Darsning tuzilishi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Oldingi bilimlar va amal usullarini takrorlash (aktuallashtirish)
Yangi bilim va amal usullarini shakllantirish.
Qo’llash ko’nikma va malakalarini shakllantirish
Darsning asosiy bosqichlari:
O’quvchilar oldiga dars maqsadini qo’yish.
Yangi material bilan tanishtirish.
Yangi materialni mustaxkamlash.
Bilim, ko’nikma va malakalarni tekshirish.
Bilimlarni sistemalashtirish, o’rganilganlarni umumlashtirish
Talablar – tarbiya maqsadlarini o’rnatish uchun maqsadga yo’naltirilgan ishni amalga oshirish, o’quvchilar bilish faoliyatlarini faollashtiradi. Umumiy maqsad sari yo’l ochiladi.
Matematika darsini taxlil qilish nazorat va ta’lim berish vositasi sifatida xizmat qiladi va bunda quyidagi maqsadlarni tekshirish asosiy vazifa qilib olinishi mumkin:
Dars maqsadlarining amalga oshirilishi;
Darsning matematik mazmuni va ilmiy saviyasi;
Darsda qo’llanilgan o’qitish usullari samaradorligi;
Darsda o’qituvchi va o’quvchining faoliyati sifati;
O’quvchilarda ko’nikma va malakalarni shakllantirish.
Buning xar bir bandi uchun dars taxlil qilinadi va tegishli xulosalar, yutuq va kamchiliklar ko’rsatiladi, taklif va muloxazalar bildiriladi. Darsning to’la tuzilishi o’qituvchining dars berish xususiyat va bosqichlarini xisobga olgan xolda tuzib chikilishi mumkin.
o’quvchilar tomonidan o’quv materialini o’zlashtirish sifatini xamda predmet bo’yicha dasturda ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash saviyasini tekshirishdan iborat.
Bu uch xil tekshirishni o’z ichiga oladi: joriy (uy vazifasini tekshirish, ogzaki so’rash, kundalik baxo ko’yish va x.k.), oralik nazorat yoki davriy nazoratlar ( nazorat ishlari, mavzu yoki bob bo’yicha nazorat ishlari va x.k.), yakuniy nazorat chorak uchun yoki yarim yillik va yillik nazoratlarini o’z ichiga oladi.
Oraliq nazorat uchun asosan “Didaktik materiallar” dan foydalangan xolda ish olib borish ko’zda tutiladi. Yakuniy nazoratlar yakuniy nazorat ishlari yoki chorak uchun ogzaki so’rash, bitirish imtixonlar (testlarni) o’z ichiga oladi.
Maksimal ball matematika bo’yicha 100 ball xisoblanadi. O’quv fani maksimal balli JN, ON va YaN ballarini jamlash orqali aniklanadi.
Swot tahlil – g`oya, jarayon, tajriba hamda ish natijalarini tahlil qilish, taqqoslash orqali muommoni hal etish yo`llarini topish bilimlarni mustahkamlash, takrorlash analitik tafakkurni rivojlatirishga hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |