtomobil va temir yo'l transportidan qabul qilish bunkerlaridagi o'lchashlarni boshqarish va holatining signalizatsiyasini o'z ichiga oladi.

QTMni avtomatlashtirishga shuningdek, turli xil bunkerlarni don bilan to'ldirishni avtomatlashtirilgan nazorat va signalizatsiya qilish kiradi: supersparatordagi yuqori va pastki darajalarni, qurituvchi bunkerlarni va temir yo'l transportida tashish uchun bunkerlarni va hk. Buning uchun membranali sath datchiklar ishlatiladi.
Download 16,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish